ANTIK ARXITEKTURA. QADIMGI YUNON ARXITEKTURASI




Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/38
Sana09.09.2022
Hajmi5 Mb.
#25722
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
arxitektura-tarixi kutubxonachi.uz.pdf
psixologiya va sport psixologiyasi, Benzin, Omaddiyor Umarov Ilmiy Tadqiqot Metodologiyasi, Savollar-10mavzu
ANTIK ARXITEKTURA. QADIMGI YUNON ARXITEKTURASI 
Qadimgi Yunon va Rim sivilizatsiyalari antik dunyo deb tan olinib, eramizdan 
avvalgi XII - VIII asrlardan eramizning IV - V asrlarigacha mavjud bo‘lgan. 
Qadimgi Yunon Bolqon yarim orolining janubiy qismida joylashgan bo‘lib, alohida 
va mustaqil shaharlardan tashkil topgan edi. Yunon polislari dunyo tarixida birinchi 
demokratik respublikalar edi, chunki barcha fuqarolar bir xil huquqqa ega edi. 
1. Qadimgi Yunon arxitekturasi uch davrdan iborat: 
2. Arxaika davri (eramizdan avvalgi VIII - V asrlar). 
3. Klassika davri (eramizdan avvalgi 480 - 320- yillar) 
4. Ellinizm davri (eramizdan avvalgi 320-yil - eramizning I asrigacha). 
Qadimgi Yunoniston geometriya, mexanika, statika kabi fanlarningvatani bo‘lib, bu 
fanlar asosida injenerlik, ayniqsa, qurilish injenerligi rivojlanadi. Qurilish injenerligi 
yutuqlari shaharlar, ko‘priklar, to‘g‘onlar va boshqa inshootlar qurilishida keng 
qo‘llaniladi. Qurilishda asosan xom va pishiq g‘isht, tabiiy tosh qo‘llanilgan. Bino va 
inshootlar yopilmasi asosan yog‘ochdan bajarilgan. Qadimgi Yunon arxitekturasida ustunli 
konstruksiyalardan foydalanilgan. 
Yunon ustunli konstruksiyalari asosida yangi tektonik tizim yaratilib, bu tizim badiiy 
jihatdan yetuk kompozitsiya va konstruktiv jihatdan mustahkam tashkil qilingan. Order 
(yunonchasiga - «tartib» ) deb nom olgan bu tizim oldin yog‘ochdan, keyinchalik esa 
tabiiy toshlardan yasalgan konstruksiyada o‘z ifodasini topgan. Yunon arxitekturasidagi 
klassik order binolarning yuk ko‘taruvchi va ustki yopilmalari orasidagi bog‘lanish va 
tartibini belgilaydi. Qadimgi Yunon arxitekturasida bunday tizim alohida turuvchi ustunlar 
va ular ustiga qo‘yiladigan yopilma -«antablament»dan iborat. Ustunlar o‘z navbatida 
poydevor «baza»ga ega. Klassik order tektonik tizimining ikki qismi - badiiy va 
konstruktiv qismlari o‘zaro uyg‘unlashtirilib, mutanosib shakllarga keltirilgan. 
Mutanosiblikning asosiy elementi modul o‘lchov birligi yaratilgan. 
Uyg‘unlashtirish natijasida ikki order - 

Download 5 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Download 5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ANTIK ARXITEKTURA. QADIMGI YUNON ARXITEKTURASI

Download 5 Mb.
Pdf ko'rish