GLOBAL G.A.P.
ni, Oziq-ovqat
xavfsizligi (masalan “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari xavfsizligi”) ni joriy qilishga
talabgor va/yoki omixta em ishlab chiqaruvchi sub’ektlarga beriladi.
GLOBALG.A.P. sertifikatini tasdiqlash olish va tasdiqlash uchun birqancha
talablar bajarilishi shart. Mazkur jarayonda eng birinchi bosqich me’yoriy
hujjatlarning ta’minlanganligidir. Mazkur standartlar bo’yicha sertifikatlashtirish
jarayonida asosan quyidagi me’yoriy hujjatlar bo’lishi talab etiladi:
40
GLOBAL G.A.P. ning sertifikatlashtirish va sublistenziyalash bo’yicha
roziligi (Sertifikatlashtirish organi – Ishlab chiqaruvchi o’rtasida);
GLOBAL G.A.P.ning sertifikatlashirish va lizenstiyalash bo’yicha roziligi
(Sertifikatlashtirish organi va GLOBAL G.A.P./FoodPLUS Gmbh o’rtasida);
Nazorat ro’yxatlari;
GLOBAL G.A.P. – Nazorat nuqtalari va muvofiqlik ko’rsatkichlari;
SMT (Sifat menejmenti tizimi)ga talablar (SMT guruhi, bir necha ishlab
chiqaruvchi xududlarning SMT)
Agarda nazorat nuqtalari va muvofiqlik ko’rsatkichlarida ko’rsatilmagan,
ammo unga ilova qilingan boshqaruv tamoyillarini o’zida mujassam etgan u yoki bu
hujjatda ko’rsatilgan talablar to’liq yoki qisman bajarilishi shar hisoblanadi. Bu
hujjatlarning nomlanishiga qarab ham ularning bajarilishi shart ekanligi haqida
xulosa qilish mumkin. Nazorat nuqtalari va muvofiqlik ko’rsatkichlarida ilova
qilinadigan boshqaruv tamoyillari me’yoriy hujjat hisoblanmaydi va ishlab
chiqaruvchilarga qo’yiladigan talablarning bajarilishini kuzatish bo’yicha
yo’riqnoma vazifasini o’taydi.
Boshqaruv tamoyillarida tegishli mamlakatda mavjud bo’lgan ishlab
chiqarishda nazorat nuqtalari va muvofiqlik ko’rsatkichlari talablariga rioya qilishga
moslashish uchun tushuntirishlar beriladi. Bu tamoyillar tasdiqlanib, e’lon
qilingandan keyingina bajarish uchun majburiy hisoblanadi.
Sertifiktlashtirish organlari me’yoriy hujjatlardagi o’zgarishlar bilan doimiy
ravishda xabardor bo’lib turishlari shart hisoblanadi.
GLOBAL G.A.P. standarti bo’yicha sertifikatlashtirilishi uchun istalgan
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi ishlabchiqaruvchilar ariza
topshirishlari
mumkin.
Mazkur
sertifikatlashtirish
doirasida
“ishlab
chiqaruvchi(lar)” deganda ishlab chiqarilayotgan va realizastiya qilinayotgan
mahsulotlarga va ishlab chiqarish jarayoniga huquqiy javobgar bo’lgan (xususiy)
shaxs yoki korxona (kompaniyalar, alohida ishlab chiqaruvchilar yoki ularning
guruhi) tushuniladi.
Ishlab chiqaruvchilar sertifikatlashirishning 2 ta variantidan birini tanlash
huquqiga ega. Bu variant ishlab chiqaruvchi tomonidan ariza to’ldirilgan blankada
ko’rsatilgan bo’ladi.
1-variant. Individiual sertifikatlashtirish. Mazkur sertifikatlashtirish quyidagi
tartibda amalga oshiriladi:
Yakka ishlab chiqaruvchi (GLOBALG.A.P. yoki ekvivalent sxema bo’yicha)
sertifikatlashtirish bo’yicha ariza topshiradi. Sertifikatlashtirish yakunida yakka
ishlab chiqaruvchi sertifikat egasiga aylanadi.
1-variant. SMT joriy etilmagan bir necha ob’ektlarni sertifikatlashtirish.
Bunda alohida ishlab chiqaruvchi yoki bitta tashkilot mustaqil yuridik shaxs
bo’lmagan qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari ob’ektlariga egalik qiladi.
1-variant. SMT ni joriy etilgan bir necha ob’ektlarni sertifikatlashtirish.
Bunda alohida ishlab chiqaruvchi yoki bitta tashkilot mustaqil yuridik shaxs
bo’lmagan, ammo SMT (Sifat menejmenti tizimi) joriy etilgan qishloq xo’jaligi
ishlab chiqaruvchilari ob’ektlariga egalik qiladi.
