• Marketing axborot tizimi (MAT) (Система информационная маркетинг, Marketing Information System (MIS))
  • Maqsadli bozor (Целевой рынок, Target market) -




    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet204/212
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,17 Mb.
    #239950
    1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   212
    Bog'liq
    Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand

    Maqsadli bozor (Целевой рынок, Target market) - 
    u yoki bu 
    mahsulotni sotish bozorini tadqiq etish natijasida tanlangan, marketing 
    harajatlarining minimalligi bilan tavsiflanuvchi va firma faoliyati 
    natijalarining asosiy ulushini (qismini) ta’minlovchi bozor. 
     
    Marketing (Маркетинг, Marketing) – 
    1)
     
    foyda olish maqsadida 
    ma’lum bir iste’molchilar guruhining ehtiyojlarini aniqlash va qondirishga 
    qaratilgan tovar(xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishning 
    yagona kompleksidir. 2) marketingning maqsadi sotishga qaratilgan 
    harakatlarni yo’q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday 
    o’rganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga 
    aynan mos tushub, pirovardida o’zini-o’zi sotadi (P.Drucker). 3) marketing 
    - xaridor uchun qimmatdorligi bo‘lgan tovar va xizmatlarning erkin 
    raqobatli almashinuvini ta'minlash orqali insonlar va tashkilotlarning 
    ehtiyojlari va istaklarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy jarayon 
    (J.J.Lamben). 4) marketing - bu xaridor yoki mijozning ehtiyojlarini 
    oldindan bilish, ishlab chiqaruvchidan xaridor yoki mijozga ushbu 
    ehtiyojlarni qondiradigan tovarlar va xizmatlar oqimini yo‘naltirish orqali 
    korxona maqsadlariga erishishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish 
    (E.J.Makkarti). 5) Marketing - bu bosh qahramoni tovar bo‘lgan kino 
    (film) (Jek Trout).
    Marketing axborot tizimi (MAT) (Система информационная 
    маркетинг, Marketing Information System (MIS)) - 
    1) marketing 
    tadbirlarini rejalashtirish, hayotga tadbiq tadbiq nazorat maqsadida aniq, 
    dolzarb ma’lumotlarni o‘z vaqtida to‘plash, tasniflash, tahlil qilish, 
    baholash va undan marketing sohasida foydalanish maqsadida tarqatish 
    uchun mo‘ljallangan metodik usullar, asbob-uskunalar va odamlarning 
    muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi o‘zaro aloqalar tizimi; 2) marketing 
    sohasida qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida 
    foydalaniluvchi ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va yetkazish usullari, 
    asbob-uskunalar va xodimlar majmui.

    Download 2,17 Mb.
    1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   212




    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maqsadli bozor (Целевой рынок, Target market) -

    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish