• Rossiya va markaziy Osiy respublikalarida jon boshiga YaIM ishlab chiqarish va ayrim mahsulotlarni iste’mol qilish ko‘rsatkichlari
  • Nisbiy miqdorlar orasidagi bog‘lanishlar.
  • 0,991; 1,017; 1,052; 1,044; 1,044.
  • Asosiy tushuncha va atamalar
  • Qisqacha xulosalar
  • Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
  • Asosiy adabiyotlar
  • 4-bob. STATISTIK MA’LUMOTLARNI TAQDIM ETISH USULLARI. JADVALLAR VA GRAFIKLAR
  • 4.1. Statistik jadvallar.
  • Andijon va Navoiy viloyat qo‘shma korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyatining ko‘rsatkichlari




    Download 7.16 Mb.
    bet9/275
    Sana19.09.2020
    Hajmi7.16 Mb.
    #11452
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   275

    Andijon va Navoiy viloyat qo‘shma korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyatining ko‘rsatkichlari


    Ko‘rsatkichlar

    Andijon viloyati

    Navoiy viloyati

    Eksport

    Import

    Jami

    Eksport

    Import

    Jami

    Mln. AQSh $



















    2000 y.

    60,1

    215,2

    275,3

    144,1

    35,0

    179,1

    2002 y.

    62,0

    191,0

    253,0

    159,0

    35,2

    194,2

    2004 y.

    211,2

    315,9

    527,1

    219,9

    80,4

    300,3

    Tuuilma nisbiy ko‘rsatkichlari (jamiga nisbatan % %)



















    2000 y.

    21,8

    78,2

    100,0

    80,5

    19,5

    100,0

    2002 y.

    24,5

    75,5

    100,0

    81,9

    9,1

    100,0

    2004 y.

    40,0

    60,0

    100,0

    73,2

    26,8

    100,0

    Dinamika nisbiy ko‘rsatkichlari (% %)



















    a) zaminiy



















    2002/2000

    103,2

    88,6

    51,9

    110,3

    100,6

    108,4

    2004/2000

    351,4

    146,8

    191,5

    152,6

    229,7

    167,7

    b) zanjirsimon



















    2002/2000

    103,2

    88,6

    91,9

    110,3

    100,6

    108,4

    2004/2002

    310,6

    165,4

    208,3

    138,3

    228,4

    154,6

    Manba: O‘zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh. 2004 yil. SISM T.: 2005, 76-bet.
    Bu yerda tuuilma nisbiy ko‘rsatkichlari eksport va importni jami tashqi savdo aylanmasiga bo‘lish yo‘li bilan hisoblangan. Masalan, 2000 yildagi Andijon viloyatida eksport (60,1/275,3)*100=78,2 %, import (215,2/275,3)*100=78,2 %. 2004 yil uchun Navoiy viloyatida eksport (219,9/300,3)*100=73,2 %, import (80,4/300,3)*100=26,8 %. Bu ko‘rsatkichlar boshqa yillar uchun ham shu tartibda hisoblangan.

    2000 yil:

    KSA-SB = ((SA - SB)2) / ((S2A + S2B)2) =
    =( 21,8-80,5)2 + (78,2-19,5)2) / (21,82 + 80,52 + 78,22 + 19,52)= 0,716

    2004 yil:


    KSA-SB = =( 40,0-73,2)2 + (60,0-26,8)2 / (40,02 + 73,22 + 60,02 + 26,82)= 0.804.

    Demak, Andijon va Navoiy viloyatlarining qiyosiy tashqi iqtisodiy faoliyat balansi 2004 yilda 2000 yilga nisbatan birmuncha yomonlashgan, chunki uning eksport va import bo‘yicha taqsimotidagi notekislik kuchaygan.


    Dinamika nisbiy ko‘rsatkichlari - bu turli tegishli ko‘rsatkichlarni taqqoslash natijasidir.

    Nisbiy ko‘rsatkichlarning ikkinchi guruhi o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning dinamikasini, ya’ni, vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ta’riflaydi.Ular joriy davrdagi hodisa ko‘rsatkichini o‘tgan davrdagi miqdoriga bo‘lishi yo‘li bilan aniqlanadi va odatda foizda hisoblanib, o‘sish sur’atlari deb ataladi.Agar davrlar soni uch va undan ortiq bo‘lsa, ularni hisoblayotganda taqqoslash asosini o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan ko‘rinishda olish mumkin. Birinchi holda hamma davrlar ko‘rsatkichlari bir davr (zaminiy davr), masalan, boshlang‘ich davr ko‘rsatkichi bilan taqqoslanadi. Olingan natijalar zaminiy o‘sish sur’atlari deb nomlanadi. Ikkinchi holda har bir keyin keladigan davr ko‘rsatkich o‘zidan oldingi davr ko‘rsatkichi bilan solishtiriladi. Olingan nisbiy miqdorlar zanjirsimon o‘sish sur’atlari deb ataladi. Agarda taqqoslanuvchi davr ko‘rsatkichini -Yi , boshlang‘ich davr ko‘rsatkichini –Y0 va oldingi davr ko‘rsatkichini -Yi-1 deb belgilasak, y holda zanjirsimon o‘sish sur’ati(Tzan)

    Tzan=Yi*100/ Yi-1
    zaminiy o‘sish sur’ati (Tzam) esa

    Tzam=Yi*100/Y0

    3.2-jadvalda bu ko‘rsatkichlar Andijon va Navoiy viloyatlari qo‘shma korxonalari ma’lumotlari asosida hisoblab keltirilgan. Masalan, Andijon viloyati uchun eksport dinamikasi nisbiy ko‘rsatkichlar quyidagi tartibda aniqlangan:

    a) Zaminiy: 2002/2000 yil uchun (62,0*100)/60,1=103,2%;

    2004/2000 yil uchun (211,2*100)/60,1=351,4%;

    Demak, 2000 yilga qaraganda viloyat qo‘shma korxonalari eksporti 2002 yilda 3,2 %, 2004 yilda esa 3,51 marta yoki 251,4 % ko‘paygan.

    b) Zanjirsimon: 2002/2000 yil uchun (62,0*100)/60,1=103,2%;

    2004/2002 yil uchun (211,2*100)/62,0=340,6%;

    Ya’ni, eksport 2004 yilda 2002 yilga nisbatan 3,4 marta yoki 240,6%, 2002 yilda 2000 yilga nisbatan esa 3,2 % ko‘paygan.

