• FITOPREPARATLAR TEXNOLOGIYASI FANINING ISHCHI O’QUV DASTUR I
  • Fanning maqsad va vazifalari
  • Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
  • O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi
  • Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
  • Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.
  • Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv.
  • Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.
  • Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash
  • O‘qitishni tashkil etish shakllari
  • Kommunikatsiya usullari
  • Boshqarish usullari va vositalari
  • Fitopreparatlar texnologiyasi ” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi
  • Jami: 277 56 112 109
  • Ma’ruza mashg’ulotlari Fitopreparatlar texnologiyasi fani qisqacha tarixi, maksadi. Bu fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
  • O‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalarni ajratib olish va tozalash jarayonlarini apparatlar bilan jixozlash.
  • Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma’lumotlar. Alkaloidlarning kimyosi va tasnifi. Tibbiyotda ishlatilishi.
  • O‘simliklardan alkaloidlarni ajratish usullari. Tuzlar, erkin asoslar ko‘rinishidagi alkaloidlar ekstraksiyasi.
  • Ion almashinish bo‘yicha alkaloidlarni olish va tozalash, alkaloidlar yig‘indisidan individual alkaloidlarni ajratish.
  • Skopolamin gidrobromid, anabazin gidroxlorid
  • Paxikarpin gidroyodid, Platifillin gidrotartarat olish texnologiyalari.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasi




    Download 1.42 Mb.
    bet2/36
    Sana28.03.2020
    Hajmi1.42 Mb.
    #9228
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36

    I.ISHCHI DASTUR


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI



    Ro‘yhatga olindi

    №____________

    201_ yil “_” ______


    “TASDIQLAYMAN”

    O’quv ishlar bo’yicha prorektor S.Y.Aliyev_________

    “___” __________ 2016 yil


    FITOPREPARATLAR TEXNOLOGIYASI

    FANINING

    ISHCHI O’QUV DASTURI
    Bilim sohasi: 500000 – Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

    Ta’lim sohasi: 510000 – Sog’liqni saqlash

    Ta’lim yo’nalishi: 53220500 -Biotexnologiya (Farmasevtik biotexnologiya)

    Toshkent - 2016


    Kirish

    “Fanning asosiy maqsadi - o‘simliklardan ajratilgan dorivor moddalarning kimyoviy tuzilishini, fitokimyoviy preparatlar nazariy asoslarini, texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jihozlash prinsiplarini va rivojlantirishni o‘rganish. Bu dastur fitopreparatlar texnologiyasi mutaxasissligi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ma’ruza materiallarini o‘zlashtirishga, seminar mashg‘ulotlarini va laboratoriya ishlarini bajarishni ko‘zda tutadi.



    Fanning maqsad va vazifalari

    Bo‘lajak biotexnologlar uchun “Fitopreparatlar texnologiyasi” fani maxsus injenerlik yo‘nalishni ko‘rsatadi.

    Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarga fitopreparatlar texnologiyasini ishlab chiqarish va tasniflash uslublarini o‘rgatish hamda talabalarni nazariy fikrlash qobiliyatlarini va ilmiy izlanishlar olib borishga yo‘naltirishdir

    Fanning vazifasi – Talabalarga dorivor o‘simliklardan fitopreparat olishda laboratoriyada tajribalar olib borish fitopreparatlar texnologiyalarini yaratish, sanoatda ishlab chiqarish usulini, o‘rgatishdan iborat.



    Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar

    “Fitopreparatlar texnologiyasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

    - dorivor o‘simlik va mahsulotning o‘zbekcha va lotincha nomlarini o‘simlikning qaysi oilaga mansubligi, dorivor mahsulotlarni yig‘ish va quritish usullarini, o‘simliklardan dorivor mahsulotlarni ajratib olish texnologiyasini, hamda shu texnologik jarayonlarda ishlatiladigan jihozlar va ularning ishlash prinsipini bilishi kerak;

    - dorivor mahsulotlarni boshqa aralashmalardan ajrata bilish, dorivor mahsulotlarning turlarini bilish, dorivor mahsulotlarning kimyoviy tarkibini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

    -o‘simlik mahsulotlarining tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatilishini, ulardan tayyorlanadigan dori turlarini va olinadigan dorivor moddalarni bilish turlari, preparatlarni ishlab chiqarish, ularning olinish texnologiyalarini amalga oshirish malakalariga ega bo‘lish kerak.

