7
bo‘yicha qoidalar, me’yoriy hujjatlar, standartlar ustidan davlat nazorati, unga doir
ishlar-ning moliyaviy ta’minoti va ularning hayotga tadbiq etilishi, standartlashtirish
bo‘yicha ishlarni o‘tkazishning yanada yuqoriroq
rivojlanish bosqichiga
ko‘tarilishiga asos bo‘ldi.
“Standartlashtirish to‘g‘risida” qonun 4 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar
12 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda standartlashtirish tizimi,
standartlashtirish ishlarini o‘tkazish, qonun hujjatlari, xalqaro shartnomalar, me’yoriy
hujjatlar, davlat nazorat organlari,
davlat inspektorlari, ularning huquqlari va
javobgarligi, standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy
ta’minoti, standartlarni qo‘llashni rag‘batlantirish bo‘yicha keng ma’lumotlar
berilgan.
Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning
umumiy
qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat
birlashmalari bilan olib boriladigan hamkorlikdagi ishining
shakl va usullarini
“O‘zstandart” agentligi belgilaydi.
Respublikamizda standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy texnik
qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi.
Shuningdek, qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida
standartlar va texnik shartlarni ushbu qonunni qo‘llashga doir yo‘riqnomalar va
izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar. Standartlarni nashr qilish
va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir me’yoriy
hujjatlar, shuningdek standartlashtirish qoidalari,
normalari, texnik-iqtisodiy
axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish va qo‘llash tartibi “O‘zstandart” tomonidan
belgilanadi.
Qonunning II bo‘lim 6-moddasiga binoan standartlashtirishga doir me’yoriy
hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga
asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari
himoya qilinishini va
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun
asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning
imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‘yilishi alohida
ko‘rsatilgan.
Qonunda davlat yo‘li bilan stndartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning
moliyaviy ta’minoti, mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va
mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash
huquqini olgan
xo‘jalik faoliyati sub’ektlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish
chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanishi ko‘rsatilgan.