    Bu ko‘rsatkichlar Navoiy viloyati bo‘yicha ham shunday tartibda hisoblangan.

    Shunday qilib, zanjirsimon o‘sish sur’atlari davr sayin (misolimizda yil sayin) o‘sish darajasini(kamayishini), zaminiy o‘sish sur’atlari esa qatorning boshlang‘ich davridan so‘ng o‘tgan davrlar davomida umumiy o‘sish darajasini ifodalaydi.

    O‘rganilayotgan hodisalar dinamikasini ta’riflovchi nisbiy ko‘rsatkichlar guruhiga o‘sish sur’atlaridan tashqari yana qo‘shimcha o‘sish sur’atlari, trend tenglamalarining ko‘rsatkichlari (ozod hadlar va regressiya koeffitsiyentlari), korrelyatsiya koeffitsiyentlari, dinamikada tebranuvchanlik va barqarorlik ko‘rsatkichlari, dinamik indekslar va h.k. kiradi.

    Nisbiy miqdorlarning uchinchi guruhi hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni yoki omil (sabab) belgilar bilan natijaviy (oqibat) belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ta’riflaydi. Ular, masalan, bozor baholari bilan taklif va talab hajmi, iste’mol va jamg‘arma bilan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi bilan mahsulot hajmi, daromadlar bilan mehnat unumdorligi, sarflangan o‘g‘itlar bilan hosildorlik va h.k. bog‘lanishlarni tavsiflaydi. Ushbu guruh ko‘rsatkichlari qatoriga chegaraviy moyillik va elastiklik koeffitsiyentlari, korrelyatsiya va determinatsiya koeffitsiyentlari, balans tuuilmalarining nisbiy ko‘rsatkichlari, analitik indekslar kiradi. 13 bobda chegaraviy moyillik va elastiklik nisbiy ko‘rsatkichlarini hisoblash tartibi bayon etilgan. Boshqa ko‘rsatkichlar kitobning boshqa boblarida qarab chiqilgan.


    Fazoviy (hududiy) taqqoslash nisbiy ko‘rsatkichlari mazmunan turdosh bo‘lib, ammo turli obyektlar, hududlar, tuuilmalar, mamlakatlarga tegishli ko‘rsatkichlarni solishtirish natijalaridir.

    Nisbiy ko‘rsatkichlarning yana bir katta guruhi hodisa va jarayonlarni fazoda olib taqqoslash natijalari bo‘lib, turli mamlakatlar, mintaqalar, ma’muriy hududiy bo‘linmalar, tashkiliy-huquqiy tuuilmalar va obyektlarga tegishli mazmundosh statistik ko‘rsatkichlarning o‘zaro nisbatlarini tavsiflaydi. Ular jahon xo‘jaligini tahlil qilish va unda ayrim mamlakatlar o‘rnini aniqlashda, milliy bozorlarni shakllanishida ayrim mintaqa va tuuilmalarning rolini o‘rganishda, korxona va firmalar faoliyatini qiyosiy tahlil qilishda muhim qurol hisoblanadi. Mazkur guruh ko‘rsatkichlarini qisqacha qilib fazoviy (hududiy) taqqoslash nisbiy ko‘rsatkichlari deb atash mumkin. Ularni hisoblash tartibi quyida Rossiya, Markaziy Osiyo respublikalarida jon boshiga YaIM ishlab chiqarish va ayrim mahsulotlarni iste’mol qilish ma’lumotlari misolida tasvirlangan.
    3.3-jadval

    Rossiya va markaziy Osiy respublikalarida jon boshiga YaIM ishlab chiqarish va ayrim mahsulotlarni iste’mol qilish ko‘rsatkichlari

    (o‘rtacha 1995 yil7)



    Respublikalar

    Jon boshi-ga YaIM

    (AQSh dol.)



    Jon boshiga iste’mol, kg


    Rossiyaga nisbatan %

    non va non mahsulotlari

    go‘sht va go‘sht mahsulotlari

    sabzavot (kartoshkadan tashqari)

    YaIM

    non

    go‘sht

    sabzavot

    Rossiya

    2650

    124

    55

    73

    100

    100

    100

    100

    Qozog‘iston

    1160

    176

    51

    54

    44

    142

    93

    74

    Qirg‘iziston

    630

    109

    38

    44

    24

    88

    69

    60

    Tojikiston

    360

    155

    14

    97

    14

    125

    25

    133

    Turkmaniston



    147

    24

    90



    119

    44

    123

    O‘zbekiston

    960

    162

    33

    134

    36

    131

    60

    184

    Demak, jon boshiga YaIM ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyo respublikalari orasida 2-o‘rinda, non iste’moli bo‘yicha ham 2-o‘rinda, go‘sht iste’moli bo‘yicha 3-o‘rinda va sabzavot iste’moli bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Rossiyaga nisbatan respublikamiz jon boshiga YaIM yaratish bo‘yicha 2,8 marta va go‘sht iste’moli bo‘yicha 1,7 marta orqada qolmoqda. Ammo non iste’moli bo‘yicha 1,3 marta va sabzavot bo‘yicha 1,8 marta undan o‘zib ketgan.

