• Asosiy adabiyotlar
  • 3-bob. STATISTIK KO‘RSATKICHLAR 3.1.Statistik ko‘rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati
  • Statistik ko‘rsatkichlarning turlari va tasnifi
  • Mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlar
  • Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar




    Download 7.16 Mb.
    bet4/275
    Sana19.09.2020
    Hajmi7.16 Mb.
    #11452
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   275

    Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar





    1. O‘zbekistonda davlat statistikasi qanday tashkil etilgan?

    2. Davlat statistika qo‘mitasining burch va vazifalari nimalardan iborat va u qanday tuzilgan?

    3. Ma’muriy idora statistikasi nima, u qanday ishlar bilan shug‘ullanadi?

    4. Kuzatish maqsadi va vazifalari deganda nimalar tushuniladi?

    5. Kuzatish obyekti nima va u qanday tartibda chegaralanadi?

    6. Kuzatish birligi nima? Hisob birligi-chi?

    7. Kuzatish subyekti nima?

    8. Senz, milliy standartlar va xalqaro standartlar nima, qanday maqsadlarni ular ko‘zlaydi?

    9. Kuzatish formulyari nima va uning qanday turlari bor?

    10. Yo‘riqnoma nima va u nima uchun tuziladi?

    11. Kuzatish vaqti va joyi deganda nima tushuniladi va qanday tartibda ular aniqlanadi;

    12. Kuzatish muddati va keskin fursat nima va ular qanday maqsadlarni ko‘zlaydi?

    13. Statistik kuzatish hisobdan va oddiy predmetli kuzatishlardan qanday farq qiladi?

    14. Voqealarni qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatishlar qanday turlarga bo‘linadi, ularni mazmuni nimalardan iborat?

    15. Hodisalarni hisobga olish usuli jihatidan statistik kuzatish qanday turlarga bo‘linadi?

    16. Yoppasiga kuzatish nima va qanday turlarga bo‘linadi?

    17. Qisman kuzatish nima? Monografik tasvirlash-chi, asosiy massivni kuzatish-chi, savolnoma orqali kuzatish-chi; tanlama kuzatish-chi?

    18. O‘zbekiston respublikasida oliy ta’limni qayta qurish masalalarini o‘rganish maqsadida statistik kuzatishni o‘tkazish ko‘zlangan. Kuzatish obyekti nima va uni qanday tartibda chegaralaysiz; kuzatish va hisob birligi nima va uni qanday aniqlaysiz. Kuzatish dasturida qanday savollarni ko‘zlash ma’qul. Qanday statistik formulyardan siz foydalangan bo‘lar edingiz. Yo‘riqnoma tuzish kerakmi, nimalarni unda aks ettirish kerak?

    19. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2006 yildagi asosiy faoliyat turlarini o‘rganish uchun statistik kuzatish tashkil etish kerak. Kuzatish obyekti qilib nimalar olinadi, kuzatish birligi-chi? Kuzatish dasturini tuzish uchun eng muhim belgilar qilib nimalarni olish kerak. Universitet qoshidagi gimnaziya, kollej va litseylarni ham kuzatish obyekti tarkibiga kiritish kerakmi?

    20. Universitetda yaxshi o‘zlashtirish darajasiga erishgan ixtisoslikni aniqlash uchun statistik kuzatish o‘tkazish kerak. Kuzatish obyekti va birligi qilib nimani olasiz? Hisob birligi qilib-chi? Kuzatishni qanday turda va usulda o‘tkazish ma’qul. Uning dasturi va statistik formulyarini tuzing. Yo‘riqnoma tuzasizmi? Nimalarni unda aks ettirasiz.

    21. Siz a’zo bo‘lgan akadem guruhdagi talabalar bir haftalik vaqt fondidan qanday foydalanayotgani haqida statistik kuzatish o‘tkazish kerak. Kuzatishni qanday turda va usulda olib borish ma’qul. Kuzatish vaqti qilib qaysi haftani belgilash lozim. Kuzatish dasturini tuzing va kursdoshlaringiz bilan muhokama qiling. To‘planadigan ma’lumotlarni haqqoniyligini ta’minlash uchun tadbir - choralar belgilang. O‘z akadem guruhingizda bunday kuzatishni o‘tkazib, ilmiy ish yozing. Olingan natijalarni barcha o‘quv yurti talabalariga tatbiq qilib bo‘ladimi, fakultetga-chi, ixtisoslikka-chi;

