O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi




Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/38
Sana09.09.2022
Hajmi5 Mb.
#25722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
arxitektura-tarixi kutubxonachi.uz.pdf
psixologiya va sport psixologiyasi, Benzin, Omaddiyor Umarov Ilmiy Tadqiqot Metodologiyasi, Savollar-10mavzu
sfinkslariamassalar 
haykali burchaklarda o‘rnatilgan. Kirish peshtoqiga moviyrang sopol koshinlari bilan 
ishlov berilgan. Umuman olganda, turli rangli koshinlar Yaqin Sharq mamlakatlarida 
qadim zamonlardan boshlab keng ishlatilgan. 


16 
Bobil shahri Yevfrat daryosining ikki qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, shahar ikki qator 
baland devorlar bilan o‘ralgan edi. Shaharning asosiy qismi daryoning chap sohilida 
joylashgan bo‘lib, Ishtar nomli darvoza orqali shaharga kirilardi. Ishtar darvozasidan 
boshlanadigan ko‘cha to‘g‘ri shaharning markaziga - Etemenanka zikkuratiga olib borgan. 
Etemenanka zikkurati tarixda Bobil minorasi nomi bilan mashhur bo lib, uning balandligi 
90 m, yerdagi asos o‘lchamlari ham 91.5x91,5 m bo‘lgan. 
Qadimgi Eron arxitekturasi Mesopotamiya arxitekturasi an‘analari asosida rivojlandi. 
Eron arxitekturasida, ayniqsa, ahamoniylar davri (e.a.Vl - IV asrlar) va sosoniylar davri 
(e.a. I - eramizning V asrlari) katta ahamiyatga ega. 
Arxitektura tarixida dunyoda birinchilar qatorida ravoqli va gumbazli konstruksiyalar 
sosoniylar davrida qurila boshlandi. 
Ahamoniylar davridagi eng yirik imorat - bu Persepol shahridagi shoh qasri edi. 
Eramizdan oldingi 520 - 460-yillarda qurilgan bu qasr tog‘ yon bag‘rida joylashgan bo‘lib, 
450x300 metr hududni egallagan. Qasrning asosiy qismi ko‘p ustunli zal - «apadana»dan 
iborat. 
Balandligi 20 metrli ustunlar marmar toshlardan o‘yib tayyorlangan. Ustunlar baza va 
kapitelga ega bo‘lib, kapitellar yarim ochilgan gullar shaklida bo‘lgan va yuqori qismi 
volyuta shaklida ishlangan. Apadana zalini bezatishda turli rangli koshinlardan 
foydalanilgan. 
Qadimgi Eron arxitekturasining yana bir rivojlanishi sosoniylar davriga to‘g‘ri keladi. 
Eramizning 223-yili Firuzobod shahrida qurilgan qasr bunga misol bo‘la oladi. Qasrning 
o‘lchamlari 55,5 xl03,5 bo‘lib, ichki hovli atrofida qurilgan shohning taxti o‘rnatilgan 
zal va shoh yashaydigan ichki xonalardan tashkil topgan. 
Ktesifon shahrida qurilgan qasr o‘zining gumbaz va ravoqlari bilan ajralib turadi. 
Eramizning V asrida qurilgan qasr ayvonlari balandligi 37 metr kengligi esa 25,63 metrni 
tashkil qilgan. Eron arxitekturasida ravoqli va gumbazli konstruksiyalar ishlatilishi misli 
ko‘rinmagan darajada rivojlandi. Kvadrat asosli xonalarni gumbaz yordamida yopish juda 
keng tarqaladi va keyinchalik bunday usul Kavkazorti va ayniqsa, O‘rta Osiyo 
arxitekturasida ham qo‘llana boshlaydi. 


17 

Download 5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Download 5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi

Download 5 Mb.
Pdf ko'rish