• 2.3. Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati
  • 2.4. Statistik kuzatish turlari
  • Fursatli davriy kuzatish
  • Hujjatli kuzatish
  • 2.5. Hisobot, maxsus kuzatish, biznes tekshirishlar va ro‘yxatlar
  • 2.6. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash yo‘llari
  • Asosiy tushuncha va atamalar
  • Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo‘yiladigan talablar




    Download 7.16 Mb.
    bet3/275
    Sana19.09.2020
    Hajmi7.16 Mb.
    #11452
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   275

    2.2. Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo‘yiladigan talablar


    Statistik kuzatish - bu o‘rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni to‘plash jarayonidir

    Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan o‘rganish, ya’ni bir turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi bog‘lanishlarni miqdoriy ifodalab ularning to‘plarida namoyon bo‘ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlash uchun dastlab ular haqida, o‘rganilayotgan obyektlar to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlar yoki boshqa so‘z bilan aytganda xom statistik materiallarni to‘plash kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi.

    Kuzatish so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’noga ega:



    1. biror narsa (predmet, obyekt)ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko‘zdan kechirish;

    2. biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish;

    3. voqealarni o‘rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish.

    Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular haqida boshlang‘ich materiallarni to‘plashdir. U o‘rganilayotgan obyektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog‘liq. Hisob – bu biror predmet miqdorini sanab yoki o‘lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish.

    Statistik kuzatish ho‘jalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi. Turli shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida ho‘jalik voqealari buxgalteriya va operativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko‘pincha ana shu hisob turlari ma’lumotlariga tayanadi. Shu bilan birga ayrim iqtisodiy,ishlab chiqarish masalalarini o‘rganish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi.


    Statistik kuzatishga talablar: aniqlik, to‘lalik, taqqoslamalik

    Statistik kuzatish va uning natijasida to‘planadigan ma’lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya’ni: 1) aniqlik va to‘g‘rilik; 2) to‘lalik va har taraflamalik; 3) taqqoslamalik, solishtirmalik.

    Aniqlik – bu ma’lumotlarni real hayotiyligi, haqiqatga to‘la mos kelishi. Butun statistik kuzatish uslubi, uni tashkil etish va amalga oshirish yo‘li ma’lumotlarning aniqligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.

    Ma’lumotlarni haqqoniyligi avvalambor kuzatuvchi statistikning qobiliyatiga-uning malakasiga, mahoratiga, tajribasiga, masalaning tushuna bilishiga bog‘liq. Ikkinchidan kuzatish jarayonida foydalaniladigan qurollar sifatiga – kuzatish dasturi, statistik formulyarlar, savolnomalar, ularni to‘ldirish uchun yo‘riqnoma (instruktsiyalar)larning mavjudligi, ular to‘liq sodda va tushunarli qilib tuzilishi, jumla va so‘zlarning yagona mazmunga ega bo‘lishiga bog‘liq.

    Uchinchidan, ma’lumotlarni aniq va haqqoniy bo‘lishiga kuzatilayotgan obyektning tayyorgarlik darajasi ham ta’sir etadi. Masalan, turmush voqealarini kuzatishda aholiga ommaviy axborot vositalari orqali o‘tkaziladigan tekshirishning maqsadi, vazifalarini tushuntirish muhim ahamiyatga ega.

    To‘rtinchidan, ma’lumotlarni aniqligi, haqqoniyligi kuzatish uslubiga, uslubiy masalalarning to‘g‘ri yechilishiga bog‘liq.

    Beshinchidan, ma’lumotlarni aniqlik darajasiga ko‘rsatkichning sotsial funksiyasi ta’sir etadi. Masalan, chaqaloqlar o‘limi darajasi haqidagi ma’lumotlar noaniqligi bu voqealarni ataylab noto‘g‘ri hisobga olinishidan kelib chiqadi. Chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng bir oz o‘tganda o‘lib qolishini ko‘pincha o‘lik tug‘ildi deb qayd qilinadi. O‘lik tug‘ilgan bola hodisalarini esa chala tug‘ilgan bola deb hisobga oladilar. Jinoyatlar soni haqidagi ma’lumotlar ham ishonchsizlik tug‘diradi, chunki ular tartibni saqlash va huquqiy tashkilotlar tomonidan qayd etilgan jinoyatlarnigina aks ettiradi.

    Ma’lumotlarni to‘liqligi, demak, kuzatish jarayonida hamma obyektlarni, birliklarni qamrab olish, har biri haqida barcha ko‘zlangan ma’lumotlarni to‘plashdir.

    O‘rganish uchun belgilangan obyektlarning ayrimlari kuzatishdan tushib qolsa, yoki ayrim belgi qayd qilinmay qolsa, ma’lumotlar ham to‘liq bo‘lmaydi va ishonchsizlik tug‘diradi. Iqtisodiy nazariya va statistikada yashirin iqtisodiyot degan tushuncha bor. U ma’lum maqsadni ko‘zlab iqtisodiy faoliyat natijalarini hisobdan yashirish, faoliyatning o‘zini ham yashirincha amalga oshirishni anglatadi. Demak, bu holda statistik kuzatish barcha ho‘jalik yurituvchi subyektlarni, hamma iqtisodiy faoliyat turlari va birliklarini, ularning natijalarini qamrab olmaydi. Oqibatda ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaydi.

    Shuning uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni to‘liqligini ta’minlash maqsadida statistika tashkilotlari kuzatish ma’lumotlarining kamini to‘ldirishga oid baholash ishlarini amalga oshiradi, ularni hisob to‘ldirmalarini baholash deb atash mumkin.

    Ayrim hodisalar haqidagi ma’lumotlar bir-birlari bilan taqqoslama, ya’ni vaqt, joy, hudud va uslub jihatidan yagonaviylikka, tuzilish o‘xshashligiga ega bo‘lishi, bir vaqtda va ma’lum makon chegarasida hamda yagona metodikada to‘planishi kerak. Bundan tashqari, boshqa va oldin bajarilgan tekshirishlar bilan solishtirmaligi ta’minlanishi lozim, aks holda hodisa dinamizmi haqida to‘g‘ri xulosa chiqarib bo‘lmaydi.