    22. Aholi ro‘yxati nima, so‘nggi O‘zbekiston aholi ro‘yxati qachon o‘tkazilgan, bu ro‘yxat qanday tartibda amalga oshirilgan, uning dasturida qanday savollar ko‘zlangan;

    23. Mikrofirmalar va kichik korxonalar hisoboti qanday maqsadlarni ko‘zlaydi, kuzatish obyekti va birligi qanday tartibda belgilangan, bu hisobotni barcha sanoat korxonalari tuzishi kerakmi, hisobot dasturida qanday asosiy ko‘rsatkichlar guruhi ko‘zlangan;

    24. Statistik hisobot nima, qanday turlari mavjud;

    25. Ro‘yxat nima, qay tartibda uning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari yechiladi;

    26. Maxsus statistik tekshirish haqida nimalarni bilasiz;

    27. Biznes-tekshirishlar nima? Sobiq sovet hokimiyati davrida bunday tekshirishlar o‘tkazilganmi? Nima uchun o‘tkazilgan yoki o‘tkazilmagan?

    28. Statistik kuzatishning qanday bosqichlari bor, ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash uchun ularda qanday tadbir-choralar ko‘zlanadi;

    29. Kuzatish ma’lumotlarida qanday xatolar bo‘lishi mumkin, ular qay tartibda aniqlanadi. Xatolarni bartaraf qilish uchun qanday tadbir - choralarni amalga oshirish kerak;


    Asosiy adabiyotlar


    1. Ызбекистон Республикаси “Давлат статисатикаси ҳа=ида”ги +онуни, ноябр 2002 йил.

    2. “Ызбекистон Республикаси Давлат статистика =ымитаси фаолиятини ташкил этиш ща=ида”ги Ызбекистон Республикаси Вазирлар Мащкамасининг 8 январ 2003 йил 8 – сонли =арори.

    3. Ызбекистон Республикаси Давлат статистика =ымитаси ха=ида Низом. 8 январ 2003 йил 8 – сонли Вазирлар Мащкамасининг =арори билан тасди=ланган.

    4. “Давлат статистика щисоботини та=дим этиш тартибини бузганлик учун жавобгарлик ща=ида” Ызбекистон Республикаси вазирлир Мащкамасининг =арори.

    5. Елисеева И.И. Общая тиория статистики. – М.: Финансы и статистика, 2005, 30-78 стр.

    6. Соатов Н.М. Статистика. Дарслик. – Т.: Тиббиёт нашриёти, 2003, 36-93 б.

    7. Деев Г., Крутова Т. Метод основного массива в статистических наблюдениях. Вестник статистики, 1992, №5, 39-43 б.

    8. Петер фон дер Липпе. Экономическая статистика. Издатель. Федеральное статистическое управление Германии, Йена, 1995, 15-52 б.

    9. О.Моргенштерн. О точности экономико- статистических наблюдений. М.: статистика, 1968.

    3-bob. STATISTIK KO‘RSATKICHLAR
    3.1.Statistik ko‘rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati

    Oldin aytganimizdek, statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni miqdoran son shaklida ifodalaydi. Ammo statistikada ishlatiladigan «sonlar» matematikadagi abstrakt sonlar emas. Agarda matematikadagi sonlar umuman katta kichiklikni, shakllarni belgilar orqali ifodalanishi bo‘lsa va ular butun va kasr, mavhum va haqiqiy, ratsional va irratsional va h.k. sonlardan tashkil topsa, statistikada ular ko‘rsatkichlar, aniqrog‘i statistik ko‘rsatkichlardir.

    Xo‘sh, statistik ko‘rsatkichlar nima? U qanday mazmunga va tuzilishga ega? Statistik ko‘rsatkichlarning qanday turlari mavjud? Ular ommaviy hodisa va jarayonlarni bilishda va tahlil qilishda, turmushimizda, iqtisodiyotni boshqarishda qanday ahamiyatga ega? Statistik ko‘rsatkichlar tizimi deganda nima tushuniladi va u qanday tartibda tuziladi? Ushbu bob mana shu masalalarga bag‘ishlangan va qo‘yilgan savollarga javob beradi.

    Ko‘rsatkich so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’nolarga ega: 1) ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv, ishora; 2) biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi, bajarilishi va shu kabilarni bildiruvchi belgi yoki narsa.

