304
tizimi,
marketingning moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining
bo‘limi. Marketing byudjetini rejalashtirish maqsadli foydaga asoslanishi
yoki foydani optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin.
Marketing jarayoni (Процесс маркетинга, Marketing process) -
yangi ehtiyoj va g‘oyalarni
izlab topish, tanlash va ularni tovar yoki
xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki savdo
taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog‘liq harakatlar va bosqichlarning
tartibga solingan majmui.
Marketing
kommunikatsiyalari
tizimi
(Системы
коммуникационных маркетинга, Marketing communications
system) -
1) marketing tizimining tashqi muhit bilan o‘zaro aloqalari
jarayonida sub’ektlar (junatuvchi va qabul qiluvchi), vositalar,
kanallar,
to‘g‘ri (xabar) va teskari (qabul qiluvchining tahriri) aloqalar majmui; 2)
insonlar O‘rtasidagi o‘zaro aloqa shakl va vositalari majmui.
Marketing konsepsiyasi (Концепции маркетинга, Concept
marketing) -
1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat ko‘rsatayotgan
firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish
falsafasi; 2) korxonaning yakuniy
maqsadi - daromad olish va
iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing
faoliyatining asosiy vositalari, qoida va g‘oyalari tizimi.
Atrofdagi aniq
holatga, bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga qarab an’anaviy, ishlab
chiqarish, savdo. Tovar, ijtimoiy va servis konsepsiyalarini ajratib
ko‘rsatish mumkin.