O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi




Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/38
Sana09.09.2022
Hajmi5 Mb.
#25722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
arxitektura-tarixi kutubxonachi.uz.pdf
psixologiya va sport psixologiyasi, Benzin, Omaddiyor Umarov Ilmiy Tadqiqot Metodologiyasi, Savollar-10mavzu
IBTIDOIYJAMOAARXITEKTURASITARIXI 
 
Insoniyat arxitekturaviy-qurilish faoliyatining boshlanishi paleolit davriga to‘g‘ri 
keladi va u eng oddiy tosh qurollari yordamida odamlarning o‘ziga uy-joy qurishi bilan 
bog‘liq. Yog‘ochga boy joylarda konus-shakl va ikki tomonga og‘ma tomii shoxlardan 
yasalgan chaylalar keng tarqaladi. 
Arxitekturaning paydo bo‘lishi so‘nggi paleolit davriga to‘g‘ri keladi.-Bu davrga 
kelib qurilish jarayoni faqatgina texnik faoliyat bo‘lmasdan, balki odamlarning ma‘naviy 
talablarini ham qondirishga xizmat qiladi. Oddiy konstruksiyalarga estetik tomondan 
ishlov berish va qurish jarayoniga badiiy-texnik talablarning kiritilishi qurilish faoliyatiga 
ma‘lum darajada g‘oyaviy-obraz tushunchasini olib kiradi. 
Neolit davrida tosh qurollari takomillashtirilishi bilan insoniyatning moddiy 
imkoniyatlari kengayadi. Bu davrga kelib yog‘ochdan yasalgan uy-joylar to‘g‘ri burchakli 
shaklni qabul qilib, devorlari ustunlar va ularga biriktirilgan shox-shabbalar o‘rimidan 
iborat edi. 
s
Xuddi shunday imoratlar Dnepr daryosi bo‘yidagi Kolomiyshina - 1 degan 
joyda topilgan. Bu imoratlar eramizdan oldingi III -I ming yillikda qurilgan. Bu joyda 
imoratlar 2 ta konsentrik davra shaklida joylashtirilgan: diametri 170 m aylana bo‘yicha 
katta uylar joylashtirilgan bo‘lib, aylana ichida esa kichik uylar joylashtirilgan. Bu turar joy 
maskani eng qadimgi muntazam shakldagi turar joy bo‘lib, ibtidoiy jamoa xususiyatlari va 
mudofaa vazifalarini bajarishga moslashtirilgan bo‘lgan. 
Yangi tosh davri - neolit davrida (eramizdan oldingi VI - II ming yillik) mehnat 
qurollari keng rivojlanishi bilan ibtidoiy jamoa a‘zolari dehqonchilik va chorvadorlik bilan 
shug‘ullana boshlashadi. 
Bu davrda daryolar va ko‘llar ustida qoziq qoqilib qurilgan binolar turi keng 
tarqalgan. Bunday turdagi imoratlarning qurilishi baliqchilik bilan shug‘ullanish uchun 
yaxshi sharoit yaratgan. 
Neolit davrining so‘nggi pallasida, ya‘ni bronza davrida metalldan tayyorlangan har 
xil ish qurollari paydo bo‘ldi. Xuddi shu davrda megalitik qurilmalar ham keng tarqaladi. 
Megalitik qurilmalar juda katta tosh bo‘laklaridan qurilgan bo‘lib, ular har xil diniy 



udumlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Megalitik qurilmalar asosan uch turga bo‘linadi: mengirlar, 
dolmenlar va kromlexlar. 
Mengirlar - bu vertikal shaklda o‘rnatilgan balandligi 20 metrli katta tosh 
bo‘laklaridir. Eng katta mengirlarning og‘irligi qariyb 300 tonnagacha bo‘lgan. Mengirlar 
biron-bir tarixiy hodisa sharafiga o‘rnatilgan. 
Dolmenlar - bu bir necha vertikal o‘rnatilgan tosh va ularning usti gorizontal tosh 
plitasi bilan yopilgan qurilma bo‘lib, asosan, qabila boshqaruvchisi uchun qurilgan. Qabila 
boshlig‘i o‘limidan keyin shu yerda dafn etilib, dolmen maqbara vazifasini o‘tagan. 
Kromlexlar - megalitik qurilmalar ichida eng murakkab va kompozitsion jihatdan 
uyg‘unlashgan inshootdir. Angliyaning Stounxendj degan joyidagi kromlex diametri 30 
metr bo‘lgan aylana bo‘yicha qo‘yib chiqilgan toshlar va uchi bir-biri bilan toshlar 
vositasida bog‘langan inshootdir. Ichki aylanada yana uch juft vertikal toshlar 
joylashtirilgan bo‘lib, ularning usti ham o‘zaro balka orqali bog‘langan. Aylananing 
geometrik markazida eng katta vertikal tosh joylashtirilgan. Kromlexlar qadimgi ibtidoiy 
jamoa uchun ibodatxona vazifasini o‘tagan. 
Kromlexlarning aylana shakli ularning quyosh ibodatxonalari vazifasini o‘taganligi 
ifodasidir. 
Ibtidoiy jamoa rivojlanishining so‘nggi davrlarida mudofaa uchun mo‘ljallangan 
qal‘asimon inshootlar va ibodatxona vazifasini bajaradigan qurilmalar keng tarqaladi. 
Siklopik qal‘alar deb nomlanuvchi qurilmalar devorlari katta o‘lchamdagi vertikal 
toshlardan qurilgan. Yog‘ochga boy joylarda esa qal‘a devorlari odatda daraxtlar tanasidan 
yasalgan. Odatda qal‘alar ikki yoki uch qator devorlar bilan o‘rab olingan. 
Hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralishi, xususiy mulkning paydo bo‘lishi 
ibtidoiy jamoa tuzumi inqiroziga olib keldi. Bu inqiroz natijasida ibtidoiy jamoa tuzumi 
tanazzulga yuz tutadi va quldorchilik jamiyati yuzaga keladi. 
Neolit davrida O‘rta Osiyoda ham chaylaga o‘xshash katta qabila uylari qurilganligi 
ma‘lum. Jumladan, eramizdan oldingi IV - III ming yilliklarga taalluqli Qadimgi 
Xorazmda ochilgan «Jonboz - 4» deb nomlanuvchi ovchilarning chavlasimon turarjoyi 
bunga misol bo‘la oladi. Bu imorat qum barxani ustida qurilgan bo‘lib, o‘lchamlari 
290x17 metrni tashkil qiladi. Imorat markazida diametri 1,2metr bo‘lgan bosh o‘choq va


10 
imorat chekkalarida 100 tadan ortiq ro‘zg‘or o‘choqlari joylashgan. Chaylaning 
tomi va ustunlari teraklardan tayyorlangan. Bu joydan Sab tosh qurollari, sopol 
idish bo‘laklari va boshqa ashyolar ham topilgan. 

Download 5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi

Download 5 Mb.
Pdf ko'rish