    Fazoviy taqqoslash nisbiy miqdorlarini, ayniqsa, mamlakatlar miqyosida hisoblashdan oldin, dastlab solishtiriladigan ko‘rsatkichlarni taqqoslama holga keltirish kerak. Buning uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim:


    1. taqqoslanadigan ko‘rsatkichlar sifat jihatidan bir-xil kuzatish obyekti va birligiga tegishli bo‘lishi kerak. Kuzatish obyekti birligini chegaralash masalasi yagona tartibda yechilishi kerak. Agarda kichik korxonalar ustida so‘z borsa, ko‘rsatkichlar mikrofirmalardan mustasno holda faqat kichik korxonalar to‘plamiga tegishli bo‘lishi lozim;

    2. taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar yagona tartibda, usulda hisoblanishi lozim;

    3. ularning o‘lchov birliklari mazmunan va shaklan bir xil bo‘lishi kerak. Agarda ular pulda ifodalansa taqqoslama baholardan foydalanish yoki ularga keltirish kerak. Ma’lumki, jismoniy natura o‘lchov birliklari hodisalarning sifatidagi farqlarni to‘liq hisobga olmaydi. Shu sababli, bunday birliklarda ifodalangan ko‘rsatkichlarga aniqlik kiritib, ularning sifat jihatidan taqqoslamaligini ta’minlash lozim.


    Intensivlik nisbiy ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘langan turli hodisa yoki belgilarini bir biri bilan taqqoslash natijasidir.

    Nisbiy ko‘rsatkichlarning yana bir guruhi o‘zaro bog‘langan turli hodisa yoki belgilarning o‘zaro nisbatlarini ta’riflaydi. Odatda ular intensivlik nisbiy ko‘rsatkichlari deb yuritiladi. Ayrim hollarda bu ko‘rsatkichlarni sifat ko‘rsatkichlari deb ham ataladi. Mehnat unumdorligi darajasi, iqtisodiy o‘sish darajasi, aholi zichligi, moddiy va tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligi (mahsuldorligi) va boshqa hodisalarni ta’riflovchi to‘g‘ri va teskari ko‘rsatkichlar bunga misol bo‘ladi. Masalan, mehnat unumdorligi darajasini vaqt birligida o‘rtacha bir ishlovchi kishi yaratgan mahsulot hajmi yoki mahsulotning mehnat talabchanligi orqali ta’riflash mumkin. Birinchi holda yaratilgan mahsulot hajmi mehnat sarflari bilan taqqoslanadi, ikkinchisida esa teskari yo‘l bilan bu amal bajariladi (mehnat sarflari mahsulot bilan taqqoslanadi). Aholi zichligini aniqlash uchun aholi soni yer maydoni bilan taqqoslanadi. Moddiy resurslar samaradorligini resurs qaytimi yoki resurs talabchanligi bilan ta’riflash mumkin. Masalan, korxona bir yilda 50 mln. so‘mlik asosiy fondlar yordamida 150 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, fond qaytimi 3 so‘m(150:50) yoki fond talabchanligi 33 tiyin (50:150).

    Demak, intensivlik nisbiy ko‘rsatkichlari solitirilayotgan miqdorlarning bir birligiga ikkinchi miqdorning qancha birligi to‘g‘ri kelishini ifodalaydi. Ular iqtisodiy o‘sish va yuksalishni, demografik va sotsial jarayonlarni tahlil qilishda keng ko‘lamda ishlatiladi. Masalan, jon boshiga yaratilgan mahsulot ming nafar aholiga nisbatan tug‘ilgan bolalar yoki o‘lgan kishilar soni, Toshkent shahriga ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlar soni, yangi tug‘ilgan avlod o‘rtacha umri (yil hisobida) va h.k.




    Shartnoma (reja)ni bajarish nisbiy ko‘rsatkichlari haqiqiy bajarish hajmini shartnomada ko‘zlangan miqdor bilan taqqoslash natijasidir.

    Va nihoyat, nisbiy ko‘rsatkichlarning alohida guruhini buyurtma va boshqa shartnomalarni, rejalarni, normalarni bajarish darajasini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tashkil etadi. Ular haqiqatda ishlab chiqarilgan yoki yetkazib berilgan mahsulot (ish, xizmat) hajmini shartnomada, rejada, normada ko‘zlangan miqdori bilan taqqoslab aniqlanadi, ya’ni .

    Masalan, shartnomaga binoan davlat buyurtmasi ho‘jalik uchun 5000 tonna paxta qilib belgilangan, haqiqatda ho‘jalik 5600 tonna paxtani davlatga sotgan. Shartnoma 112% bajarilgan (5600*100/5000=112%).

    Korxonalar o‘rtasida tuziladigan moddiy resurslarni yetkazib berish haqidagi shartnomalarda resurslarning hajmi bilan bir qatorda ularning turlari va assortimentlari, yetkazib berish muddati ko‘zlanadi. Shartnoma to‘la bajarildi deb hisoblash uchun resurslarni umumiy hajmi bo‘yicha bajarishi nisbiy ko‘rsatkichini hisoblash yetarli emas, bundan tashqari assortimenti va muddati jihatidan ham uni bajarish talab etiladi. Bu holda haqiqatda yetkazib berilgan resurslar hajmi shartnomada ko‘zlangan assortimentlar va muddat chegarasida hisobga olinadi, ulardan ortiqchasi inobatga olinmaydi. Masalan, shartnomaga binoan, yanvar oyi korxona «A» resursning «a» assortimentidan 800 dona, «b» assortimentdan 700 dona yetkazib berishi kerak edi. Haqiqatda korxona «a» dan 850 dona «b» dan 640 dona yetkazib bergan. Bundan tashqari, shartnomada mart oyida yetkazilib berilishi ko‘zlangan «s» assortimentidan 150 dona haqiqatda yetkazib berilgan. Jami shartnomada 1500 dona yetkazib berish ko‘zlangan holda haqiqatda 1640 dona yetkazib berildi. yetkazib berish umumiy hajmi bo‘yicha shartnoma 109,3% (1640*100 / 1500) bajarilgan bo‘lsa ham, ammo assortimenti va muddati bo‘yicha 96% (800+640)*100/1500) bajarilgan.

    Reja yoki normani bajarish darajalarini aniqlayotganda haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi yoki bajarilgan ish hajmi rejada yoki normada ko‘zlangan miqdori bilan taqqoslanadi, xolos.

    Ayrim hollarda shartnoma yoki rejada ko‘zlangan ko‘rsatkich mutlaq miqdorda bo‘lmasdan, nisbiy miqdorda ifodalanadi. Masalan, o‘tgan yildagi darajadan 10% ko‘proq resurs yetkazib berish yoki mahsulot ishlab chiqarish ko‘zlanadi. Bu holda shartnoma yoki rejani bajarish darajasini aniqlash uchun dastlab haqiqiy o‘zgarish darajasi hisoblanadi. Masalan, joriy davrda 2100 dona yetkazib berilgan yoki ishlab chiqarilgan bo‘lsa, o‘tgan yili esa 2000 dona bo‘lsa, u holda haqiqatda 5% ko‘p (2100*100)/2000=105%) yetkazib berilgan yoki ishlab chiqarilgan. So‘ngra o‘tgan yilga nisbatan haqiqiy o‘sish surati (105%) shartnomada yoki rejada ko‘zlangan o‘sish surati 110%(100+10%=110) bilan taqqoslanadi.

    Shartnoma yoki reja bajarish darajasi

    (105*100)/110=95,5%.

    Demak, 4,5% bajarilmagan.

    Nisbiy miqdorlarni tuzish shunday masalaki, uni yechish jarayonida ma’lum mantiqiy-statistik qoidalarga rioya qilish kerak.

    Birinchi qoida, - nisbiy ko‘rsatkich asosidagi mutlaq (yoki nisbiy) miqdorlar mohiyatan real obyektiv bog‘lanishga ega bo‘lishi kerak. Agarda bu shart bajarilmasa, u holda «daraxt uzunmi yoki tun?», «aql ko‘p-mi yoki bug‘doy» degan iboralar tahlidida ish tutilgandek bo‘ladi. Mazmunan taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar bir biriga muvofiq bo‘lishini ta’minlash zarur. Masalan, moldan sut olish darajasini aniqlash uchun yalpi sog‘ib olingan sut hajmini ona mollar soniga (sigirlar, yoki qo‘ylar, yoki echkilar) bo‘lish kerak. Bu holda yosh buzoqlarni, yoki ho‘kizlarni, qo‘chqorlarni, takalarni hisobga olish noto‘g‘ri bo‘ladi, ammo yung olish darajasini hisoblayotganda esa ona qo‘y va echkilar bilan chegaralanib bo‘lmaydi, chunki qo‘chqorlardan ham, takalardan ham yung olinadi, ammo qora mollarni, eshaklarni, tovuq va boshqa qushlarni qo‘shib bo‘lmaydi, chunki ulardan yung olinmaydi.

    Ikkinchi qoida. Nisbiy ko‘rsatkichlar asosidagi ko‘rsatkichlar faqat bir xossasi (atributi), xususiyati bilan farq qilishi mumkin: masalan, obyekti yoki makoni yoki vaqti yoki rejada ko‘zlanishi yoki haqiqiy ko‘rsatkich ekanligi. Ikki va undan ortiq xossalari (xususiyatlari) bilan farq qiluvchi ko‘rsatkichlarni taqqoslab bo‘lmaydi. Masalan, 2000 yilda O‘zbekistonda paxta ishlab chiqarishni 1990 yil yoki 2005 yilda Qozog‘istonda mis yoki po‘lat eritish bilan solishtirish mantiqqa ega emas.

    Uchinchi qoida. Nisbiy ko‘rsatkich ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan miqdoriy chegaralarni bilish va nazardan chiqarmaslik kerak. Masalan, korrelyatsiya koeffitsiyenti 0 bilan 1 oralig‘ida bo‘lishi, ammo bu chegaraviy qiymatlarga teng bo‘laolmaydi, Jenni yoki Lorens kontsentratsiya koeffitsiyenti 100 foizdan katta bo‘lishi mumkin emas.


    1. Nisbiy miqdorlar orasidagi bog‘lanishlar.

    Atrof – muhit va turmush hodisalari o‘zaro bog‘langandir. Aloqasiz, hech qanday harakat bo‘lishi mumkin emas.



    Yuqorida dinamika nisbiy ko‘rsatkich shakllari misolida zanjirsimon va zaminiy o‘sish suratlari qarab chiqilgan edi. Ular o‘rganilayotgan hodisalarning vaqt bo‘yicha harakatini tasvirlab, birinchisi, davrma-davr o‘zgarishini, ikkinchisi esa boshlang‘ich davrdan boshlab muayyan davrgacha o‘tgan vaqt davomida bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘lchaydi. Shu sababli, zanjirsimon o‘sish suratlari ko‘paytmasi zaminiy o‘sish suratiga teng. Masalan, to‘rt davr uchun bu ko‘rsatkichlar orasida bog‘lanish:

    Misol, O‘zbekiston real yalpi ichki mahsuloti oldingi yilga nisbatan ko‘paygan 1995y. 1996y. 1997y. 1998y. 1999y.

    -0,9% 1,7% 5,2% 4,4% 4,4%

    bundan zanjirsimon o‘sish koeffitsintlari:

    0,991; 1,017; 1,052; 1,044; 1,044.

    Ularning ko‘paytmasi 0,991*1,017*1,052*1,044*1,044=1,156 yoki

    0,991*1,017=1,008*1,052=1,06*1,044=1,107*5,044=1,156.

    Demak, 5 yilda real YaIM 15,6% oshgan.