    Milliy standart - muayyan mamlakat miqyosida, xalqaro standart esa-butun jahon yoki mamlakatlar birlashmasi miqyosida hodisalarni tasniflash, ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilishda qo‘llanadigan umumiy talab, tartib va kontseptsiyalar majmuasidir

    Iqtisodiy ma’lumotlarning taqqoslamaligini ta’minlash uchun milliy va xalqaro standartlarni (andozalarni) ishlab chiqish va ularga to‘la amal qilish muhim rol o‘ynaydi. Milliy standartlar mamlakat miqyosida obyektlarni tasniflash, ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilish jarayonida rioya qilinishi zarur bo‘lgan talablar, tartib qoidalar, kontseptsiyalar majmuasidir. Ular odatda xalqaro standartlarga asoslanadi. Xalqaro andozalar deganda o‘rganilayotgan hodisalarni tasniflashda, statistik ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblashda, ma’lumotlarni qayd qilish va hisobga olish jarayonida butun dunyo miqyosida yoki ma’lum mamlakatlar birlashmasi chegarasida qo‘llash uchun tavsiya etiladigan umumiy tartib qoidalar, talablar konsepsiyalar majmuasi tushuniladi. Milliy standartlarga rioya qilish majburiydir. Xalqaro andozalar esa odatda tavsiyaviy xarakterga ega, ammo ularni hisobga olinishi ustidan xalqaro tashkilotlar nazorat olib boradi.

    2.3. Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati

    Turmushimizda, kundalik hayotimizda u yoki bu masalani yechishni ko‘zlab qiladigan har bir xatti-harakatimizdan oldin nima uchun?, nima?, kim?,qanday qilib?, qancha? va qaerda? degan savollarga duch kelamiz va ularga javob axtaramiz. Bunday savol statistik kuzatishlarni tashkil etishda ham tug‘iladi va o‘z yechimini kutadi.



    Statistik kuzatishda nima uchun? degan savolga kuzatish maqsadi va vazifalari, nima? degan savolga esa kuzatish obyekti, uning birligi va dasturi, statistik formulyarlar va ularni tuzish uchun yo‘riqnomalar javob beradi. Kim? kuzatish subyekti, qachon? deganda kuzatish vaqti, qaerda? deganda kuzatish joyi, qanday qilib? deganda kuzatish usullari va turlari, qancha? deganda kuzatish belgilarining miqdoriy ifodalanishi nazarda tutiladi. Bular statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy unsurlarini tashkil etadi (2.3-tarh).

    2.3-tarh. Statistik kuzatishning dasturiy va tashkiliy masalalari.



    Kuzatish maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri – kerakli ma’lumotlarni kam xarajatlar bilan to‘plash imkoniyatini tug‘diradi.

    Kuzatish maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri belgilash tekshirishni to‘g‘ri va aniq tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki maqsad va vazifalariga qarab barcha dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalar yechiladi. Maqsad va vazifalarni mujmal belgilash kuzatish jarayonida keraksiz ma’lumotlar to‘planishiga, zarurlarini esa tushib qolishiga olib keladi. Pirovard natijada ortiqcha mehnat va mablag‘lar sarflanadi.


    Kuzatish obyekti - bu ma’lumotlari to‘planishi lozim bo‘lgan korxona va boshqa ho‘jalik yurituvchi seb’ektlar to‘plamidir.

    Kuzatish obyekti - bu o‘rganilayotgan hodisalar va jarayonlar, ya’ni korxonalar va tashkilotlar, ho‘jaliklar, kishilar, oilalar, uy ho‘jaliklari, va hokazolarni ularning faoliyati jihatidan qaralgan to‘plami. Ularning muhim belgilari haqida ma’lumotlar to‘planadi va ular asosida to‘plamni ta’riflaydigan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Kuzatish obyektining aniq miqyosini, ko‘lamini belgilayotganda vaqt, fazo, moddiy tuzilish va o‘lchov birligi jihatidan o‘lchamlarini aniqlash lozim. Bu jarayon kuzatish obyektini chegaralash deb ataladi. Buning uchun uni aniqlovchi belgilar: me’yorlar to‘plami belgilanadi.


    Senz – bu kuzatish obyektini aniqlovchi me’yor, belgilar to‘plamidir.

    Kuzatish obyektini chegaralash maqsadida senzlardan foydalaniladi. Senz so‘zi ikki ma’noga ega bo‘lib, birinchi holda ro‘yxatlarni anglatadi, masalan, AQShdagi agromelirativ senzlar, ikkinchi holda esa belgi me’yorni bildiradi. Kuzatish obyektini belgilashda bu tushuncha ikkinchi ma’noda qo‘llanadi.

    Masalan, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 31.08.2003 yil Farmoniga binoan, 1 yanvar 2004 yildan boshlab kichik tadbirkorlik kategoriyasi uchun quyidagi senz belgilangan:



    Mikrofirmalar – o‘rtacha yillik xodimlar soni quyidagi chegaradan oshiq bo‘lmagan yuridik shaxs:

    • ishlab chiqarish tarmoqlarida – 20 kishi;

    • xizmat sohasi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida – 10 kishi;

    • ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanishda – 5 kishi.

    Kichik korxona – o‘rtacha yillik xodimlar soni mikrofirmalarga belgilangan chegaradan ortiq ammo quyidagi songacha bo‘lgan yuridik shaxs:

    • engil va oziq-ovqat, metalga ishlov berish va asbobsizlik, yog‘ochga ishlov berish, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati – 100 kishi;

    • mashinasizlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlov berish, qurilish va boshqa sanoat ishlab chiqarish sohasida – 50 kishi;

    • fan, ilm-fanga xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa xizmatlar sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab-chiqarish sohalarida – 25 kishi.