    Falsafiy jihatdan statistik ko‘rsatkich o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning (yoki xossalarning) me’yoridir. Hodisaning sifati bilan miqdorining o‘zaro bog‘liqligi, ajralmas birligi uning me’yori deb ataladi. «Me’yor - deb izohlaydi buyuk faylasuf olim Gegel - sifat aniqligiga ega bo‘lgan miqdor..., u ma’lum miqdorki, u bilan biror muayyan narsa bog‘langan». Statistik ko‘rsatkichlar me’yor ekanligiga ishora qilib, Gegel yozgan edi: «Statistikada qo‘llanadigan sonlar faqat o‘zlarining sifat natijalari bilangina qiziqarlidir. Quruq raqamlar bilan ishlash ... oddiy qiziquvchanlik predmeti hisoblanadi, u na nazariy va na amaliy jihatdan diqqatga sazovor emas».5


    Statistik ko‘rsatkich - bu ommaviy hodisa va jarayonning me’yori, ya’ni uning sifat va miqdor birligini ifodalash shakli (tavsifnomasi)

    Statistik ko‘rsatkichlar deb ma’lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonlarning holatini, rivojlanishini, tuzilishini, o‘zaro bog‘lanishlarini ifodalovchi me’yorlar yuritiladi. Statistik ko‘rsatkich o‘rganilayotgan birliklar (obyektlar) to‘plami yoki guruhining xossalarini umumlashtirib tavsiflaydi. Shu jihatdan u yakkama-yakka belgilardan farq qiladi. Masalan, har bir kishining yashash umri - bu belgi. Mamlakat yoki mintaqa aholisining o‘rtacha yashash umri statistik ko‘rsatkichdir.

    Iqtisodiy ko‘rsatkich - bu iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan u yoki bu hodisa yoki jarayonning sifat-miqdoriy aniqligidir. Sifat deganda hodisaning ichki qiyofasi (aniqligi) yoki uning rivojlanish qonuni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mohiyati tushuniladi. Sifat hodisaning turli-tuman jihatlari, xossalari, muhim belgilarining birikmasida ayon bo‘ladi.

    Miqdor - hodisaning tashqi qiyofasi (aniqligi) bo‘lib, uning u yoki bu xossasining o‘lchami, soni, ro‘yobga chiqish darajasi shaklida ko‘rinadi.

    Statistik ko‘rsatkich qator muhim belgilar, tarkibiy unsurlarga ega (3.1-tarh).



    3.1-tarh. Statistik ko‘rsatkich tarkibiy unsurlari.



    Statistik ko‘rsatkichlar tizimi - bu o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar majmuasidir

    Statistik ko‘rsatkichlar tizimi deganda ommaviy jarayonlarni va ularning belgilarini o‘zaro bog‘lanishda aks ettiruvchi bir-biri bilan bog‘langan ko‘rsatkichlar majmuasi tushuniladi. 3.2-tarhda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi umumiy shaklda tasvirlangan. Quyida (3.2-tarh) makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar keltirilgan.



    Statistik ko‘rsatkichlar tizimi abadiy qotib qolgan, o‘zgarmas tushuncha emas. Ommaviy hodisa va jarayonlar rivojlanishi va ilm-fan taraqqiyoti bilan bir qatorda tizimni ham doimo takomillashtirish, eskirib qolgan ko‘rsatkichlar o‘rniga yangilarini yaratish, boshqalarini esa yangi sharoit va imkoniyatlarni hisobga olib yaxshilash kerak.

    3.2-tarh. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tasniflari.



    1. Statistik ko‘rsatkichlarning turlari va tasnifi

    Ommaviy hodisa va jarayonlar, ularning xossa va munosabatlari turli-tumandir. Shuning uchun son-sanoqsiz statistik ko‘rsatkichlar mavjud. O‘z-o‘zidan ravshanki, ularni birma-bir qarab chiqib bo‘lmaydi. Shu sababli statistik ko‘rsatkichlarni umumlashtirish, ma’lum tartibga solish, muhim tomonlariga qarab tasniflash zaruriyati tug‘iladi.

    Statistik ko‘rsatkichlarni tasniflash murakkab masaladir. Unga turli tomondan yondashish mumkin. Bu yerda statistik ko‘rsatkichlarning eng muhim tasniflari ustida so‘z boradi. Ularning aniq turlari va shakllari kitobning boshqa boblarida, ijtimoiy, iqtisodiy, tarmoq va boshqa statistika fanlarida bayon etiladi.