    O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi

    “Fitopreparatlar texnologiyasi” fanini o‘rganish mutaxassislik fani bo‘lib, 7-8 semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish uchun, o‘quv rejasida rejalashtirilgan noorganik kimyo, analitik kimyo, fizik va kolloid kimyo, matematika, ukt, ktja fanlar bo‘yicha bilimlar talab etiladi. Mazkur fanni o‘zlashtirish uchun kimyoning asosiy qonunlari, oksidlanish qaytarilish reaksiyalari, tuzlar gidrolizi, kimyoviy bog‘lanish, sifat va miqdor analizi bo‘limlari, spektrofotometrik va xromatografik analiz usullari, turli konsentratsiyali eritmalar tayyorlash, Raul qonuni, termodinamika qonunlari, elektr o‘tkazuvchanlik, proporsiya tenglamasi, statistika nazariyasi, organik birikmalarning tuzilishi, klassifikatsiyasi, kimyo texnologik jarayonlarning sxemalari, apparatlarning ishlash prinsiplari bo‘limlarni bilishlari talab etiladi.



    Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
    “fitopreparatlar texnologiyasi” fanini o‘zlashtirish uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish hamda YNgi informatsion-pedogogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalari: eng oxirigi, YNgi darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi asbob-uskunalar va apparatlarning tayyor dori turlarini laboratoriya sharoitida tayyorlanish texnologiyasidagi namunalari va maketlaridan foydalaniladi. Ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlar mos ravishdagi ilg‘or pedogogik texnologiyalariga ("blits-so‘rov", "aqliy hujum" va boshqalar) asosan olib boriladi.

    Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llashda fanni o‘zlashtirish uchun omil bo‘ladigan zamonaviy axborot texnologiyalarning ahamiyati va o‘rni ochib beriladi. Jumladan, pedagogik jarayonni jadallashtirish maqsadida axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi didaktik vositalardan keng foydalanish zarur. O‘quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik bazani yaratish lozim.

    Fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda ta’lim jarayonini optimallashtirish uchun omil bo‘ladigan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash mexanizmlari ko‘rsatiladi. Dars jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik amaliyotga ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalardan (“Fikrlar xujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Skorobey”, “Keys stady”, “Elpig‘ich” texnologiyasi va boshqalar) tanlab olish imkoniyatidan foydalanish kerak. Bundan tashqari pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholash (Test usuli, reyting tizimi, talabaning bilim va ko‘nikmalarini egallash jarayonini nazorat etish) maqsadga muvofiq

    Pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan fanga oid o‘quv majmualar beriladi.



    “Fitoprepartlar texnologiyasi” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

    Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

    Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.

    Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

    Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

    Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

    Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

    Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.

    O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid,vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalashusullari, amaliy ishlar.

    O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqothamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

    O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik,ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

    Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskarialoqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.

    Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliqva joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitishdiagnostikasi.

    Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarinibelgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarinirejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchiningbirgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balkiauditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

    Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomidaham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxiridatest topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarningbilimlari baholanadi. Testtizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlaro‘tkaziladi.

    Fitopreparatlar texnologiyasi ” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:



    t/r

    Mavzular nomi

    Jami soat

    Ma’

    ruza


    Amaliy va labora-

    toriya mashg’u-

    lotlarii

    Mustaqil ta’lim



    Fitopreparatlar texnologiyasi fani qisqacha tarixi, maksadi. Bu fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi

    11

    2

    4

    5



    O‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalarni ajratib olish va tozalash jarayonlarini apparatlar bilan jixozlash

    11

    2

    4

    5



    Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma’lumotlar. Alkaloidlarning kimyosi va tasnifi.

    11

    2

    4

    5



    O‘simliklardan alkaloidlarni ajratish usullari. Tuzlar, erkin asoslar ko‘rinishidagi alkaloidlar ekstraksiyasi

    6

    2

    4






    Ion almashinish bo‘yicha alkaloidlarni olish va tozalash, alkaloidlar yig‘indisidan individual alkaloidlarni ajratish

    6

    2

    4






    Skopolamin gidrobromid, anabazin gidroxlorid olish texnologiyalari

    11

    2

    4

    5



    Paxikarpin gidroyodid, Platifillin gidrotartarat olish texnologiyalari va ishlatilisi

    6

    2

    4






    Sitizin, efedrin gidroxlorid, morfin olish texnologiyalari va ishlatilishi.

    6

    2

    4






    Flavanoidlar. Tasnifi, xossalari. Tibbiyotda ishlatilishi. Flamin olish texnologiyasi.

    11

    2

    4

    5



    Rutin, kversetin olish texnologiyalari

    12

    2

    4

    6



    Polisaxaridlar va ularning xususiyatlari. Polisaxaridlar tasnifi. Plantoglyusid preparatini olish texnologiyasi

    12

    2

    4

    6



    Laminarid olish texnologiyasi umumiy xususiyatlari, xossalari. Tibbiyotda ishlatilishi.

    8

    2




    6



    Oshlovchi moddalartexnologiyasida umumiy xususiyatlari, xossalari.

    12

    2

    4

    6



    Tanin olish texnologiyasi. Tibbiyotda ishlatilishi. Umumiy xususiyatlari, xossalari.

    6

    2

    4






    Glikozidlar va yurak glikozidlarining umumiy texnologiyasida xususiyatlari, xossalari va tasnifi.

