QADIMGI MISR ARXITEKTURASI TARIXI




Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/38
Sana09.09.2022
Hajmi5 Mb.
#25722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
arxitektura-tarixi kutubxonachi.uz.pdf
psixologiya va sport psixologiyasi, Benzin, Omaddiyor Umarov Ilmiy Tadqiqot Metodologiyasi, Savollar-10mavzu
QADIMGI MISR ARXITEKTURASI TARIXI 
Ibtidoiy jamoa inqirozga uchrab, antogonistik qarama-qarshiliklarga asoslangan 
quldorlik jamiyati vujudga keladi. 
Eng qadimgi quldorlik davlatlari Misr vaYaqin Sharqda vujudga keldi. Bu joylarda 
quldorlik davlatlari paydo bo‘lishi uchun hosildor yerlarda sun‘iy sug‘orish yo‘li bilan 
dehqonchilik rivojlanganligi sabab bo‘ldi. Sun‘iy sug‘orish tizimi asosan podshohlar 
qo‘lida bo‘lib, shu orqali ular butun hosildor yerlarga ega edilar. 
Misr quldorlik davlati asosan 4 davrdan iborat rivojlanish bosqichini bosib o‘tgan: 
1. Arxaika davri (eramizdan avvalgi 3200 — 2780-yillar). 
2. Qadimgi podshohlik davri (eramizdan avvalgi 2780 - 2100-yillar). 
3. O‘rta podshohlik davri (eramizdan avvalgi 2100 - 1700-yillar). 
4. Yangi podshohlik davri (eramizdan avvalgi 1700 - 712-yillar). 
Qadimgi Misrda quldorlik davlatini Fir‘avn boshqargan. Fir‘avn lavozimi podshohlar 
sulolasi ahliga meros bo‘lib o‘tib kelgan. 
Fir‘avn bo‘lish uchun taxtga da‘vogar o‘zidan oldin o‘tgan fir‘avnning beva qolgan 
xotiniga yoki uning qizlaridan biriga uylanishi shart bo‘lgan. 
Eng birinchi sulola fir‘avnlari «mastaba» deb ataluvchi qabrlarga dafn etilganlar. 
Atrofi toshlar bilan to‘silgan mastabalar xom g‘ishtdan to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida 
qurilgan bo‘lib, juda ko‘p xonalardan tashkil topgan. Vafot etgan fir‘avnning barcha 
buyumlari shu xonalarda saqlangan. Mastabaning yer usti qismi piramida shaklida bo‘lgan, 
yer osti qismida esa go‘rxona va boshqa xonalar joylashgan. 
Qadimgi misrliklarda Osiris va Isidalarga sajda qilish va ayniqsa, quyosh xudosi 
Amon Rega sajda qilishga o‘xshagan diniy qarashlar mavjud bo‘lgan. Shu bois arxitektura 
yodgorliklarining talaygina qismini diniy inshootlar -maqbaralar va ibodatxonalar tashkil 
etgan. 


