39
Qishloq xo’jaligidakengqo’llaniladigan “Standart” G.A.P. - Good
Agricultural Practices (maqbulqishloqxo’jalikamaliyoti) hamfoydalaniladi.
GLOBAL G.A.P. – bu qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun
birinchi darajali standart bo’lib, qishloq xo’jalik ekinlarini ekish vaqtidan to
mahsulotlarni yig’ib olishgacha bo’lgan, agar chorvachilikda bo’lsa ishlab
chiqarishga kirishish vaqtidan oraliq mahsulot holatiga kelguncha (boqish va
so’yish) bo’lgan davrda barcha ishlab chiqarish jarayonlarini qamrab olgan me’yoriy
hujjatdir.
Ushbu hujjatda qishloq xo’jalik maxsulotlari etishtiruvchi korxonalarining
amaliyotiga tegishli umumiy tamoyillar bayon qilingan bo’lib, butun jahonda
etakchi savdo kompaniyalari uchun muvofiq bo’lgan, global miqyosdagi
o’simlikshunoslik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning
optimal usullarini joriy etishning asosiy elementlari belgilangan.
G.A.P. bu etishtirilayotgan mahsulot xavfsizligini oshirish va sifatini
yaxshilashga yordam beruvchi tavsiyalar jamlamasidan iboratdir. Bu standartda
ixtiyoriy qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish tizimlariga ko’llash va
moslashtirish mumkin bo’lgan rahbariy ko’rsatmalar berilgan.
G.A.P. qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonining
dastlabki to’rtta komponenti ya’ni, tuproq, suv, xodim, ishlab chiqarish va qayta
ishlash muhitiga e’tibor qaratadi. Bu standart ISO 9001 standarti bilan to’g’ridan-
to’g’ri aloqada emas, ammo, muqobil tamoyillarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari
xavfsizligi va sifat tizimini yaratishga yordam beradi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarda o’z biznesida
oziq-ovqat xavfsizligiga bilan bog’liq tahdidlarni minimum darajaga tushirish
uchun, savdo tarmoqlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari xavfsizligi bo’yicha yangi
standart ishlab chiqish zarurati paydo bo’ldi. Shu tariqa yuzaga kelgan standart
EurepGAP: (Euro-RetailerProduceWorkingGroup) – oziq-ovqat mahsulotlari
chakana savdosi masalalari bo’yicha evropa ishchi guruhi va GAP (Good
Agricultural Practice) -Qishloq xo’jaligini yaxshilash amaliyoti nomini oldi.
GLOBAL G.A.P. standarti EUREPGAP (butun jaxon bo’yicha qishloq
xo’jaligi
maxsulotlarini
ishlab
chiqarish
jarayonlariga
standartlar,
sertifikatlashtirishga talablarni o’rnatuvchi xususiy idora) tomonidan chop etiladi.
Ushbu standartning asosiy maqsadi qishloq xo’jalik maxsulotlarini etishtirish
jarayonining barcha jabhalarini kuzatish orqali ularni etishtirish davrida sifatiga
salbiy ta’sir etuvchi omillar va xavf-xatarlar darajasini minimallashtirishdan
iboratdir.
GLOBALG.A.P. sertifikati qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni
integrastiyalangan boshqaruv tizimi (IFA)