    Dehqon xo‘jaligi – yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va ega bo‘lmagan oilaviy kichik tovar xo‘jaligi bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan oila a’zolari ishtirokida muddatsiz foydalanish uchun biriktirilgan tomorqa yerda shug‘ullanadi. Fermer xo‘jaligi – yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil ho‘jalik yurituvchi shaxs bo‘lib, fermer xo‘jaligi a’zolarining birlashgan faoliyatiga asoslanadi va tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini uzoq muddatga ijaraga berilgan yerda olib boradi.

    Kuzatish subyekti - bu o‘rganilayotgan hodisalar haqidagi ma’lumotlarni qayd qiluvchi va to‘plovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.

    Kuzatish obyekti bilan bir qatorda uning subyekti mavjud. Kuzatish subyekti deb o‘rganilayotgan hodisalar haqidagi ma’lumotlarni qayd qiladigan va to‘playdigan yuridik yoki jismoniy shaxslar yuritiladi. Masalan, mikroiqtisodiy statistikada kuzatish subyekti - bu har bir korxona, tashkilot, muassasa va uy xo‘jaligidir. Ular ho‘jalik yurituvchi subyekt sifatida o‘z faoliyatlariga tegishli ma’lumotlarni qayd qiladi. Makroiqtisodiy statistikada esa statistika tashkilotlari kuzatish subyektidir. Maxsus statistik tekshirish va ro‘yxatlarda ular boshlang‘ich ma’lumotlarni qayd qiladi va to‘playdi. Hisobotda esa boshlang‘ich ma’lumotlarni qayd qilish va korxona miqyosida umumlashtirib taqdim etish bilan ho‘jalik yurituvchi subyektlar shug‘ullansa, ularni qabul qilish va umumlashtirish statistika tashkilotlarining vazifasi hisoblanadi. Bu holda ho‘jalik yurituvchi subyektlar, ya’ni korxonalar, firmalar, tashkilotlar va muassasalar hisobot birliklari deb ataladi.


    Kuzatish birligi - bu kuzatish obyektining mustaqil bo‘linmas tarkibiy qismi (birligi) bo‘lib, uning muhim belgilari haqida ma’lumotlar olinadi.

    Kuzatish birligi deganda, kuzatilayotgan obyektning mustaqil bo‘linmas tarkibiy unsuri, birligi tushuniladi. Kuzatish jarayonida uning muhim belgilari haqida ma’lumotlar olinadi. Masalan, sanoat faoliyati tekshirilayotganda har bir korxona va firma, qishloq xo‘jaligini o‘rganilayotganda har bir shirkat xo‘jaligi, dehqon va fermer xo‘jaligi kuzatish birligi hisoblanadi.

    Ayrim hodisalarni tekshirishda kuzatish birligi bilan birga hisob birligi ham belgilanadi. Masalan, chorva ro‘yxatida har bir mol turi haqida, asbob-uskunalar ro‘yxatida esa har bir mashina, stanok va boshqa asbob-uskunalar haqida batafsil ma’lumotlar to‘planadi. Bu holda ho‘jalik, korxona kuzatish birligi bo‘lsa, uning qayd qilinadigan har bir belgisi hisob birligidir.




    Kuzatish dasturi - bu kuzatish jarayonida ma’lumotlari to‘planishi lozim bo‘lgan kuzatish va hisob birligining asosiy belgilaridir.

    Kuzatish dasturi (programmasi) deb o‘rganilayotgan hodisa, obyekt haqida ma’lumot to‘planadigan belgilar majmui yuritiladi. Boshqacharoq aytganda, kuzatish dasturi kuzatish jarayonida javoblar olinishi lozim bo‘lgan savollar to‘plamidan iborat. U qanchalik to‘g‘ri tuzilsa, tekshirish natijalari shunchalik yaxshi chiqadi.

    Dastur tekshirishda ko‘zlangan maqsad va vazifalarga muvofiq tuziladi. Bu ishni amalga oshirayotganda quyidagilarga e’tibor berish kerak: birinchidan dastur eng muhim o‘zgaruvchan belgilarni o‘z ichiga olishi lozim. Masalan, talabalar o‘zlashtirishini o‘rganmoqchi bo‘lsak, u holda dasturda u talabami yoki yo‘q, mahmadonami yoki yo‘q, kitob o‘qiydimi yoki yo‘q degan savollarni yozish noo‘rin bo‘lardi; ikkinchidan, dasturda shunday savollarni (belgilarni) aks ettirish kerakki, ular yordamida kuzatilayotgan hodisani chuqurroq o‘rganish va olingan ma’lumotlarni tekshirish imkoniyatlari yaratilsin. Uchinchidan, dasturdagi savollar (belgi nomi) aniq va qisqa, hammaga tushunarli qilib ifodalanishi kerak; to‘rtinchidan, kuzatish dasturini tuzish ishiga keng jamoatchilik, ilmiy xodimlar va yirik mutaxassislar jalb qilinishi lozim, uni maxsus kengashlarda va matbuotda har tomonlama muhokama qilish ayni muddao.



    Kuzatish dasturi 3 qismdan tashkil topadi: asosiy savollar (belgilar), nazorat savollari (belgilari) va manzilgoh qismi (uni ma’lumot beruvchi subyektni tavsiflovchi alomatlar yoki qisqacha tanishtiruvchi belgilar ham deb yuritiladi). Quyidagi 2.4-tarhda dasturning tuzilishi va asosiy belgilari tasvirlangan.

    2.4-tarh. Kuzatish dasturining tuzilishi va belgilari

    Dasturning asosiy qismida ko‘zlanadigan belgilar o‘rganilayotgan obyektning mohiyati, ichki bog‘lanishlari va rivojlanishi qonuniyatlarini har taraflama oydinlashtiradigan barqaror axborotlar olishni ta’minlashi lozim.

    Kuzatish dasturining ikkinchi qismi masalasiga kelsak, tekshirish savollarini (belgilari) ko‘zlashdan maqsad asosiy ma’lumotlarni nazorat qilish, ular ishonchli, to‘liq va to‘g‘ri bo‘lib chiqishini ta’minlashdan iborat.

