QADIMGI MESOPOTAMIYA VA ERON ARXITEKTURASI




Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/38
Sana09.09.2022
Hajmi5 Mb.
#25722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
arxitektura-tarixi kutubxonachi.uz.pdf
psixologiya va sport psixologiyasi, Benzin, Omaddiyor Umarov Ilmiy Tadqiqot Metodologiyasi, Savollar-10mavzu
QADIMGI MESOPOTAMIYA VA ERON ARXITEKTURASI 
 
Yaqin Sharq Qadimgi dunyo madaniyati rivojlangan markazlardan biridir. 
Eramizdan oldingi V - I ming yilliklarda bir tomondan O‘rta Yer dengizi, ikkinchi 
tomondan Fors qo‘ltig‘i, uchinchi tomondan Kavkaz tog‘lari va to‘rtinchi tomondan Eron 
tog‘lari bilan chegaralangan hududlarda bir necha quldorlik davlatlari rivojlandi. Ikki daryo 
oralig‘i - Tigr va Yevfrat daryolari oralig‘i o‘zining tabiati va iqlim sharoiti bo‘yicha 
madaniy rivojlanish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega edi. Xuddi shu hududlarda 
eramizdan avvalgi V -III ming yilliklarda Shumer va Akkad xalqlari yashagan. III ming 
yillik oxirlarida bu joyda Bobil (Vavilon) davlati vujudga keladi. 
II ming yillikda Vavilondan shimolroqda Assiriya davlati vujudga keldi. Assiriyadan 
shimolroqda esa Urartu va Mittani davlatlari vujudga keldi. 


14 
Bu joyda quldorlik davlatlari vujudga kelishi va rivojlanishi serhosil yerlar, yerlarni 
sug‘orish sistemasi rivojlanganllgi va dehqonchilikning unumli bo‘lishi bilan bog‘liq edi. 
Yaqin Sharq quldorlik davlatlari ко‘p sonli ma‘muriy tuzilmalarga asoslangan 
mustabid tuzumdan iborat edi. Davlat hokimiyati va diniy boshqaruv bir-biridan ajralmas 
tuzilmaga aylanganligi sababli mahobatli inshootlar tarkibi va topinish qurilmalaridan 
iborat edi. 
Bunday diniy-ma‘muriy inshootlar baland devorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, shaharlar 
hududiari ham qal‘a devorlari va mudofaa minoralari bilan mustahkamlangan. Mudofaaviy 
qurilma va inshootlar Yaqin Sharq arxitekturasi asosini tashkil qlladi. 
Qadimgi Mesopotamiyadagi Uf shahri Shumer va Akted davlatlari poytaxti sifatida 
eramizdan oldingi III ming yilliklarda shakllangan. Shahar markazida baland devorlar bilan 
o‘ralgan diniy-ma‘muriy majmua barpo etiladi va ulkan zikkurat quriladi. Bu zikkurat 
zinasimon piramida shaklida bo‘lib; umumiy balandligi 58 metr, asos tomonlari uzunligi 
60 metredi. 
Yog‘och ashyolari kamchiligi Qadimgi Mesopotamiya va Eronda ravoqli va 
gumbazli qurilmalar keng tarqalishining asosiy sabablaridan hisoblanadi. 
Sosoniylar davrida gumbazli inshootlar Eron hududida keng tarqaladi. Gumbaz va 
ravoqlar o‘lchamlari misli ko‘rilmagan darajada kattalashadi va xilma-xil shakllarda 
bajariladi. III asrdan boshlab tarh tuzilishida kvadrat shakl binolarni gumbaz bilan yopish 
texnikasi rivojlanadi. Binolar kvadrat asosidan aylana gumbazosti shakliga o‘tish uchun 
burchak ravoqlaridan foydalaniladi. 
Qadimgi Eron arxitekturasi yutuqlari, shuningdek, ustunli qurilmalar keng ishlatilishi 
bilan ham bog‘liq edi. Ayniqsa, «apadana»turidagi binolarda yagona yirik yopiq fazo 
hosil qilish uchun baland ustunlardan foydanilgan. Ustunlar baza va kapitellar bilan 
bezatilgan bo‘lib, asosan marmar toshlardan tayyorlangan. 
Yaqin Sharq arxitekturasi Qadimgi Misr arxitekturasidan keskin farq qiladi, chunk! 
bu yerlarda mavjud qurilish xom ashyolari Misrda mavjud xom ashyolarga o‘xshamas edi. 
Yaqin Sharq madaniy o‘chog‘i bo‘lmish Mesopotamiyada asosiy xom ashyo sifatida 
loydan tayyorlangan xom g‘ishtdan foydalanilgan. Bu joylarda tabiiy tosh manbalari 
bo‘lmagan. Binolar usti asosan yog‘och konstruksiyalari yordamida yopilgan. 