    To‘plam tuzilishini ta’riflovchi nisbiy ko‘rsatkich dinamikasi (yani vaqtida o‘zgarishi) tarkibiy unsurlari (qisimlari) va umumiy hajmining o‘zgarishiga bog‘liq. Ma’lumki, har bir unsur (qism) hissasi Si=ni/ni (1) bilan aniqlanadi. Ushbu tenglik elementlari dinamikasi - Kni =n1i /n0i ; Kni = n1i / n0i; Ksi =S1i / S0i; bilan ifodalanadi. Tenglikka (1) binoan
    S1i / S0i= (n1i / n1i) : (n0i / n0i) = (n1i / n0i) / (n1i / n0i) = Kni / Kni ; (2)

    Bundan, S1i = Kni * S0i/ Kni ; (3) yoki

    S0i = S1i : Kni / Kni = S1i * Kni /Kni; (4);

    Bu yerda:

    n1i - joriy davrda ayrim unsurlar, qismlar hajmi;

    n0i -ushbu ko‘rsatkich o‘tgan davr uchun;

    n0i van1i - o‘tgan va joriy davrlarda to‘plam umumiy hajmi;

    S1i va S0i - o‘tgan va joriy davrlarda ayrim unsurlar hissasi;

    Kni va Kni - joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan ayrim unsurlar va to‘plam umumiy hajmi o‘zgarishi koeffitsiyentlari;

    KSi –ayrim unsurlar hissasining o‘zgarish koeffitsiyentlari;

    Misol, 1979 va 1989 yildagi aholi ro‘yxatlari orasidagi 10 yillik davr davomida O‘zbekiston aholisi 29,3 % ko‘paygan holda, shahar aholisi 27,8% ga va qishloq aholisi 30,4 % ga oshgan. Shahar va qishloq aholisining hissalari (umumiy aholi sonida) qanday o‘zgargan? shahar aholisining hissasi (2) binoan 127,8/129,3=0,988 yoki 98,8%, qishloq aholisining hissasi 130,4 / 129,3=1,009 yoki 100,9%. Demak, shahar aholisining hissasi 1,2% kamaygan, qishloq aholisining hissasi esa0,9% ga ko‘paygan. Agarda 1979 yil shahar aholisi umumiy aholiga nisbatan 41,2% ni tashkil etgan bo‘lsa, u holda 1989 yil uning hissasi (3) binoan 127,8*41,2 / 129,3=40,7%. Agarda 1989 yil qishloq aholisi hissasi 59,3 % bo‘lgan bo‘lsa, u holda 1979 yil u (4) binoan teng: (129,3*59,3) / 130,4 =58,8%. Yuqorida bayon etilgan bog‘lanishlardan foydalanib to‘plam bo‘yicha o‘rganilayotgan belgining o‘rtacha qiymatining o‘zgarishini hisoblash mumkin. Misol, fermer xo‘jaligida hisobot yil bulturgiga nisbatan umumiy paxta maydoni 15% kamaygan holda yuqori hosilli yer maydoni 20% ga oshgan va umumiy ekin maydonda 70% tashkil etgan. Kam va yuqori hosilli maydonlarda paxta hosildorligi o‘zgarmay qolgan bo‘lsa, barcha paxta maydonida o‘rtacha hosildorlik qanday o‘zgargan? Hisobot yilida yuqori hosilli ekin maydon hissasi (2) binoan 4,3% (120*100)/115 = 104,3 % oshganda o‘tgan yili uning hissasi 67,1 % bo‘lsa, (70 / 104,3) yoki = 67,1% kam hosilli maydon hissasi bu yil 30% (100-70) o‘tgan yili esa 32,9% (100-67,1) tashkil etgan, demak 8,8% (30/32,9=91,2) kamaygan. Maydon kategoriyalarida hosildorlik o‘zgarmaganligi uchun (dinamikasi kh=1,0), o‘rtacha hosildorlik dinamikasi: Kx=Kxi Sxi / Kxi = (1*104.3+1*91.2) / 2 = 195.5 / 2 = 97.75% ni tashkil etadi.

    Demak, o‘rtacha hosildorlik 2,25% kamaygan.

    Fazoviy taqqoslash nisbiy ko‘rsatkichi kAB=A/B solishtirilayotgan ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi ta’siri ostida o‘zgaradi, yani
    K1A1B/K0A0B=(A1/A0) / (B1/B0) = (A1/B1) / (A0/B0) (5)
    Bu yerda: A1 va A0 - joriy va o‘tgan davrda A hudud (mamlakat, millat, obyekt) ko‘rsatkichlari (bo‘linuvchi miqdor);

    B1 va B0 - shu davrlarda B hudud ko‘rsatkichlari (bo‘linuvchi miqdor).

    Misol: 1999 yilda 1998 yilga nisbatan Jizzax viloyatida yalpi ichki mahsulot 11,7%, aholi soni esa 3,9% ko‘paygan Sirdaryo viloyatida YaIM 4,4% oshgani holda aholi soni 2,2% kamaygan Jizzax viloyatida Sirdaryoga nisbatan jon boshiga YaIM ishlab chiqarish qanday o‘zgargan?
    (111,7 : 103,9) / (104,4 : 97,8) = 107,5 / 106,5 = 1,009 yoki 100,9%.
    Demak, Jizzax viloyatida jon boshiga YaIM ishlab chiqarish Sirdaryoga nisbatan 0,9% ko‘paygan.

    Bir obyektga tegishli turli belgilar nisbatini ta’riflovchi intensivlik nisbiy miqdorlarining dinamikasi ham har bir taqqoslanayotgan belgining o‘zgarishiga bog‘liqdir. Yuqoridagi misolimizda jon boshiga YaIM ishlab chiqarishning viloyatlar bo‘yicha taqqoslamasdan, har bir viloyat uchun dinamikasini olib qarasak:


    K A/B = (A1 / B1 ) : (A0 / B0 ) = (A1 / A0) : (B1 / B0) = KA / KB (6).