    Har qanday kuzatish dasturi manzilgoh qismiga ega. Unda ma’lumot beruvchi subyektlarni tanituvchi belgilar aks ettiriladi. Masalan, hisobot shaklida ma’lumotlar to‘planayotganda tanituv belgilar bo‘lib korxona (tashkilot) nomi va manzilgohi, davlat statistikasi registridagi shifri, turli tasniflagichlarda ko‘zlangan sinflarga (guruhlarga) mansubligi, qaysi vazirlik, konsern, uyushma tasarrufidaligi, asosiy faoliyat turi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakli xizmat qiladi.


    Yo‘riqnoma (instruksiya) deb kuzatish dasturida ko‘zlangan belgilarni bir xil talqin etish va tushunishni ta’minlaydigan ko‘rsatmalar majmuasiga aytiladi.

    Yo‘riqnoma kuzatish dasturida ko‘zlangan belgilarni bir xil tashkil etish va tushunishni ta’minlash maqsadida tuziladi. Unda kuzatish maqsadi va vazifalari, uning obyekti va birligi, ma’lumotni qaerdan va kimdan olish, kuzatish muddati, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, ma’lumotlar tegishli bo‘lgan davr (hisobot davri) ko‘rsatkichlarni hisoblash tartibi va shunga o‘xshash kuzatilayotgan obyekt bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan masalalar yoritiladi. Yo‘riqnomalar odatda ko‘p mutaxassislar ishtirokida puxta tuziladi.


    Statistik formulyar - kuzatish ma’lumotlari qayd qilinadigan hujjat.

    Yo‘riqnoma har bir statistik formulyar uchun alohida tuziladi. Kuzatish ma’lumotlari qayd qilinadigan hujjat statistik formulyar deb ataladi. U har xil nom bilan yuritiladi, jumladan hisobot formasi, ro‘yxatga olish varaqasi, so‘rovnoma (anketa), tabel, nakladnoy, yo‘l varaqasi va hokazolar.

    Statistik formulyar ikki xil bo‘ladi:


    1. yakka predmetli formulyar.

    2. ko‘p predmetli formulyar.

    Kuzatish joyi - bu kuzatish birligi joylashgan makon.

    Kuzatish joyi deganda makon yoki boshqa so‘z bilan aytganda o‘rganilayotgan hodisa ro‘y berayotgan joy tushuniladi.
    Hisobotda, asbob-uskunalar ro‘yxatida va boshqa iqtisodiy resurslarni har xil shakl va usullarda kuzatishda korxona, tashkilot va muassasa joylashgan joy kuzatish joyi hisoblanadi.


    Statistik kuzatish vaqti - bu kuzatish tenglashtirilgan fursat (payt) va o‘tkaziladigan muddat.

    Umuman keng ma’noda qaralganda, kuzatish vaqti hodisani o‘rganish davridir, ya’ni uni tekshirish boshlangandan, to ma’lumotlarni olish nihoyasiga yetguncha o‘tgan vaqt oralig‘i (davr)dir. Bu holda u ma’lumotlar tegishli bo‘lgan vaqtni ham, ularni to‘plash vaqtini ham o‘z ichiga oladi. Statistik kuzatish tor mazmunga ega bo‘lib, faqat ma’lumotlarni to‘plash jarayonini anglatgani uchun, uning vaqti deganda mazkur ishni (ma’lumotlar to‘plash)ni bajarish uchun belgilangan vaqt oralig‘i tushuniladi. U hodisani o‘rganish, ro‘yobga chiqish davrini, ya’ni u haqidagi ma’lumotlar tegishli bo‘lgan vaqt oralig‘ini o‘z ichiga olmaydi. Hisobotda bu vaqt oralig‘i hisobot davri deb ataladi. Hisobot davri uning birinchi kuni 00 soatdan boshlab to oxirgi kuni 2400 soatgacha o‘tgan vaqt uzunligi bilan o‘lchanadi. Kuzatish muddati esa hisobotni taqdim etish uchun belgilangan vaqt oralig‘i hisoblanadi.

    Hodisalar holatini, mavjud sonini aniqlashda kuzatish vaqti qilib vaqt oralig‘ini belgilab bo‘lmaydi, chunki uning davomida hodisa holatida, demak mavjud sonida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu holda suratga olish jarayonida qo‘llaniladigan usuldan foydalanish kerak. Ma’lumki, surat fotoapparat obyektivi ochilish onida (paytida) foto obyekt (masalan, biror kimsa) ega bo‘lgan qiyofani aks ettiradi. Hodisalar holati ustidan statistik kuzatish tashkil etish uchun ham shunday qayd qilish paytini belgilash lozim. Bu esa muayyan fursatda mavjud bo‘lgan hodisalar soni va tuzilishini aniqlash imkonini beradi.

    Hodisani hisobga olish, qayd qilish tenglashtirilgan bunday payt keskin fursat (kritik moment) deb ataladi. Aholi ro‘yxatida va boshqa tez harakatchan hodisalar ro‘yxatida hamda ularning joriy hisobi asosida mavjud soni aniqlanayotganda keskin fursat belgilanadi. 1989 yil aholi ro‘yxatida keskin fursat qilib 11 yanvardan 12 yanvarga o‘tar kechasi 2400 soat belgilangan edi. Aynan shu fursatda yashash joyida mavjud bo‘lgan shaxslar ro‘yxatga olindi, ya’ni 12 yanvar 00 soatgacha tug‘ilgan bolalar ro‘yxatga olingan, undan keyin tug‘ilganlar esa ro‘yxatga olinmagan, shu vaqtgacha o‘lgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tmagan, keyin o‘lganlar esa mavjud aholi sifatida ro‘yxatga olingan. Ro‘yxatda kuzatish vaqti – bu ro‘yxatga olish ishi davom etadigan vaqt oralig‘idir. 1989 yil aholi ro‘yxatida 12 yanvardan boshlab 20 yanvargacha bo‘lgan muddatdan iborat.