    11

    2

    4

    5



    Yurak glikozidlarini – abitsin olish texnologiyasi

    11

    2

    4

    5



    Selanid olish texnologiyasi

    11

    2

    4

    5



    Tarkibida antratsen unumlari bo‘lgan dorivor o‘simliklar. texnologiyasida xususiyatlari, tasnifi, xossalari.

    11

    2

    4

    5



    Bo‘yoqdor ro‘yan preparatlarini olish texnologiyasi

    11

    2

    4

    5



    Sano preparatlarini olish texnologiyasi.

    6

    2

    4






    Tarkibida kumarinlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar texnologiyasida Xususiyatlari, tasnifi, xossalari. Psorolen, preparatlarini olish texnologiyasi

    6

    2

    4






    Furalen, preparatini olish texnologiyasi

    11

    2

    4

    5



    Dimedin preparatlarini olish texnologiyasi

    6

    2

    4






    Saponinlar texnologiyasida Xususiyatlari, tasnifi va xossalari. Diasponin ajratib olish texnologiyasi.

    12

    2

    4

    6



    Polisponin, Glitseram olish texnologiyasi Saparalpreparatlarini olish texnologiyasi

    12

    2

    4

    6



    Tarkibida terpenoidlar saqlagan dorivor o‘simliklar. Seskviterpen laktonlar - tauremizin, Santonin olish texnologiyasi

    12

    2

    4

    6



    Tarkibida xromonlar saqlagan dorivor o‘simliklar. Ularning kimyoviy tuzilishi va texnologiyasi. Kellin olish texnologiyasi

    12

    2

    4

    6



    Reglament turlari va ularning tuzish tarkibi

    12

    2

    4

    6

    Jami:

    277

    56

    112

    109


    Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

    Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi.Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo’yicha talabalarga DTS asosida etkazilishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar to’la qamrab olinishi kerak.

    Asosiy qism sifatiga qo’yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o’zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so’ngti yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.
    Ma’ruza mashg’ulotlari

    Fitopreparatlar texnologiyasi fani qisqacha tarixi, maksadi. Bu fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.Fan xaqida tarixiy ma’lumotlarni tanishtirish va boshqa fanlar bilan bog‘liqligini o‘rganish. Fitopreparatlar yaratish uchun zarur bo‘lgan biologik faol moddalar xamda dori turlari tayyorlash manbai sifatida dorivor o‘simliklarni o‘rganish

    Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, tezkor so’rov, aqliy hujum, munozara, o’z-o’zini nazorat.

    Adabiyotlar: A1; A2; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5. . Q6; Q7; Q8; Q9; Q10;
    O‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalarni ajratib olish va tozalash jarayonlarini apparatlar bilan jixozlash.Fitopreparatlar olishda ishlatiladigan apparatlarni tanlash, ishlash prinsipini o‘rganish. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

    Adabiyotlar. A1; A2; Q1; Q2; Q3; Q4;Q5. Q6; Q7; Q8; Q9; Q10;


    Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma’lumotlar. Alkaloidlarning kimyosi va tasnifi. Tibbiyotda ishlatilishi.

    Dorivor o‘simliklardan alkaloidlar ajratib olish, fizikaviy va kimyoviy xossalarini o‘rganish. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

    Adabiyotlar: A1; A2; Q1; Q2; Q3; Q4;Q5. Q6; Q7; Q8; Q9; Q10, Q17;
    O‘simliklardan alkaloidlarni ajratish usullari. Tuzlar, erkin asoslar ko‘rinishidagi alkaloidlar ekstraksiyasi.

    Dorivor o‘simliklar tarkibidan alkaloidlarni ajratib olish usullarini o‘rganish.Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Ma’ruza, namoyish etish.

    Adabiyotlar: A1; A2; Q1; Q2; Q3; Q4;Q5. Q6; Q7; Q8; Q9; Q10;
    Ion almashinish bo‘yicha alkaloidlarni olish va tozalash, alkaloidlar yig‘indisidan individual alkaloidlarni ajratish.

    Xromatografik usul yordamida alkaloidlarni tozalash. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Ma’ruza, namoyish etish,

    Adabiyotlar: A1; A2; Q1; Q2; Q3; Q4;Q5. . Q6; Q7; Q8; Q9; Q10;
    Skopolamin gidrobromid, anabazin gidroxlorid,

    Texnologik jarayonlarni bayoni va texnologik sxemalarini o‘rganish. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

    Adabiyotlar: A1; A2; Q1; Q2; Q3; Q4;Q5. . Q6; Q7; Q8; Q9; Q10;
    Paxikarpin gidroyodid, Platifillin gidrotartarat olish texnologiyalari.

    Texnologik jarayonlarni bayoni va texnologik sxemalarini o‘rganish. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

    Adabiyotlar: A1; A2; Q1; Q2; Q3; Q4;Q5. Q6; Q7; Q8; Q9; Q10;



    Download 1.42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 1.42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasi

    Download 1.42 Mb.