8.9. Kvartil tafovuti yoki nimkvartil kenglik Simmetrik taqsimotda mediana birinchi va uchinchi kvartillar orasidagi masofaning o‘rtasida joylashgan nuqta bo‘lib, bu masofani teng ikki qismga bo‘ladi, ya’ni e-Q1Q3-e
Bu farq variatsiya me’yori sifatida talqin etilishi mumkin. Ammo to‘la simmetrik taqsimot hech qachon bo‘lmagani uchun variatsiya me’yori qilib odatda uchinchi kvartil bilan mediana va mediana bilan birinchi kvartil o‘rtasidagi yarim farq qabul qilinadi, ya’ni:
(8.13).
Nimkvartil kenglik to‘plamning faqat markaziy qismiga xos o‘zaruvchanlikni ta’riflaydi, boshqa qismlariga tegishli variatsiyani hisobga olmaydi. Shuning uchun ham misolimizda u absolut o‘rtacha tafovutga qaraganda kichik qiymatga ega bo‘lgan.
8.1-jadvaldagi misolimizda 2-nchi qavat xonadonlaridan tuzilgan qator uchun eQ247; Q135; Q357 ming so‘m. Nimkvartil kengligi ming so‘m. U variatsion kenglikka (R=62 ming so‘m) qaraganda 5,5 marta kichik, absolut va kvadratik o‘rtacha tafovutlardan ham kichikdir.
8.10. Variatsiya koeffitsiyentlari Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha variatsiya ko‘rsatkichlari o‘rganilayotgan belgi o‘lchangan o‘lchov birliklarida ifodalanadi. Ammo o‘lchov birliklari har xil bo‘lgan to‘plamlar variatsiyasini bu ko‘rsatkichlar yordamida qiyoslab bo‘lmaydi. Turli tabiatga ega bo‘lgan to‘plamlarga xos variatsiyani hatto o‘lchov birliklari bir xil bo‘lsa ham, ular asosida taqqoslash mumkin emas. Shu sababli statistikada variatsiyaning nisbiy me’yorlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Kvadratik o‘rtacha tafovut, absolut o‘rtacha tafovut belgi o‘lchami bilan ifodalangani uchun ularni belgi darajasining biror me’yoriga bo‘lish kerak, masalan
Natijada hosil bo‘lgan ko‘rsatkichlar nisbiy variatsiya ko‘rsatkichlari deb ataladi. Yuqoridagi ifodalardan oxirgisi odatda foizda hisoblanadi va variatsiya koeffitsiyenti deb ataladi.
(8.14)
Bu yerda: - belgining arifmetik o‘rtacha qiymati;
- o‘rtacha kvadratik tafovut.
O‘rtacha miqdor nolga yaqin bo‘lganda bu (8.14) koeffitsiyent birmuncha ishonchsiz hisoblanadi.