41
2-variant.
Bunda ishlab chiqaruvchilar guruhi (GLOBALG.A.P. yoki ekvivalent sxema
bo’yicha) sertifikatlashtirish bo’yicha guruh nomidan ariza topshiradi.
Sertifikatlashtirish yakunida ishlab chiqaruvchilar guruhi birlashgan yuridik shaxs
sifatida sertifikat egasiga aylanishadi.
Sertifikatlashtirishni
amalga
oshirishda
ishlab
chiqarish
xududini
aniqlashtirib olish muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish xududi ko’pincha yaxlit
maydonda joylashgan bo’ladi, ayrim hollarda esa bir-biridan har xil masofalarda
bo’lgan turli xududlarda ham joylashgan bo’ladi. Bunday holatlarda harbir xudud
xaritada o’lchami bo’yicha aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Ishlab chiqarish xududiga qo’yiladigan talablar. Ishlab chiqarish xududi
yuridik shaxs tomonida shaxsiy, xususiy yoki ijaraga olingan bo’lib, bevosita uning
nazoratida bo’lishi kerak. Agar yuridik shaxs er egasi bo’lmasa, ishlab chiqarish
davomida er egasi tomonidan ijaraga olingan er bo’yicha hech qanday qaror qabul
qilmaslik, jarayonga har qanday yo’l bilan aralashmaslik haqida imzo chekilgan
hujjat bo’lishi shart.
Sertifikat egasi barcha ro’yxatga olingan mahsulot bo’yicha, shu jumladan, bozorga
chiqqan mahsulot bo’yicha ham huquqiy javobgar hisoblanadi.
Nazorat nuqtalari va muvofiqlik ko’rsatkichlari bir necha modullarga bo’linadi.
Qamrab olish sohalari bo’yicha: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari bazasi;
qishloq xo’jaligi mahsulotlari bazasi; chorvachilik bazasi; suv va dengiz
mahsulotlari bazasi.
Bundan tashqari aniq ishlab chiqarish sohasi bo’yicha, mahsulot turlarining tasnifi
bo’yicha podmodullarga bo’linadi.
Oziq-ovqat xavfsizligi bo’yicha standartlar (FSS) faqagina IFA seriyasidagi
standartlarining iste’mol mahsulotlari xavfsizligi qismidagi elementlarni o’z ichiga
oladi (masalan, Xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish standarti(PSS)
iste’mol mahsulotlari xavfsizligining meva va sabzavotlar kabi qismini o’z ichiga
oladi).
GLOBALG.A.P. bo’yicha sertifikatlashtirishda ishlab chiqaruvchilar bilan
barcha jihatlarni hisobga olish zarur bo’ladi. Mazkur sertifikatlashtirishda parallel
ishlab chiqarish va turdosh mahsulotga egalik qilish kabi holatlar tez-tez uchrab
turadi.
Parallel ishlab chiqarish – bu alohida ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqaruvchilar
guruhi a’zolari yoki ishlab chiqarish guruhi bitta turdagi mahsulotning bir qismi
sertifikatlangan, qolgan qismi esa sertifikatlanmagan bo’lishi holatidir. Shuningdek,
parallel ishlab chiqarish sertifikat amal qilish doirasi sertifikatlangan mahsulot
ishlab chiqaruvchilarning barcha a’zolarini qamrab olmagan holatda qayd etiladi.
GLOBAL G.A.P. standartlari bo’yicha sertifikatlashtirish uchun birinchi
navbatda sertifikatlashtirish idorasini tanlab olish kerak bo’ladi. Buning uchun
GLOBAL G.A.P. ning rasmiy saytidan akkreditlangan sertifikatlangan idorasi
tanlanadi. Mazkur saytda barcha idoralar haqida ma’lumotlar bazasi mavjud bo’lib,
ishlab chiqaruvchi o’zining xududiga yaqin yoki qulay bo’lgan idorani mustaqil
tanlashi mumkin. Agar GLOBAL G.A.P. tomonidan akkreditlangan idora mamlakat
42
xududida mavjud bo’lmasa, boshqa mamlakat xududida joylashgan idoralarga
murojaat etish mumkin, chunki bu idoralar xalqaro hisoblanadi va GLOBAL G.A.P.
nomidan faoliyat yuritadi.