    Kuzatishni o‘tkazish bir qator tayyorgarlik va tashkiliy ishlarni bajarish bilan bog‘liqdir. Birinchidan, kuzatiladigan birliklarning taxminiy ro‘yxati tuziladi va kuzatish joylari belgilanadi. Masalan, aholini ro‘yxatga olish uchun dastavval aholi yashaydigan punktlar, shaharlarda esa bundan tashqari uy daftari tartibga solinadi. Bular ro‘yxat o‘tkazilayotganda kuzatish birliklarini tushirib qoldirmaslik va ro‘yxat o‘tkazish uchun zarur mablag‘lar miqdorini va kadrlar sonini aniqlash uchun kerak. Ikkinchidan, kuzatish formulyarlari, blanklar, varaqalar, ularni tuzish yo‘riqnomalari tayyorlanadi va joylarga yetarli miqdorda tarqatiladi. Uchinchidan, kuzatiladigan makon hududi uchastkalar (qismlar)ga bo‘linadi, kerakli kadrlar soni va aniq shaxslar belgilanadi. To‘rtinchidan, kuzatishga jalb qilingan mas’ul shaxslar bilan maxsus mashg‘ulotlar olib boriladi.


    2.4. Statistik kuzatish turlari
    Qanday qilib? degan savol statistik kuzatish usullari va turlarini aniq belgilashni talab qiladi. Hodisalarni qayd qilish vaqti, boshlang‘ich ma’lumotlarni olish usuli, kuzatish birliklarini o‘z ichiga qamrab olishi va tashkiliy jihatdan statistik kuzatish quyidagi turlarga bo‘linadi (2.5- tarh).

    Tashkiliy va moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlarni to‘rtta turga bo‘lish mumkin: 1) statistik hisobot; 2) maxsus doimiy tekshirishlar; 3) ro‘yxatlar; 4) biznes tekshirishlar. Ular keyingi ma’ruzada yoritiladi.



    Voqealar sodir bo‘lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi: 1) uzluksiz (joriy) kuzatish; 2) fursatli kuzatish; 3) bir yo‘la kuzatish.

    Uzluksiz kuzatish-bu voqea ro‘y berishi bilanoq uni qayd qilish (hisobga olish)dir.

    Uzluksiz kuzatishda voqea (hodisa) sodir bo‘lishi bilanoq, ya’ni o‘sha damning o‘zida qayd qilinadi. Masalan, tug‘ilish, o‘lish, nikohdan o‘tish va ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qilish organlarida va qishloq yig‘inlarida qayd qilish, yaratilgan mahsulotlarni boshlang‘ich hujjatlarda hisobga olish, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel hisobida qayd qilish va h.k.

    2.5-tarh. Statistik kuzatish turlari



    Fursatli davriy kuzatish - bu voqea sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum muddat o‘tganda uni qayd qilib tekshirishlarni teng vaqt oralig‘ida takrorlab turish

    Fursatli davriy kuzatish deganda voqea sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum vaqt o‘tganda uni qayd qilish va kuzatishlarni teng vaqt oralig‘ida takrorlab turish tushuniladi. Masalan, har o‘n yilda aholi ro‘yxatini o‘tkazish, talabalar o‘zlashtirish darajasini har yarim yilda reyting ballari orqali baholash.

    Bir yo‘la kuzatish -bu hodisani har zamonda, ehtiyoj tug‘ilishiga qarab kuzatish.



    Bir yo‘la kuzatish deganda qandaydir masalani yechish zaruriyati tug‘ilganda turli muddat oralig‘ida qaytarib turiladigan kuzatish nazarda tutiladi. Bunga misol qilib uy-joy fondi ro‘yxati, ko‘p yillik mevali daraxtlar ro‘yxati, tabiiy ofat natijasida ko‘rilgan zararlarni baholash ishlarini ko‘rsatish mumkin.

    O‘rganilayotgan to‘plam birliklarini o‘z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik kuzatish yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga ajraladi.


    Yoppasiga kuzatish - bu to‘plamning hamma birliklari haqida ma’lumot to‘plash.

    Yoppasiga kuzatishda to‘plam barcha birliklari haqidagi zaruriy ma’lumotlar to‘planadi. Statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni barcha ho‘jalik yurituvchi subyektlar tuzadi va statistika tashkilotlariga taqdim etadi. Aholi ro‘yxati, ekin maydonlarining yakuniy hisobi, chorva ro‘yxatlari ham yoppasiga kuzatishga misol bo‘la oladi.


    Yoppasiga kuzatish, ayniqsa, aholi ro‘yxati va boshqa ro‘yxatlar mamlakatning bir vaqtda barcha hududlarida barcha qisqa muddatda amalga oshiriladi. Shuning uchun ularning dasturi sodda va ixcham kuch va mablag‘larni talab qiladi.


    Qisman kuzatish - bu mavjud kata to‘plamdan bir qism birliklarni olib, ular haqida ma’lumotlar to‘plash.

    Qisman kuzatishda asosiy uslubiy masala umumiy to‘plam birliklari ichidan kuzatish uchun bir qismini to‘g‘ri olishdan iborat. Bu kichik to‘plam shunday shakllantirilishi kerakki, butun umumiy to‘plam birliklari orasidagi o‘zaro munosabatlar yuqori darajali aniqlik bilan kuzatish uchun olingan birliklarda ham o‘z ifodasini topsin. Shunday sharoitdagina qisman tekshirish natijalari asosida umumiy to‘plam haqida fikr yuritish, xulosa chiqarish imkoniyati (ehtimoli) tug‘iladi. Statistikada qisman kuzatishning quyidagi turlari mavjud:

    a) anketa (savolnoma) orqali kuzatish;

    b) asosiy massivni kuzatish;

    v) monografik tasvirlash;

    g) tanlama kuzatish.


    Anketa orqali kuzatish - bu to‘ldirilishi ixtiyoriy bo‘lgan savolnoma tuzib, kuzatiluvchi subyektlarga tarqatish yo‘li bilan ma’lumotlar to‘plash.