    Bu yerda:

    A1 va A0 - biror obyektning «A» belgisining joriy va o‘tgan davrdagi ko‘rsatkichi;

    B1 va B0 - ayni obyektning «B» belgisining joriy va o‘tgan davrdagi miqdori;

    K A/B - A va B belgilarining o‘zaro nisbatidan hosil bo‘lgan intensivlik nisbiy ko‘rsatkichining dinamika ko‘rsatkichi (joriy davrda o‘tgan o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi);

    KA -«A» belgisining dinamika nisbiy miqdori;

    KB - «B» belgisining dinamika nisbiy miqdori.

    Yuqoridagi misollarimizda Jizzax viloyatida jon boshiga YaIM ishlab chiqarish 1999 yilda 1998 yil nisbatan 7,5 % oshgan (111,7 / 103,9 = 1,075 yoki 107,5%), Sirdaryo viloyatida esa 6,5% ko‘paygan (103,9 / 97,8 = 1,065 yoki 106,5%).

    O‘zaro bog‘lanishni ta’riflovchi nisbiy ko‘rsatkichlarni dinamikada olib qaralganda ham xuddi shuningdek bog‘lanishlar kuzatiladi. Bu holda o‘zaro bog‘lanish nisbiy ko‘rsatkichining dinamikasi va uni hisoblashda asos bo‘lgan ko‘rsatkichlar dinamikasi aniqlanadi. Masalan, iste’molga (yoki jamg‘arishga yoki chet elga mol chiqarishga, chet eldan mol keltirishga va hokazo) o‘rtacha moyillik koeffitsiyentining dinamikasi pirovard iste’mol (yoki jamg‘arma va hokazo) fondi dinamika nisbiy miqdorini yalpi ichki mahsulot dinamika nisbiy miqdoriga bo‘lishga teng, ya’ni
    Kist=K1(ist)/K0(ist)=(S1(ist)/YaIM1):(S0(ist)/YaIM0 )=(S1(ist)/S0(ist)):(YaIM1/YaIM 0)
    Bu yerda:

    K1(ist) va K0(ist) - joriy va o‘tgan davrlardagi iste’molning o‘rtacha moyillik koeffitsiyentlari.

    S1(ist) va S0(ist) - joriy va o‘tgan davrlardagi pirovard iste’mol fondlari.

    YaIM1 va YaIM 0 - shu davrdagi yalpi ichki mahsulot.

    Masalan, 1999 yilda O‘zbekistonda pirovard iste’mol xarajatlari (haqiqiy baholarda) 1725,5 mlrd.so‘m bo‘lib, 1998 yilga nisbatan (1182,9 mlrd.so‘m) 45,9% ko‘paygan (1725,5*100:1182,9=1,459 yoki 145,9%), yalpi ichki mahsulot shu davrda 1416,2 mlrd.so‘m 2048,4 mlrd so‘m (haqiqiy baholarda) ortgan yoki 44,6% oshgan (2048,4*100:14162=1,446 yoki 144,6%). Bundan iste’molga o‘rtacha moyillik koeffitsiyenti 0,9% ko‘paygan (145,9*100:144,6=100,9%). Haqiqatda ham o‘rtacha moyillik koeffitsiyent 1998 yilda 84,2% (1725,5*100:2048,4), 1998 yil 83,5% (1182,9*100:1416,2) ya’ni 0,9% oshgan (84,2*100:83,5=100,9%).

    Elastiklik koeffitsiyenti dinamikasi to‘rtta ko‘rsatkich: yalpi samara, yalpi resurslar, qo‘shimcha samara va qo‘shimcha resurslar dinamikasi bilan aniqlanadi.

    Birinchi davr elastiklik koeffitsiyenti



    K (e) = ((E1 - E0 ) : (R1 - R0 )) : (E0 / R0 ), ikkinchi davr uchun esa bu koeffitsiyent K (e) = ((E2 - E1 ) : (R2 - R1 )) : (E1 / R1 ) ga teng.

    Ikkinchi davr elastiklik koeffitsiyentining birinchi davr koeffitsiyentga nisbati, ya’ni koeffitsiyentning dinamika nisbiy miqdori
    K Ke = K2(E)/K1(E) = [(E2 - E1 ):(R2 -R1)]:(E1/R1): [(E1-E0 )/(R1-R0)]:(E0 / R0) = [(E2 - E1) / (E1 - E0 ) : (R2-R1)/(R1-R0)]:/ [(E1 / E0 ) : (R1 / R0 )] (7)
    Masalan, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi va jon boshiga tovarlarni harid qilish va xizmatlar uchun to‘lovlar quyidagi miqdorlar bilan ta’riflangan (haqiqiy baholarda):





    1997

    1998

    1999

    Oylik ish haqi (so‘m) (daromad)

    3693 (R0)

    5414(R1)

    8662 (R2)

    Jon boshiga tovar va xizmatlar uchun xarajatlar (ming so‘m talab)

    23,0(E0)

    32,9(E1)

    530(E2)

    Qo‘shimcha talab (ming so‘m)

    -

    9,9(E1-E0)

    20,1(E2 - E1)

    Qo‘shimcha daromad (so‘m)

    -

    1721 (R1 - R0)

    3248 (R2 -R1)

    1 so‘m daromadga talab (so‘m)

    6,23

    6,08

    6,12

    Qo‘shimcha 1 so‘m daromadga qo‘shimcha talab (so‘m)

    -

    5,75

    6,19


    Talabni daromadga nisbatan elastiklik koeffitsiyenti:

    1998/1999 5,75/6,23=0,923

    1999/1998 6,19 / 6,08 = 1,018
    Demak,elastiklik koeffitsiyenti 10.3%(1,018*0,923 = 110,31) oshgan.bu ko‘rsatkichni (7) bo‘yicha hisoblasak
    [(20,1 / 9,9) : (3248 / 1721)] / [(32,9 : 23,0) / (5414 : 3693)] = (2,030:1,887) / (1,430 : 1,466) = 1,0758 : 0,9754 = 1,103 yoki 110,3%.
    Demak, oldingi natijaga ega bo‘lamiz.