11 
Qadimgi misrliklar inson hayotini va tabiatdagi takroriy o‘zgarishlarni xudolar 
boshqaradi, deb ishonganlar. Misrliklar xudolami hayvon boshli odam qiyofasida tasavvur 
etganlar. Xudolarning podshosi lochin boshli quyosh xudosi Amon Re hisoblangan. 
Fir‘avn esa quyosh xudosining yerdagi farzandi deb hisoblangan. Osiris yer osti dunyo 
xudosi, Isida esa yer usti dunyo xudosi deb hisoblangan. 
Mastabalar shakli o‘zgarishi bilan zinali piramidalar — ehromlar paydo bo‘ldi. 
Sakkaraxdagi Joser piramidasi eramizdan oldingi 2780-yilda qurilgan bo‘lib, uning 
balandligi 60 m, asoslari esa 109,2x121 m. 
Qadimgi podsholik davrining eng yirik yodgorligi - Gizadagi ehromlar kompleksi 
Xeops, Xefren va Mikerin ehromlaridan tashkil topgan va eramizdan oldingi 2900 - 2700-
yillarda qurilgan. Ehromlari chida eng kattasi Xeops ehromi bo‘lib, uning balandligi 
147 
metr, kvadrat asosining bir tomoni uzunligi 230 metrni tashkil qiladi. Xeops piramidasi 
dunyodagi yetti mo‘jizadan biri deb tan olingan. Darhaqiqat, u yaxlit va yetarli darajada 
mustahkam inshoot bo‘lib, 2.300.000 ta tosh bloklaridan ishlagan. Har bir blok o‘rtacha 2,5 
tonna og‘irlikda bo‘lgan. Piramidaning ichida bir nechta bir-biri bilan chalkash yo‘llar bor 
bo‘lib, ulardan biri shohning jasadi qo‘yilgan xonaga olib boradi. piramida o‘lchovlarining 
katta bo‘lishiga qaramasdan, ulkan inshoot shimol, janub, sharq va g‘arb tomonlarga aniq 
yo‘naltirilgan. 
Xefren ehromining balandligi Xeopsga nisbatan 8 metr pastroq, ya‘ni 139 metr 
bo‘lib, Mikerin ehromining balandligi esa Xeopsga nisbatan qariyb 2 marta pastroqdir. 
Piramidalar kompleksi yaqinida toshdan o‘yilgan sfinks — tanasi odamning shakli, kallasi 
esa arslon shaklida ishlangan, balandligi 20 metrni tashkil qiluvchi haykal joylashgan. 
O‘rta podsholik davriga kelib, ulkan piramidalar qurilishi to‘xtaydi. Buning asosiy 
sabablaridan biri fir‘avnlar siyosiy boshqaruvining sustlashishi edi. Bu davrga kelib 
ibodatxonalar qurilishi keng tarqaladi. 
Eramizdan avvalgi 2400-yilning boshlarida Misr davlati inqirozga yuz tutadi. 
Oqibatda mamlakat bir necha yarim mustaqil viloyatlarga bo‘linadi. 
Monumental arxitekturada piramidalar qurilishi o‘rta podshohlik davrida ham davom 
ettiriladi. Ammo shakl jihatidan ham, masshtabi jihatidan ham Qadimgi podsholik 
davridagi piramidalardan ancha kichik va kam dabdabali bo‘lgan. 