    Anketa orqali kuzatishning mohiyati shundaki, unda tegishli savollar yozilgan varaqalar javob yozib yuborishni iltimos qilib respodentlar orasida tarqatiladi. Ammo varaqlarni to‘ldirish ixtiyoriy bo‘lgani uchun odatda tarqatilgan anketalarni faqat bir qismi javobi bilan qayta olinadi. Natijada qisman kuzatishga ega bo‘lamiz.


    Asosiy massivni kuzatish - bu to‘plamda asosiy o‘rinni egallagan birliklar haqidagina ma’lumotlar to‘plash, qolganlarini esa e’tiborga olmaslik.

    Qisman kuzatish turlaridan yana biri asosiy massivni tekshirish deb ataladi. Uning xususiyati shundaki, kuzatish uchun o‘rganilayotgan belgining umumiy hajmida eng salmoqli o‘rin tutgan to‘plamning asosiy qismi ajratib olinadi, boshqalari esa kam salmoqqa ega bo‘lganligi sababli tashlab yuboriladi, chunki, ular tekshirish natijasiga sezilarli ta’sir etmaydi..


    Monografik tasvirlash - bu tipik hodisalarni har taraflama ta’riflovchi ma’lumotlarni to‘plash.

    Monografik tasvirlash deganda tipik hodisalarni har taraflama chuqur va sinchiklab o‘rganish tushuniladi. U yoppasiga kuzatish natijalarini boyitish maqsadida o‘tkaziladi. Monografik tasvirlash barcha to‘plam haqida fikr yuritish uchun ma’lumot to‘plashni ko‘zlamaydi va shu bilan qisman kuzatishning boshqa turlaridan farq qiladi.


    Tanlama kuzatish - bu bosh to‘plamdan uning ichki bog‘lanishlarini to‘la aks ettiruvchi qismini tanlab olib ma’lumot to‘plash.




    Tanlama kuzatish qisman kuzatish turlari ichida ilmiy asoslangan bo‘lib, eng yaxshi natija beradi. U to‘g‘ri tashkil etilganda olingan ma’lumotlar umumiy to‘plam haqida to‘la-to‘kis va aniq fikr yuritish imkoniyatini yaratadi. Tanlama kuzatish deganda umumiy bosh to‘plamdan bir qismini ilmiy asoslangan, vakolatlikni to‘la ta’minlab beradigan usullar yordamida tanlab olib tekshirish tushuniladi. U statistika amaliyotida juda keng qo‘llanadi. Masalan, uy ho‘jaliklari budjeti tanlama kuzatish orqali o‘rganiladi. Bozor sharoitida tanlama kuzatishni qo‘llash sohalari beqiyos kengayadi.

    Statistik kuzatish jarayonida boshlang‘ich ma’lumotlarni olish turli usullar yordamida amalga oshiriladi.

    Shunga asosan statistik kuzatish to‘rt turga bo‘linadi:

    1. Bevosita kuzatish – bu usulning xarakterli tomoni shundaki, tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita qatnashadi. U kuzatilayotgan narsalarni birma-bir ko‘rib, sanab, tortib va o‘lchab olgan natijalarni kuzatish varaqasiga yozadi.

    2. Hujjatli kuzatish – zarur bo‘lgan ma’lumotlar, har xil hujjatlardan olinadi. Bu usul ko‘pincha hisobot usuli deb yuritiladi.

    3. Savol-javob yo‘li bilan kuzatish – kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar asosida kuzatish varaqalari to‘ldiriladi. Bu holda hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Bu usulning o‘zi ikkiga bo‘linadi:

    1. Og‘zaki usul (ekspeditsion).

    2. O‘z-o‘zini regitratsiya qilish usuli.

    Og‘zaki usulda maxsus tayyorlangan kishilar (ro‘yxatga oluvchi, hisobchi) kuzatilayotgan shaxslarga kuzatish varaqasidagi savollarni berib, olgan javoblarni varaqaga yozadilar. Masalan, 1989 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatida shu usul qo‘llangan. O‘z-o‘zini registratsiya qilish usulida statistika tashkilotlarining vakillari kuzatish varaqalarini kuzatilayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma’lum vaqtdan so‘ng to‘ldirilgan varaqalarni yig‘ishtirib oladilar. Varaqalarni to‘ldirayotgan shaxslarga tekshirish mohiyatini tushuntirish va yozilgan ma’lumotlarni har taraflama tekshirish vakillarning burchi hisoblanadi. Bu usul uy ho‘jaliklar budjetini tekshirishda, ayrim ro‘yxatlarni (masalan 1961 yildagi maktablar ro‘yxati) o‘tkazishda qo‘llanadi.

    4. Respondentlar yordamida kuzatish usulida zarur ma’lumotlar statistika boshqarmalariga ixtiyoriy yoki yollanma muxbirlar tomonidan yuborib turiladi.


    2.5. Hisobot, maxsus kuzatish, biznes tekshirishlar va ro‘yxatlar


    Hisobot - korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda belgilangan tartibda va vaqtda olishni ta’minlovchi kuzatish turidir


    Hisobot korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni uzluksiz, belgilab qo‘yilgan tartibda va vaqtda to‘plashning muhim yo‘li (shakli)dir. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistikasi haqidagi” Qonunga muvofiq respublika hududida joylashgan va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan barcha korxonalar va tashkilotlar, ularning mulkiy va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, o‘z faoliyati haqida aniq va to‘la ma’lumotlarni belgilangan dasturda, tartibda va muddatda tegishli davlat statistika tashkilotlariga taqdim etishga majburdir.



    Statistik hisobot shakllari xarakteri va mazmuni, hisobot davri, yuborish uslubi, umumlashtirish darajasiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi (2.6-tarh).

    2.6-tarh. Davlat statistika hisoboti turlari




    Joriy maxsus tekshirishlar - bu maxsus respondentlarni yollab hodisalar haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilish yo‘li bilan to‘plash jarayonidir.