    Shartnomani (rejani, normani) bajarish nisbiy ko‘rsatkichlarini ham dinamikada qarash mumkin. Bu holda ularning dinamika nisbiy miqdori haqiqiy bajarish ko‘rsatkichi dinamikasi bilan shartnomada ko‘zlangan ko‘rsatkichning dinamikasi orasidagi o‘zaro nisbatga teng.


    Kk=K1/K0 = [(H1 : Sh1 ) / (H0 : Sh0 )] = (H1 : X0 ) / (Sh1 : Sh0 ) (8)
    Misol, I kvartal uchun shartnomada ko‘zlangan 500 dona o‘rniga 480 dona mahsulot haqiqatda yetkazib berilgan. II kvartalda esa 600 dona o‘rniga 648 dona haqiqatda yetkazilgan.

    Demak, I kvartalda shartnoma 96% (480*100:500 = 96%), II kvartalda esa 108% (648*100:600=108%) bajarilgan yoki I kvartalga nisbatan shartnomani bajarish darajasi 12,5% yaxshilangan (108*100:96=112,5%). Bu natijani (8) tenglik bo‘yicha ham aniqlash mumkin. I kvartal shartnomasiga nisbatan II kvartal shartnomasida 20% mahsulot yetkazib berishni oshirish ko‘zlangan (600*100:500 = 120%). Haqiqatda mahsulot yetkazib berish hajmi 35% oshgan (648*100:480 = 135%).

    Demak, shartnomani bajarish II kvartalda I kvartalga nisbatan 12,5% yaxshilangan (135*100:120 = 112,5%).

    Nisbiy ko‘rsatkichlarni fazo jihatidan o‘zgarishda deb qarash mumkin. Bu holda yuqorida ko‘rib chiqilgan har xil turdagi nisbiy ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishlar o‘z kuchini saqlaydi, faqat taqqoslashlarni vaqt bo‘yicha bajarmasdan, obyektlararo (hududlararo, mamlakatlararo) amalga oshirish lozim.

    Nisbiy miqdorlar haqidagi masalalarni ko‘rib chiqish yakunida yana bir muhim jihatga e’tibor berish kerakki, nisbiy ko‘rsatkichlardan amaliy faoliyatda foydalanish jarayonida ularning soyasida turgan mutlaq ko‘rsatkichlarni hech qachon nazardan chiqarmaslik lozim, chunki ularning katta yoki kichik qiymatlarga ega bo‘lishiga qarab 1% o‘zgarishning og‘irligi (mutlaq qiymati) turlicha miqdorga, demak, ma’noga ega bo‘ladi.


    Asosiy tushuncha va atamalar
    Sifat va miqdor, me’yor va statistik ko‘rsatkich, mutlaq ko‘rsatkichlar, nisbiy ko‘rsatkichlar, taqqoslash va solishtirish, statistik ko‘rsatkichlar tizimi, to‘g‘ri va teskari ko‘rsatkichlar, dinamika nisbiy ko‘rsatkichlari, tuuilma nisbiy ko‘rsatkichlari, o‘zaro bog‘lanish nisbiy ko‘rsatkichlari, fazoviy taqqoslash nisbiy ko‘rsatkichlari, intensivlik nisbiy ko‘rsatkichlari, shartnoma (reja,norma)ni bajarish nisbiy ko‘rsatkichlari.
    Qisqacha xulosalar
    1. Statistik ko‘rsatkichlar ommaviy hodisa va jarayonlar haqida axborotlar beradi, ularning istiqbol dasturlarini ishlab chiqish uchun zamin yaratadi va ularni amalga oshirish ustidan kuchli qurol hisoblanadi. Ulug‘ nemis yozuvchisi, shoiri va mutafakkiri I.V.Gyote abadiy ko‘z yumishidan ikki yil oldin o‘z kotibasi Ekkermann bilan suhbatda: «Aytmishlarki, sonlar go‘yo olamni boshqaradi. Ammo aminmanki, sonlar olam qanday boshqarilayotganini o‘rgatadi».8-degan edi. Rossiyada birinchi marotaba chop etilgan statistika darsligining muallifi K.F.German (1762-1838) o‘z kitobida yozgan edi: ’’Statistika yaxshilikni ham, yomonlikni ham oshkor etuvchi darakchi va hukumat nazoratchisidir’’.9 Haqiqatda ham safsatavoz nutqlar yoki reklama xabarlariga tayanib emas, balki ishonchli aniq statistik ko‘rsatkichlarga asoslanib, xalq ayrim rahbarlarning faoliyatini baholashi mumkin va kerak.

    2.Ilmiy bilishda va amaliy faoliyatda statistik ko‘rsatkichlar qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi:

    -o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni miqdoriy ifodalash va baholash, ya’ni o‘lchash funksiyasi;

    -ularning muhim tomonlariga e’tiborni jalb qilish,yuzaki tomonlarini soqit qilish,ya’ni umumlashtirish funksiyasi;

    -hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni tavsiflash va qonuniyatlarni miqdoriy ifodalash, ya’ni analitik funksiya;

    -axborotlarni ommalashtirish, ya’ni reklama funksiyasi;



    3. Statistik ko‘rsatkichlar rang-barang bo‘lib, ular o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonning turli jihatlarini ta’riflaydi. Hech qaysi ko‘rsatkich turi ustuvorlikka ega emas,uning plyusi va minusi mavjud. Shu sababli iqtisodiy-ijtimoiy tahlilda barcha ko‘rsatkichlar majmui, ularning tizimi qo‘llanilishi kerak.

    Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar


    1. Hodisaning sifati va miqdori deganda nimalar tushuniladi?

    2. Statistik ko‘rsatkich nima,ilmiy bilishda va amaliy faoliyatda u qanday ahamiyatga ega?

    3. Statistik ko‘rsatkich bilan hodisa belgisi o‘rtasida qanday munosabat mavjud?

    4. Statistik ko‘rsatkich qanday unsurlarga ega,uning sifat tomoni nima,miqdor tomoni-chi?

    5. Statistik ko‘rsatkichlarning qanday turlari bor?

    6. Mutlaq ko‘rsatkich deganda nima tushuniladi?

    7. Mutlaq ko‘rsatkichlarning qanday turlarini bilasiz?

    8. Mutlaq ko‘rsatkichlar qanday shakllarda (o‘lchov birliklarida) ifodalanadi?

    9. Shartli o‘lchov birliklari nima va qachon qo‘llanadi?

    10. Nima uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida statistik ko‘rsatkichlarni pulda (qiymatda) ifodalash kerak?

    11. Ayollar, erkaklar va bolalar poyafzallarini, ko‘ylaklarini, kostyumlari va boshqa buyumlarini donalab hisoblab bo‘ladimi? Agarda bo‘lsa, bunday o‘lchash qanday kamchiliklarga ega?

    12. Bilim darajangizni qanday ko‘rsatkichlar yordamida o‘lchash mumkin?

    13. Nima uchun ishlab chiqilgan chit va boshqa gazmol turlari pogonometr va jismoniy metrda o‘lchanadi?

    14. Qaysi holda mashinasozlik mahsulotlari jismoniy birliklarda va qaysi paytda og‘irlik birligida o‘lchanadi?

    15. Qanday maqsad ko‘zlanganda barcha buyumlar og‘irlik birliklarida o‘lchanadi va nima uchun turli o‘lchov birliklarida hisoblanadi?

    16. Aholi ro‘yxatida Sizning yoshingiz qaysi o‘lchov birligida qayd qilinadi?

    17. Hamyoningizda 3000 so‘m bor, yil boshiga nisbatan iste’mol baholari 60% oshgan. Real qiymatda hamyoningizdagi pul necha so‘m?

    18. Siz o‘tgan oyda 1-kun 4 soat, 2-kun 10 soat, 3-kun 6 soat o‘qigansiz, boshqa kunlari kasal bo‘lib o‘qishga kelmagansiz. Qancha odam-soat, odam-kun va odam-oy o‘qishda bo‘lgansiz?

    19. Shirkat xo‘jaligida 5ta 6 qatorli, 8 ta 4 qatorli va 3 ta 2 qatorli paxta terish mashinalari bor, paxta ekin maydoni 500 ga. Ho‘jalik terim mashinalari bilan qanday ta’minlangan?

    20. Nisbiy ko‘rsatkichlar nima va ular qanday ifodalanadi? Foiz bilan koeffitsiyent, foiz bilan promille o‘rtasida qancha farq bor?

    21. Taqqoslash deganda nima tushuniladi, uning qanday turlari mavjud?

    22. Nisbiy ko‘rsatkichlarning qanday turlarini bilasiz?

    23. Nisbiy ko‘rsatkich turlari orasida qanday o‘zaro bog‘lanishlar bor?

    24. Taklif egri chizig‘i asosida qanday nisbiy miqdor yotadi va u qanday tartibda hisoblanadi?

    25. Gruppangizga ikki talaba qo‘shilishi natijasida a’zolar soni 10% oshgan. A’lochilar soni 20% ko‘payib, ularning gruppadagi salmog‘i 40%ga yetgan. O‘tgan yili a’lochilar soni qancha bo‘lgan va gruppada necha foizni tashkil etgan?

    26. Universitet talabalari soni 5% oshgan holda prezident stipendiatlari 20% ko‘paygan. Ularning salmog‘i necha foizga oshgan?

    27. Asosiy fondlar 5% oshgani holda ishlab chiqarilgan mahsulot 4% kamaygan. Fond qaytimi qanday o‘zgargan?


    Asosiy adabiyotlar


    1. Елисеева И.И. Общая тиория статистики. – М.: Финансы и статистика, 2005, 79-100 стр.

    2. Симчера В.М. Статистика. – М.: Финансы и статистика, 2005, 368 стр.

    3. Соатов Н.М. Статистика. Дарслик. – Т.: Тиббиёт нашриёти, 2003, 94-156 б.

    4. Ўзбекистон иқтисодиёти. Таҳлилий шарҳ. – Т., 2006, 231 б.

    5. Макарова Н.В. Статистика в Excel. – М.: Финансы и статистика, 2003, 368 с.

    6. Бендина Н.В. Экономическая статистика. Конспект лекции. М.: Изд. «Прелор», 1999.

    7. Апарин Н.С., Зоварина Е.С., Рябушкин Б.Т. К вопросу о концепции и содержании системы статистических показателей для анализа социально-экономического развития России и ее регионов. Вопросы статистики, 1999, №7.

    8. И.П.Суслов, М.И.Турава. Методология статистических сравнений. М.: Статистика, 1980.

    9. www.mesi.ru.

    10. www.stat.uz.

    4-bob. STATISTIK MA’LUMOTLARNI TAQDIM ETISH USULLARI. JADVALLAR VA GRAFIKLAR
    Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo‘lsin, ularni o‘qish va tushunish oson bo‘lsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud:

    - matnda so‘z bilan bayon etish,

    - jadval shaklida ifodalash;

    - grafiklar orqali tasvirlash.

    Ma’lumotlarni so‘z bilan matnda bayon etish ko‘rinishda yaxshi yo‘lga o‘xshab tuyulsa ham, ammo subyektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin qilishdagi o‘ziga xoslikka bog‘liq. Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama tushunish, bog‘lanishlarini payqash birmuncha og‘irlashadi.
    4.1. Statistik jadvallar.

    Jadval statistik ma’lumotlarni yaqqol, ixcham va umumlashtirib taqdim etish usulidir

    Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so‘z bilan bayon etishga qaraganda o‘rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi.

    Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o‘zaro bog‘lanishda ifodalab, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.

    Jadval 4.1.




    Download 7.16 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   275




    Download 7.16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon va Navoiy viloyat qo‘shma korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyatining ko‘rsatkichlari

    Download 7.16 Mb.