|
GLOSSARIY
Absolyut ehtiyoj (Абсолютная потребность, Absolute need) - Pdf ko'rish
|
bet | 200/212 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,17 Mb. | | #239950 |
Bog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov SamarqandGLOSSARIY
Absolyut ehtiyoj (Абсолютная потребность, Absolute need) -
umuman kishilar tasavvur qilishi mumkin bo‘lgan ehtiyoj, u cheksizdir.
Abstrakt ehtiyoj (Абстрактная потребность, Abstract need) -
kishilarda hali aniq tasavvur shaklini olmagan, noaniq, mavhumlik
harakteriga ega bo‘lgan orzuhavaslar ko‘rinishidagi ehtiyoj.
An’anaviy marketing tizimi (Традиционная маркетинговая
система, Traditional marketing system) -
tovar
tarqatish
ishtirokchilarining to‘la mustaqilligiga asoslangan kanal.
Bankrotlik (sinish) (Банкротство, Bankruptcy) -
korxona, firma
yoki fuqaroning mablag‘ yetishmasligidan o‘z majburiyatlari bo‘yicha
qarzlarni to‘lashga qurbi yetmasligi.
Barqaror talab (Стабильный спрос, Stable demand) -
talabning
o‘sib, shakllanib bo‘lgandan so‘ng asosan bir darajada saqlanib qolishi.
Bevosita kanal (Прямой канал, Direct channel) -
tovarning ishlab
chiqaruvchidan iste’molchigacha harakatida bir vositachi ishtirok etadigan
yo‘l.
Birja (Биржа, Exchange) -
muntazam ravishda amal qiluvchi
ko‘tara savdo bozorining eng rivojlangan shakli.
Birlamchi talab (Первичный спрос, Primary demand) -
yangi
tovarga paydo bo‘ladigan va shakllanadigan dastlabki talab.
Bozor
(рынок,
market)
-
1)
sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi
tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro
bogʻlovchi mexanizm.
2)
Bozor
- iqtisodiyotda shaxslarning maqsadli-
nafsiy xohish-istaklari ila naf va manfaatlari sari yetaklovchi imkoniyatlari
doirasida tartiblashtirilgan refleksiv harakatlari evaziga turli(ijobiy yoki
salbiy) samara darajasida ob’yektiv sodir boʻluvchi bozor tovarlari
boʻyicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlari muhiti boʻlib, unda taraflarning
nafsiy manfaatlari talab va taklif asosida shakllanadigan ob’yektiv
narxlarda qondiriladi.
|
| |