15 
Yaqin Sharq davlatlari arxitekturasidagi asosiy xususiyat - bu mudofaaga 
mo‘ljallangan bino va inshootlar qurilishi hamda saroy va ibodatxonalar qurilishining 
kompozitsion jihatdan bir-biriga o‘xshaganligidir. Har bir bino va inshoot, eng avvalo, 
yaxshi mudofaaviy xususiyatlarga asoslangan holda qurilgan. Saroylar ham, ibodatxonalar 
ham, turarjoy binolari ham kvadrat shakliga yaqin ixcham usulda, bir yoki bir necha ichki 
hovlili qilib qurilgan, Binolar tashqi devorlarida deraza va boshqa teshiklar qoldirilmagan. 
Mahobatli binolar baland qo‘rg‘onlar ustida qurilib, shahar atroflari baland devorlar bilan 
o‘rab olingan. 
Bobil yoki Assiriya shaharlari qiyofalari Mesopotamiya arxitekturasi to‘g‘risida to‘liq 
tasavvur beradi. Bu shaharlar ikki qator mudofaa devorlari bilan o‘ralgan bo‘lib, shahar 
ichkarisida «zikkurat»lar yuqoriga qarab bo‘y cho‘zishgan. «Zikkurat» - diniy inshoot 
bo‘lib, o‘z tuzilishi bilan Misrdagi zinali piramidalarga o‘xshaydi. Ammo piramidalardan 
farqi shundaki, «zikkurat» ichida go‘rxona va ziyoratxonalar qurilmagan. 
Bobil va Assiriya shaharlari qiyofalarida ibodatxonalar alohida ajralib turadi. 
Assiriyadagi eng katta va mahobatli bino Anu va Adad xudolari ibodatxonasidir. 
Ibodatxona asosan ikki baland zikkuratlardan hamda Anu va Adad xudolari 
sajdagohidan iborat. Zikkuratlar poydevori va tashqi qismi esa xom g‘isht va tuproq bilan 
to‘ldirilgan. Ibodatxona xonalari ham odatda xom g‘ishtdan qurilib, torn yopilmasi ravoq 
va gumbazlardan bajarilgan, chunki yog‘och bu yerlarda kamchil bo‘lgan. 
Zikkuratlar va boshqa binolar ustki maydonchalari soqchilar tomonidan atrofni 
kuzatish uchun foydalanilgan. Shahar devorlari ustki qismida ham kuzatish maydonchalari 
bo‘lib, soqchilar uchun qulay qilib yasalgan edi. 
Assiriya shohi Sargon II ning eramizdan avvalgi VIII asrda Dur-Sharrukinda qurilgan 
qasri o‘sha davrning eng muhtasham binolaridan biri edi. Tuproqdan ko‘tarilgan qo‘rg‘on 
ustida qurilgan saroy bitta katta va ikkita kichikroq hovlidan tashkil topib, hovlilar atrofi 
paxsadan qurilgan imoratlar bilan o‘ralgan. 
Qasrga kirish joyi ravoqli peshtoq bilan bezatilgan va qanotli 

Download 5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



QADIMGI MESOPOTAMIYA VA ERON ARXITEKTURASI

Download 5 Mb.
Pdf ko'rish