    Joriy maxsus statistik tekshirishlar deganda statistik tashkilotlar tomonidan maxsus respondentlarni yollab o‘rganilayotgan hodisa, jarayon haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlarni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilib to‘plash tushuniladi. Bunday kuzatishga uy ho‘jaliklari budjeti statistikasi, iste’mol baholari statistikasi, uyushmagan savdo statistikasi, dehqon xo‘jaligi (fermer xo‘jaligi bilan aralashtirib yubormang!) statistikasi va h.k. misol bo‘lishi mumkin.


    Biznes-tekshirishlar savolnomalar yordamida iqtisodiy holatni tahlil qilish va qisqa muddatli iqtisodiy istiqbolni belgilash uchun savol-javob yo‘li bilan tadbirkorlardan ma’lumotlar to‘plashdir.

    Biznes-tekshirishlar bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan statistik kuzatishdir. Ularning asosiy maqsadi tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatini o‘rganishdan iborat. Joriy maxsus tekshirishlardan farqli o‘laroq, biznes tekshirishlar tadbirkorlardan intervyu olish, oldin tayyorlangan savollarga yozma yoki og‘zaki javoblarni maxsus savolnomalarda qayd qilishga asoslanadi. Ularning o‘ziga xos xususiyati shundaki, savolnomalar kompleks xarakterga ega bo‘lib, o‘zaro bog‘langan bir-birini to‘ldiruvchi savollardan, ularning ma’lum masalaga oid majmualaridan tashkil topadi, natijada iqtisodiy faollikni har taraflama yoritish imkonini beradi.

    Joriy maxsus tekshirishlar va biznes tekshirishlar ma’lum masalalarni o‘rganishda qo‘llanadi. Bundan tashqari, ro‘yxatlar ham statistik kuzatishning muhim tashkiliy yo‘li sifatida qo‘llanish sohalariga ega.




    Ro‘yxat – bu barqaror hodisalarning keskin fursatda mavjud holati haqidagi ma’lumotlarni yoppasiga kuzatish yo‘li bilan vaqtma-vaqt to‘plash jarayoni.

    Asta-sekin bo‘ladigan o‘zgarishlar jamg‘arib, uzoq vaqt o‘tganidan so‘ng bunday hodisalarni yangi holatda gavdalanishiga sabab bo‘ladi, natijada ularning ma’lum keskin fursat holatidagi qiyofasini suratga olish ehtiyoji tug‘iladi. Bunday kuzatishga hodisalarni ro‘yxatga olish yordamida erishiladi. Nisbatan barqarorlik holatiga ega bo‘lgan hodisalarga misol qilib aholi soni va tuzilishi, yer maydonining qishloq xo‘jaligi uchun yaroqligiga qarab taqsimlanishi, korxonalarning ishlab chiqarish turlari bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rsatish mumkin.

    Ro‘yxatlar muvaffaqiyatli bo‘lishini quyidagi talablar ta’minlaydi:



    • ro‘yxat qisqa muddatda o‘tishi;

    • ro‘yxat bir vaqtning o‘zida butun mamlakat hududida amalga oshishi;

    • ro‘yxatga olish vaqti kuzatilayotgan hodisaning eng kam tebranishga ega bo‘lgan holatiga tenglashtirilishi;

    • har teng vaqt oralig‘ida ro‘yxatlarni takrorlab turish;

    • yangi ro‘yxatni o‘tkazayotganda olinadigan natijalarni taqqoslamaligini ta’minlash niyatida oldingi kuzatish tartibini saqlab qolish kerak.


    2.6. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash yo‘llari

    Kuzatish xatolari-bu ma’lumotlarni to‘plash jarayoniga xos xatolardir

    Har qanday kuzatish, qanchalik yaxshi tashkil etilib amalga oshirilmasin, xatolardan xoli bo‘lmaydi. Ma’lumotlarni to‘plash jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar kuzatish xatolari deb ataladi. Juda katta aniqlikka ega bo‘lgan o‘lchov vositalari yordamida bajariladigan bir predmetli kuzatishlarda ham xatolar bo‘ladi. 2.7-tarhda statistik kuzatish xatolari turlarga ajratib tasvirlangan.


    2.7-tarh. Statistik hisobot xatolari

    Kuzatish xatolari ikki turga bo‘linadi: a) muntazam xatolar va b) tasodifiy xatolar.

    Muntazam xatolar o‘z navbatida ikki xil bo‘ladi: a) o‘lchov xatolari va b) xususiy xatolar ya’ni kuzatuvchi shaxs xatolari.

    Qisman kuzatishlarda voqealarni hisobga olish jarayonida qayd qilish va arifmetik xatolar bilan bir qatorda muntazam xatolar ham uchraydi. Ular g‘arazli va g‘arazsiz bo‘ladi. /arazli xatolar biror maqsadni ko‘zlaydi. Beg‘araz xatolar esa kuzatish uslubini, ayniqsa dasturni va yo‘riqnomalarni umumiy ko‘rinishda mujmal bayon etilishidan va kuzatuvchilarning ishini osonlashtirish uchun belgilangan tartibdan qisman chetlanishidan kelib chiqadi. Shu bilan birga qisman kuzatishlarda xususiy xatolar mavjud, ular reprezentativlik xatolari nomi bilan yuritiladi.


    Reprezentativlik xatosi - bu bosh va tanlama to‘plam umulashtiruvchi ko‘rsatkichlari orasidagi farqdir.

    Reprezentativlik xatosi deganda tanlama kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib aniqlangan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni tekshirayotgan bosh to‘plamning aynan shunday haqiqiy ko‘rsatkichlaridan farqi tushuniladi.

    Kuzatish natijalarini qabul qilish jarayonida ma’lumotlar har taraflama tekshiriladi.


    Arifmetik tekshirish - bu o‘zaro bog‘langan ma’lumotlarni miqdoran nazorat qilish.

    Dastlab ma’lumotlarni arifmetik jihatdan to‘g‘riligi tekshiriladi. Bunda murakkab jamlama ko‘rsatkichlar tuzilish, o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar esa bog‘lanish jihatidan arifmetik amallar yordamida (qo‘shish, bo‘lish va h.k.) tekshiriladi. Shu bilan birga istiqbolda ko‘zlangan daraja va oldingi davrda erishilgan natijalar bilan taqqoslab ham tekshirish amalga oshiriladi.




    Mantiqiy nazorat - bu kuzatish materiallarini hodisaning mohiyatiga qanchalik mosligini belgilashdir.

    Ma’lumotlarni to‘g‘ri yoki to‘g‘rimasligini aniqlashda mantiqiy nazorat alohida ahamiyatga ega. Mantiqiy nazorat deganda kuzatish materiallarini mazmunan tekshirish tushuniladi. Ular qanchalik xodisa mohiyatiga mos kelishi belgilanadi. Bunda ma’lumotlarda qarama-qarshilik bor-yo‘qligi aniqlanadi.

    Asosiy tushuncha va atamalar

    Statistik tekshirish, statistik ma’lumotlarni aniqligi, to‘laligi va taqqoslamaligi, tijorat siri va statistik materiallarni konfidentsialligi, statistik yilnoma, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi, ma’muriy-idoraviy statistika, xalqaro statistika, xalqaro statistik standartlar, milliy statistik standartlar, kuzatish, hisob (uchot), statistik kuzatish obyekti va birligi, subyekti, hisob va hisobot birligi, kuzatish dasturi, statistik formulyar, yo‘riqnoma, statistik kuzatish vaqti va hisobot davri, kuzatish muddati va keskin fursat, kuzatish joyi, so‘roqlash, hujjatli kuzatish, respondent, yoppasiga kuzatish, qisman kuzatish, savolnoma (anketa), monografik tasvirlash, asosiy masssivni kuzatish, tanlama kuzatish, statistik hisobot, ro‘yxatlar va senzlar, maxsus statistik tekshirishlar, biznes tekshirish, tasodifiy xato, qayd qilish xatosi, muntazam xato, reprezentativlik xatosi, tashqi tekshirish, ichki tekshirish, arifmetik nazorat, mantiqiy nazorat



    Qisqacha xulosalar
    Statistik kuzatish statistik tekshirishning birinchi bosqichidir. U tasviriy statistikaning asosi, ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishning eng muhim va mas’uliyatli davri hisoblanadi, chunki tekshirishning pirovard natijasi avvalom bor kuzatish jarayonida to‘plangan ma’lumotlarga bog‘liq. Aniqlik, to‘lalik va taqqoslamalik statistik kuzatishning asosiy ilmiy prinsiplari va qonunidir. Statistik kuzatish hisobdan, oddiy bir predmetli kuzatishdan ko‘p jihatlari bilan farq qiladi. Statistik kuzatish har doim ommaviy xarakterga ega, uning obyekti bo‘lib ommaviy hodisa va jarayonlar xizmat qiladi. Hisob esa har bir hodisani qayd etadi, u yakkalantirish, yolg‘izlantirish xarakteriga ega. Yolg‘iz hodisa hisob va bir predmetli kuzatishning obyekti hisoblanadi. Statistik kuzatish hisobni, oddiy bevosita kuzatishni o‘z ichiga oladi, chunki ayrim hodisalarni qayd qilish yo‘li bilan ularning to‘plami haqida ma’lumotlar olinadi. Bu holda ayrim hodisa statistik kuzatish obyektining birligi hisoblanadi. Statistik kuzatish qator dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalarni ilmiy asosda yechishni talab qiladi. U haqqoniy ma’lumotlar yetkazib berishi uchun kuzatish obyekti va birligi to‘g‘ri aniqlanishi, chegaralanishi, uning dasturi, hujjati (statistik formulyari) va yo‘riqnomasi to‘g‘ri tuzilishi, vaqti va joyi to‘g‘ri belgilanishi kerak. Boshqa masalalar, chunonchi kuzatish usuli va turi, shakli, yo‘llari va hokazolar ham ilmiy asosda yechilishi lozim. To‘g‘ri, ilmiy asosda deganda zikr etilgan masalalarni yechish jarayonida kuzatilayotgan hodisalarning mohiyatiga ichki bog‘lanishlariga, rivojlanish qonun va qonuniyatlariga tayanish zarurligi nazarda tutiladi. Ma’lumki, ular tegishli nazariy fanlar predmeti hisoblanadi, masalan iqtisodiy hodisalar mohiyatini, ularning muhim xususiyatlarini, ichki bog‘lanishlarini, rivojlanish qonuniyatlarini yoritish iqtisodiy nazariya va boshqa iqtisodiy fanlar predmetidir. Tarixiy manbalar asosida u yoki bu davrga tegishli buyumlar, ularning xususiyatlari va o‘zaro bog‘lanishlarini aniqlash, turli joylarda izlanishlar o‘tkazib, har xil buyumlar yoki ularning parchalarini topish, topilmalarning xususiyatlarini aniqlash va modullar yasash va hokazolar - bularning hammasi arxeologiya fanining predmeti hisoblanadi. Bunday nazariy ta’limotlarni bilmasdan, ularga tayanmasdan statistik kuzatish obyekti va birligi, uning dasturini muvaffaqiyatli aniqlash va boshqa uslubiy va tashkiliy masalalarni salgina bo‘lsada to‘g‘ri yechish mumkin emas.

    Statistik kuzatish uch bosqichga ega: 1) kuzatishni tayyorlash; 2) uni amalga oshirish; 3) kuzatish materiallarini qabul qilish. Ular o‘zaro bog‘langan bo‘lib, ma’lum masalalarni yechadi. Hamma bosqichlarda kuzatish natijasida to‘planadigan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlovchi tadbir-choralar amalga oshirilishi kerak. Agarda birinchi bosqichda yechimlar qabul qilish jarayonida nazariy adekvatlikni ta’minlash tadbir-choralari ko‘rilsa, ikkinchi bosqichda ularga qat’iy rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib boriladi, uchinchi bosqichda esa kuzatish materiallarini har taraflama tekshirish yo‘li bilan ulardagi xatolar aniqlanadi va bartaraf etish tadbir - choralari amalga oshiriladi.






    Download 7.16 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   275




    Download 7.16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo‘yiladigan talablar

    Download 7.16 Mb.