O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasi




Download 1.42 Mb.
bet8/36
Sana28.03.2020
Hajmi1.42 Mb.
#9228
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36

Takrorlash uchun savollar


  1. Fanning tarixi va uning axamiyati

  2. Biologik faol moddalar va ularning guruxlanishi

  3. Ajratib olingan moddalarni tozalash.

  4. Texnologik jarayonlar va apparatlar turlari.

2-ma’ruza


Mavzu: O‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar ajratib olish va tozalash jarayonlarini apparatlar bilan jixozlash

Reja: 1.Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jixozlash.

2. Tegirmonlar

3. Filtrlovchi apparatlar

4. Bug‘latkich apparatlari

5. Ekstraktorlar



Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jixozlash.

Zamonaviy fitokimyoviy preparatlar ishlab chiqarishda bir qator texnologik jarayonlar mavjuddir. Bu jarayonlar xom ashyoni ekstraksiyaga tayyorlash, xom ashyo va tayyor maxsulotni maydalash, suyuq ektraktdan maxsulotni ajratish, dorivor moddalarni tozalashdir. Odatda o‘simlik xom ashyosini ektraksiyaga tayyorlash uchun birinchi navbatda ko‘pincha maydalash jarayoni amalga oshiriladi. Ekstraksiyalashda maydalashning eng qulay fraksiyasi bu xom ashyoni 3-6 mm gacha kattalikda maydalashdir. Qattiq jismlarning tashqi kuch ta’sirida bo‘lakchalarga yoki zarrachalarga bo‘linishiga maydalash jaryoni deb ataladi. Buning uchun xar xil tuzilishga ega bo‘lgan va ishlash usuli bilan bir-biridan farqlanadigan maydalagich-tegirmonlardan foydalaniladi.

Maydalash darajasi (i) deb, maydalanadigan jismning boshlan\ich diametrini (db) maydalanganda xosil bo‘lgan zarracha diametriga (do) bo‘lgan nisbatiga aytiladi: dboshi

I -----------

Doxiri

Jismlarning maydalanishi ularning fizik-mexanik xossalariga (jism shakli, zichligi, qayishqoqligi) va tegirmonlarga bo\liq bo‘ladi. SHuning uchun maydalagich tegirmonlari maydalanayotgan jism xususiyatiga qarab tanlab olinadi.



Qayishqoq va zich jismlar uchun zarb bilan va zarb ezish usulida ishlaydigan tegirmonlarni olish maqsadga muvoffiqdir: jo‘vali, tishli-jo‘vali, diskli, bolgali.

Qattiq va mo‘rt jismlarni maydalash uchun zarb bilan ishlashga asoslangan tegirmonlar va qarama-qarshi oqimda ishlaydigan xamda zarb va ishqalanishga asoslangan tegirmonlar (zo‘ldirli, tebranma xarakatli tegirmonlar) qo‘llanilishi mumkin. O‘simlik xom ashyolari qanday maqsadda ishlatilishiga qarab dastlabki va takroriy maydalanishi mumkin. O‘simlik xom ashyolarini maydalash jarayoni o‘t va ildiz qirqgichlar yordamida amalga oshiriladi.



Qarama-qarshi oqim bo‘yicha o‘simlik xom ashyosidan dorivor moddani ajratish usulidan xozirgi kunda keng foydalanilmoqda Bu usulni qo‘llashdan maqsad iloji boricha oz miqdorda ajratuvchi sarflab, uzluksiz konsentralangan ajratma olishdir. qarama—qarshi usulda ajratma olish o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: birinchi usulga asoslangan asbob uskunalarda xom ashyo xarakatlanmaydi, ajratuvchi esa perkolyatorning pastki qismidan qarshi oqim bo‘yicha xarakat qiladi. Natijada xom ashyo bir tekis namlanadi va xavoni siqib chiqaradi. Bu maqsadda 5 tadan 16 tagacha perkalyatorlar naylar yordamida o‘zaro birlashtirilib, bir butun qurilma xosil qilinadi. Masalan: agar batereyada beshta perkolyator bo‘lsa, uning to‘rttasiga xom ashyo joylashtiriladi va birinchisiga pastki tomondan perkolyatorning yuqorigi xavo jo‘mragidan bir necha tomchi ajratuvchi oqib chiqqunga qadar ajratuvchi yuboriladi va ma’lum vaqtga ivitish uchun qoldiriladi. So‘ngra ajratma ikkinchi perkolyatorga yon jo‘mragi orqali o‘tkaziladi, birinchiga esa yana pastdan toza ajratuvchi quyilib turiladi. Bu jarayon shu tarzda xamma perkolyatorlarda davom ettiriladi va to‘rtinchi perkolyatordan tayyor maxsulot quyib olinadi. Bu vaqtda birinchi perkolyatorda xom ashyo tarkibida ta’sir qiluvchi modda qolmaydi, uni batareyadan ajratib, o‘rniga beshinchi perkolyator ishga tushiriladi. Endi toza ajratuvchi ikkinchi perkolyator orqali berilib, ajratma beshinchisiga quyib olinadi. Bu vaqtda 1 chi perkolyatordagi ta’sir qiluvchi moddasi qolmagan xom ashyo olib tashlanadi va yangi xom ashyo solib, ishga tayyorlab qo‘yiladi. SHunday qilib. Bu usulda navbat bilan bitta perkolyator tayyorgarlik bosqichida bo‘lib, qolganlarida uzluksiz ish jarayoni davom etadi.

Bu qurilmalar tuzilishining murakkabligi va sex sharoitida ko‘p joy egallashi uning kamchiligi xisoblanadi. Olim va mutaxassislarning izlanishlari natijasida xom ashyo va ajatuvchi bir-biriga qarama-qarshi oqimda xarakat qilsa, ishlab chiqarish unumdorligi oshishi va o‘ta konsentrlangan ajratma olish mumkinligi isbotlangan. Bu usulda ishlashga asoslangan asboblar qanday tuzilishga ega bo‘lishidan qat’iy nazar ish moxiyati bir xil bo‘ladi. Asbobning bir tomonidan uzluksiz ravishda xom ashyo, ikkinchi tomondan ajratuvchi tushib turadi. Ular bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda xarakatlanishi natijasida diffuziya jarayoni tezlashadi va konsentratsiyalar farqi oshib boradi. +arama-qarshi tomondan kelayotgan ajratuvchi xom ashyodagi ta’sir etuvchi modda bilan tobora to‘yinib boradi va xom ashyo tushadigan tomondan konsentrlangan ajratma quyib olinadi. Ikkinchi tomondan esa deyarli ta’sir qiluvchi moddasi qolmagan xom ashyo tushayotgan toza ajratuvchi bilan yuviladi,siqiladi va chiqarib tashlanadi. Bu usulning afzalligi: jarayon avtomatlashtirilishi mumkin va nisbatan kam ajratuvchi sarflanib to‘yingan ajratma olinadi.






Download 1.42 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Download 1.42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasi

Download 1.42 Mb.