    Avvalombor tub xarakteri, ichki hissiyoti, umuman hodisalarni bilishda tutgan o‘rni va roliga qarab statistik ko‘rsatkichlarni ikki katta turkumga ajratish mumkin. Birinchi turkum ommaviy hodisa va jarayonlarning mohiyati va beligilarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi, masalan, o‘rtacha jon boshiga yaratilgan milliy daromad, yalpi ishlab chiqarilgan ichki mahsulot, 1 ga ekin maydonidan o‘rtacha olingan hosil, 1 sigirdan o‘rtacha sog‘ib olingan sut, mamlakat va viloyatlarda tug‘ilish va o‘lish ko‘rsatkichlari, milliy boylik hajmi, bozorlarda iste’mol buyumlariga baholarning o‘rtacha darajasi va h.k. Mazkur turkum ko‘rsatkichlari uchun xos xususiyat - ularni tuzishda statistika bilan bir qatorda boshqa fanlar ham qatnashadi, aniqrog‘i ularning ilmiy tushuncha va ta’limotlariga statistika tayanadi. Ular o‘z navbatida o‘rganilayotgan jarayondagi roli va vazifalariga qarab guruhlarga, sinflarga va h.k. turlarga bo‘linadi. Masalan, ijtimoiy-iqtisodiy statistika ko‘rsatkichlari-makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, milliy boylik, sotsial statistika, aholi statistikasi va h.k. ko‘rsatkichlarga ajraladi.

    Birinchi turkumdagi ko‘rsatkichlar bir-biri bilan bog‘lanishiga qarab yakkama-yakka ko‘rsatkichlar va ko‘rsatkichlar tizimidan tashkil topadi. Ularni tuzish va hisoblash tartibiga qarab tarkibiy unsurlarini (qismlar) jamg‘arish natijasida, hodisalarni agregatlashtirish yo‘li bilan ularni modellashtirish asosida olinadigan ko‘rsatkichlarga bo‘linadi.

    Ikkinchi turkum ko‘rsatkichlari, ommaviy hodisa va jarayonlar statistika o‘rganish obyekti sifatida qaralganda, ularda namoyon bo‘ladigan umumiy xususiyatlarni ta’riflaydilar. Bu yerda ularning ichki tuzilishi va tashqi qiyofasidagi o‘xshashlik va farqlar, ichki va tashqi munosabatlari hamda bog‘lanishlari, rivojlanish intensivligi dinamizmiga xos xususiyatlar nazarda tutilmoqda. Shu sababli ushbu turkum ko‘rsatkichlarini tuzish, o‘lchash va hisoblash usullari va yo‘llari ham har xil (3.3-tarh).


    3.3-tarh. Statistik ko’rsatkichlar turlari.

    Ikkinchi turkum ko‘rsatkichlari qatoriga mutlaq va nisbiy hamda o‘rtacha miqdorlar, indekslar, variatsiya va ekstsess ko‘rsatkichlari, o‘zaro bog‘lanishlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, taqsimot ko‘rsatkichlari, zamonda o‘zgarish va o‘sish tezligi va tebranish ko‘rsatkichlari va h.k. kiradi.


    Birlamchi ko‘rsatkich - bu kuzatish ma’lumotlarini jamg‘arish natijasidir.

    Mazkur ko‘rsatkichlar olish usuliga qarab birlamchi va ikkilamchi ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Birlamchi ko‘rsatkichlar jamg‘arish natijasida hosil bo‘ladi. Ular mutlaq miqdorlar bo‘lib, kuzatish obyekti birliklarining umumiy soni va ularga tegishli belgilar qiymatlarining to‘plama yig‘indisidan iboratdir. Belgi mohiyatini aks ettirishiga qarab birlamchi ko‘rsatkichlar to‘g‘ri ko‘rsatkichlarga va teskari ko‘rsatkichlarga bo‘linadi.


    To‘g‘ri ko‘rsatkich belgi tabiatiga mos ravishda, unga teskari holda o‘zgaruvchi ko‘rsatkich teskari ko‘rsatkich deb ataladi

    Belgi tabiatiga mos ravishda o‘zgaradigan ko‘rsatkichlar to‘g‘ri va unga nisbatan teskari bog‘lanishda bo‘lgan ko‘rsatkichlar teskari ko‘rsatkichlar deb ataladi. Masalan, vaqt birligida o‘rtacha bir xodim (ishlovchi) yaratgan mahsulot mehnat unumdorligining to‘g‘ri ko‘rsatkichi, mahsulot birligiga sarflangan mehnat (ish vaqti) uning teskari ko‘rsatkichidir.


