• Marketing nazorati (Маркетинговый контроль, Marketing control)
  • Marketing-miks (Маркетинг-микc, Marketing mix) -




    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet206/212
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,17 Mb.
    #239950
    1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   212
    Bog'liq
    Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand

    Marketing-miks (Маркетинг-микc, Marketing mix) -
    uning 
    asosida tovar sifati va xizmatini takomillashtirish, moslanuvchan narx 
    siyosati, reklama, savdoni kuchaytirish, mahsulot sotish shartlari, tovar 
    harakati yo’llari va hokazolar. Amalda «4P» formulasi yordamida vujudga 
    keladi: 1) mahsulot (Product); 2) narx (Price); 3) joy (P1ase); 4—siljitish 
    (Promotion). 
    Marketing nazorati (Маркетинговый контроль, Marketing 
    control) - 
    strategik va marketing rejalarining bajarilish natijalarini 
    o’lchash, tahlil qilish va ularga zaruriy o’zgartirishlar kiritish jarayoni. 
    Marketing qarori (Маркетинговое решение, Marketing 
    decision) -
    1) iste’molchilarning tovar va xizmatlarga talabini barqaror 
    shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo‘lgan marketing 
    tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, 
    tovar va xizmatlarning raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki 
    yaxshilash uchun marketing tizimi sub’ekt va ob’ektlariga maqsadli 
    yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish.
     


    305 
    Marketing 
    qarori 
    qabul 
    qilishning 
    samaradorligi 
    (Маркетинговая эффективность принятия решений, Marketing 
    effectiveness of the decision-making) - 
    1) marketing vazifasini 
    bajarishning ko‘rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko‘plab variantlari 
    orasidan tanlab olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, 
    foydalilik ko‘rsatkichi; 2) marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan 
    variantining iqtisodiy samara keltirish qobiliyati.
     
    Marketing razvedkasi (Маркетинговая разведка, Marketing 
    intelligence)
    – bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini ishlab chiqish va 
    ularni to’g’irlash uchun zarur bo’lgan marketing tashqi muhitining 
    o’zgarishi to’g’risidagi joriy axborotni to’plash bo’yicha tizimli 
    faoliyatdir. Ichki axborot olingan natijalarga qaratilsa, marketing 
    razvedkasi tashqi muhitda ro’y berishi mumkin bo’lgan hodisalarni 
    o’rganishga mo’ljallanadi. Marketing razvedkasi ma’lumotlarini 
    kompaniya xizmatchilari (ma’muriyat, muhandislar, xaridlar bo’yicha 
    agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta’minotchilar, vositachilar va 
    xaridorlar yetkazib berishlari mumkin. Razvedka ma’lumotlarini maxsus 
    tadqiqotchi firmalardan ham olish mumkin. 

    Download 2,17 Mb.
    1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   212




    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketing-miks (Маркетинг-микc, Marketing mix) -

    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish