301
xususiyatlariga asoslanib, kichik guruhlarga (segmentlar deb nomlanadi)
bo’lish jarayonidir. 2) Bozorni turli xil belgilari bo’yicha alohida bo’g’in
(segmentlar)ga bo’lish jarayoni.
Bozor segmenti (Сегмент рынка, Market segments)
- bu boshqa
guruhlardan
farq qiluvchi, o’xshash belgilariga ega bo’lgan
iste’molchilarning kichik guruhidir.
Bozor bo’shlig’i (Рыночное пространство, Market space)
-
qandaydir talablari (ehtiyojlari) qondirilmay qolgan iste’molchilar guruhi.
Bozor diversifikasiyasi
-
mavjud bozorni kengaytirish, yangi
bozorlarga chiqishga mo’ljallangan marketing strategiyasi.
Bozor
infratuzilmasi
(инфраструктура
рынка,
market
infrastructure)
- bozor munosabatlari va jarayonlarini amalga oshirishga,
ularning ishtirokchilariga turli xizmatlar ko’rsatuvchi
tashkilotlar,
korxonalar, shaxslar to’plami.
Bozor kon’yunkturasi (
конъюнкту́ра ры́нка, market conditions)
- bozorning talab va taklif mutanosibligidan kelib chiqadigan ma’lum
paytdagi (davrdagi) harakatchan holati. 2) ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir
hududda talab bilan taklif o’rtasidagi nisbatdir. 3) turli iqtisodiy
ko'rsatkichlarning o'zgarishi bilan belgilanadigan vaqtning ma'lum bir
nuqtasida iqtisodiyotning holati.