    Birlamchi ko‘rsatkichlar asosida hisoblanuvchi ko‘rsatkichlar ikkilamchi, ya’ni hosilaviy ko‘rsatkichdir

    Ikkilamchi ko‘rsatkichlar birlamchi ko‘rsatkichlarga ishlov berish ya’ni ular bilan turli matematik amallarni bajarish hosilasidir. Masalan: yalpi paxta hosili (belgi qiymatlari yig‘indisi)ni ekin maydonga (mazkur belgi sohiblari soni, hodisalar to‘plami) bo‘lish natijasida, o‘rtacha hosildorlik aniqlaymiz, ya’ni X=XM: M bu yerda X-har bir gektar paxta maydonidan olingan hosil, M-paxta maydoni, ga., XM-yalpi hosil, M-jami paxta maydoni.

    Umumiy holda statistik ko‘rsatkichni quyidagicha ta’riflash mumkin. Statistik ko‘rsatkich-bu kuzatish obyekti birliklariga tegishli belgilar funksiyalarining jamlama qiymatlari funksiyasidir. Bu ta’rif obyektlar sonini ham (buning uchun jamg‘ariladigan funksiyani har bir obyektda birga teng deb qarash kerak), biror belgi qiymatlari yig‘indisini (agarda jamg‘ariladigan funksiyani ushbu belgi qiymatiga teng deb olinsa) ham qamrab oladi.

    Birlamchi statistik ko‘rsatkichlar mutlaq miqdorlardir. Belgining o‘zi qanday o‘lchov birligida ifodalangan bo‘lsa, ular ham ayni shu birlikda ifodalanadi. Ikkilamchi hosilaviy ko‘rsatkichlarga kelsak, ularni hisoblash amallari belgining mutlaq qiymatlarini bir-biridan ayirish yoki uning jamg‘arma qiymatlarini ularning soniga bo‘lishdan (boshqacha aytganda belgini ikkiyoqlama qarash funksiyalarini bir-biriga bo‘lish) iborat bo‘lsa, ular ham mutlaq miqdorlarda ifodalanadi.

    Ikkilamchi statistik ko‘rsatkichlarning boshqa turlari nisbiy miqdorlar deb yuritiladi. Ular turli to‘plamlar yoki to‘plam qismlariga tegishli belgi qiymatlarini bir-biri bilan solishtirish, har xil o‘zaro bog‘langan belgilardan birini ikkinchisiga bo‘lish yoki yana qandaydir boshqa murakkab hisoblash amallarini bajarish yo‘li bilan olinadi. Nisbiy miqdorlar oddiy bir miqdorni ikkinchisiga bo‘lish natijasida yoki murakkab tuzilmaviy hisoblashlarni bajarish hosilasi bo‘lishi mumkin. Shunga qarab ular oddiy nisbiy ko‘rsatkichlar va murakkab statistik ko‘rsatkichlarga ajraladi.

    Bunday murakkab ko‘rsatkichlarga misol qilib indekslarni, korrelyatsion-regression tahlil ko‘rsatkichlarni ko‘rsatish mumkin.



    1. Mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlar

    Mutlaq ko‘rsatkichlar o‘rganilayotgan hodisalar va ularning belgilarini bir xilligini, monandligini, o‘xshashligini ifodalaydi. Mutlaq miqdorlar hodisalar yoki belgilarning ko‘lami, soni, hajmi, darajasi makon va zamonda taqsimlanish shaklida namoyon bo‘ladi. Mutlaq miqdorlar hodisalar to‘plami yoki bir butun qismini ta’riflashiga qarab makro va mikro ko‘rsatkichlarga, olish usuliga asosan oqim va zahiraviy ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Oqim ko‘rsatkichlari ma’lum davr davomida sodir bo‘lgan hodisalarning absolut miqdorini ta’riflaydi, zahiraviy ko‘rsatkichlar esa ularning muayyan holatini, ayni fursatda mavjud bo‘lgan miqdorini aniqlaydi. Masalan, 2005 yilda O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida 15,1 trln. so‘mlik yalpi ichki mahsulot yaratilgan, ulardan 10,4 trillion so‘m pirovard iste’mol va 4,7 trillion so‘m iqtisodiy aktivlarni jamg‘arish uchun ishlatilgan.6




    Download 7.16 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   275




    Download 7.16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar

    Download 7.16 Mb.