Ro’yxatga olish jarayonida quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi zurur:
Korxona nomi va manzili;
Ishlab chiqarish maydoni va qayta ishlash stexi, mahsulotlarni tashish, yuklash-
tushirish, saqlash haqidagi ma’lumotlar;
Mahsulot (Ro’yxatdan o’kazish jarayonida ishlab chiqaruvchi o’zining
sertifikatlash idorasini parallel ishlab chiqarish/turdosh mahsulotga egalik qilishga
ariza berish haqida xabardor qilish)
Ro’yxatdan o’tish jarayonida ariza beruvchi quyidagi majburiyatni o’z
zimmasiga oladi:
Har doim sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishini ta’minlash;
O’rnatilgan tarif bo’yicha to’lovni amalga oshirish;
Sertifikatlashtirish idorasiga yangi ma’lumotlarni o’z vaqtida taqdim etish;
Sertifikatlashtirish va sublistenziyalash haqida kelishish.
Sertifikatlashtirish jarayonida zaruriy ma’lumotlar to’liq taqdim etilishi shart.
Quyida barcha modul/submodullar bo’yicha minimal va taqdim etilishi shart bo’lgan
ma’lumotlar ro’yxati keltirilgan:
Kompaniya
Kompaniya nomi
Manzili: ko’cha, uy raqami yoki ishlab chiqaruvchining manzilini bildiruvchi
boshqa ma’lumot;
Murojaat manzili: pochta indeksi;
Pochta indeksi – shahar, graflik (tuman), shtat/provinstiya (viloyat);
Telefon raqami (mavjud bo’lsa), faks raqami (mavjud bo’lsa), elektron
pochta manzili (mavjud bo’lsa);
Global identifikastion raqami (GLN) (mavjud bo’lsa);
Mamlakat xududida yoki xorijda yuridik shaxs sifatini tasdiqlovchi hujjat, bu
hujjat (masalan, soliq to’lovchini hisob raqami, QQS raqami, ishlab chiqaruvchini
idenfikastion raqami va h.k.) qayta ro’yxatdan o’tkazishni oldini olish maqsadida
tekshiriladi.
Korxonaning geojoylashuvi
GLOBAL G.A.P. standartlari bo’yicha avvalgi qayd raqami (GGN).
Arizachi:
Bir mahsulotni turli sertifikatlashtirish organlari yokisertifikatlash tirishning
har variantlari bo’yicha ro’yxatdan o’tkazishi mumkin emas.
Har
xil
mahsulotni
turli
sertifikatlashtirish
organlari
yoki
sertifikatlashtirishning har variantlari bo’yicha ro’yxatdan o’tkazishi mumkin.
(masalan, olmani 1-variant bo’yicha, olchani 2-variant bo’yicha sertifikatlashtirish
mumkin; olma bitta sertifikatlashtirish organi tomonidan, olcha esa boshqasida, yoki
ikkalasi ham bitta organ tomonidan sertifikalanishi mumkin).
43
Bir vaqtni o’zida turli mamlakatlar xududida joylashgan ishlab
chiqaruvchilar guruhi ro’yxatdan o’tkazilishi mumkin emas (xalqaro 2-variant
mavjud emas!).
Ro’yxatdan o’tkazishni yakunlashda arizachi:
Sertifikatlashtirish organiga belgilangan tartibda ariza topshiradi;
Sublistenziyalash va sertifikatlashtirish haqida Kelishuvga imzo qo’yadi;
GLOBALG.A.P. bo’yicha qayd raqamini oladi;
GLOBALG.A.P. bo’yicha ro’yxatga olish to’lovini amalga oshirish bo’yicha
rozilik beradi.
Ro’yxatdan o’tkazish jarayoni (birinchi marta sertifikatlashtirish va sertifikat
berishda) audit boshlanguniga qadar tugatilishi kerak. Birinchi marta
sertifikatlashirish va sertifikat berishda: sertifikatlashtirish organi to’ldirilgan ariza
qabul qilib olgan paytdan boshlab 28 kalendar kuni davomida arizani tasdiqlashi va
GLOBAL G.A.P. ro’yxatga olish raqami (GGN) ni taqdim etishi shart.
Ishlab chiqaruvchilarni tekshirish va audit qilish grafik shakllantiriladi va
belgilangan grafik asosida amalga oshiriladi. 2-variant bo’yicha sertifikatlashtirish
jarayonida ham baholash yuqoridagi tartibda amalga oshiriladi. Ichki audit bir yilda
bir marta amalga oshiriladi.
Sertifikat muddatini uzaytirishni “inspekstion darcha” ning istalgan vaqtida
amalga oshirish mumkin. Bu oraliq joriy sertifikatning amal qilish muddatining
tugashidan 4 oy muddat oldin boshlanib, sertifikat muddatining tugashidan 4 oy
muddat o’tgandan so’ng tugaydi, ya’ni 8 oydan iborat bo’ladi.
|