302
ularning biri rahbarligi yoki nazorati ostida birlashishi
natijasida hosil
bo’lgan tovar tarqatish tizimi.
Gorizontal marketing tizimi (Горизонтальная маркетинговая
система, Horizontal marketing system
— kanalning bir pog’onasida
(bo’g’inda) faoliyat ko’rsatadigan korxonalarning birlashishi natijasida
hosil bo’lgan tovar tarqatish tizimi.
Demarketing (Демаркетинг, Demarketing)
-
bu butun auditoriya
yoki uning alohida segmenti tomonidan talabni ataylab kamaytirishga
qaratilgan teskari marketing.
Diversifikatsiya (Диверсификация, The diversification) -
1) tovar
strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar
sonini kengaytiradi; 2) yangi bozorlarni egallab olish va qo‘shimcha foyda
olish maqsadida ishlab chiqarishning bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan ikki
yoki undan ortiq turini bir vaqtning o‘zida kengaytirish va rivojlantirish.
Iste’mol bozori
- bu tovarlarni va xizmatlarni o’zining shaxsiy
ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka shaxslar
va oilalar majmuidan iborat
bo’lib, ommaviy iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilma-xilligi va
markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan tavsiflanadi.