12 
Piramidalar balandligi 65 metrdan oshmagan. Ularning o‘lchamlari haddan tashqari 
kichik bo‘lsa-da, ichki bo‘linishlari aricha keng bo‘lib, odatda go‘rxona va ziyoratxona 
kabi qavatlarga bo‘lingan. 
O‘rta podsholik davrida dafn etish uchun qoyalarda maqbara yasash keng tarqalgan. 
Bu o‘rinda o‘zining orderli ustunlari bilan mashhur bo‘lgan Beni- Hasandagi maqbaralar 
juda xarakterli. Maqbaraga kiraverishda o‘rnatilgan ikki ustun yunonlarning ustunlarini 
eslatadi. Shu boisdan bu ustunlar - «protodorik», ya‘ni doriy uslubidagi ustunlar deb 
nomlanadi. 
O‘rta podsholik davrida Misr arxitekturasida bir necha shakllar kashf etildi, lekin u 
Qadimgi podsholik davriga nisbatan yuqori bosqichga ko‘tarila olmadi. O‘rta podsholik 
eramizdan avvalgi 1700-yilga kelib tamom bo‘ldi. 
Yangi podsholik davriga asos solgan fivalik hokimlar o‘z poytaxtlarini Fiva shahrida 
(Yuqori Misr) tashkil etdilar. 2500 yil mobaynida bu shahar dunyoning eng ulug‘ va 
muqaddas markaziga aylandi. Fivaning xudosi Anion Re alohida va muhim rol o‘ynay 
boshlaydi va u Misrning asosiy xudosi deb tan olindi. Endi u boshiga quyosh toji kiygan, 
tuyaqushning ikki dona pati bilan ulug‘langan chavandoz sifatida tasvirlandi. 
Fiva shahrida ulkan qurilishlar boshlandi. Fir‘avnlarning dabdabali saroylari va 
oqsuyaklarning serhasham qasrlari qad ko‘tardi. Shunday qasrlardan biri Dayr el-Baxri 
degan joyda Malika Xashtepsut tomonidan qurdirilgan Xashtepsut ibodatxonasi ham shu 
davrning hashamatli imoratlaridan bo‘lgan. Bu bino qoyalar yaqinida, uch tepalikda 
joylashtirilgan. Bu bino arxitekturasining yaxlitligi atrofdagi sarbaland tog‘lar orqali 
seziladi. Ibodatxonaga uzun yo‘l orqali boriladi. Yo‘lning ikki tomonida ham balandligi 10 
metr bo‘lgan sfinkslar o‘rnatilgan. 
Karnak shahrida ham ulkan qurilishlar olib boriladi. Jumladan, Quyosh xudosi Amon 
Re ibodatxonasi shu davrning eng mashhur yodgorliklaridan biri. 
Eramizdan oldingi 1700-yildan boshlab Yangi podshohlik davri boshlanadi. Bu 
davrda arxitekturaning rivojlanishi Karnak shahrida olib borilgan qurilishlar bilan bog‘liq. 
Karnakdagi Amon Re xudosiga bag‘ishlangan ibodatxona ulug‘likda yagona еdi. 
Ibodatxona uzunligi 103 metr, eni 52 metrdan iborat bo‘lib, uning umumiy maydoni 
5000
kv metrni tashkil etgan. Ibodatxona tomini har bir qatorda 10 tadan 16 qator ustun 


13 
ushlab turadi. Gipostil xonaning markaziy qismi 6 tadan 2 qator ustunlar bilan alohida 
ajratilgan. Bu ustunlar diametri 3,4 metr, balandligi esa 20,4 metrga teng. Bu ustunlarning 
ulkanligi shu darajadaki, ularning qarshisida inson nihoyatda kichik ko‘rinadi. Markazdagi 
ustunlarning kapitellari papirusning ochilgan gullari ko‘rinishida bo‘lib, yon 
tomondagilarning kapitellari esa hali ochilishga ulgurmagan g‘unchani eslatadi. Yon 
qatordagi barcha ustunlarning balandligi 16 metrga teng. 
Ibodatxona bo‘ylama o‘q bo‘yi va rivojlanuvchi kompozitsiya asosida qurilgan. 
Kompozitsiyaning asosiy elementlari esa bosmdan-oxirigacha, ya‘ni ibodatxonaga olib 
boruvchi sfinkslar hiyoboni, kirish peshayvoni - Pilon, Peristil shaklidagi ichki ochiq hovli, 
usti yopiq Gipostil xonasi va yarim qorong‘i sig‘inish xonasi simmetrik tuzilishga ega. 
Binoning o‘ng tomonidagi qismlari uning chap tomonidagi qismlariga tamomila mos 
bo‘lib, hammasi asosiy bo‘ylama harakat o‘qiga bo‘ysundirilgan. Ibodatxona 
arxitekturasida yorug‘lik katta rol o‘ynagan. Quyosh nuri bilan yoritilgan ochiq hovlidan 
yarim gipostil xona orqali o‘tib, muqaddas sanalgan qorong‘iroq xonaga va nihoyat, 
xudoning haykali turgan butunlay qorong‘i sig‘inish xonasiga o‘tiladi. Xuddi shu tartibda 
ibodatxonaning balandligi ham sig‘inish joyi tomon pasayib boradi. 

Download 5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 5 Mb.
Pdf ko'rish