shakllantirish va joriy etishga ko„mak dasturi: Dasturning asosiy maqsadi O‗zbekiston aholisi va xo‗jalik yurituvchi
subyektlari tomonidan AKTdan xabardorligi va foydalanishi darajasidagi
o‗zgarishlarni aniqlash va ko‗maklashishdan iborat.
AKTning rivojlanish ko‗rsatkichlari va ularning avvalgi yillar ko‗rsatkichlari
bilan qiyoslanishi quyidagi bo‗limlar bo‗yicha kuzatiladi:
– AKT va aholi;
– AKT va xo‗jalik yurituvchi subyektlar;
– Elektron hukumat;
– Elektron tijorat;
– Elektron sog‗liqni saqlash tizimi;
– Elektron ta‘lim;
«Axborotlashtirish to„g„risida»gi qonun 7 (yangi tahrirda) 2003-yil 11-
dekabrda qabul qilingan bo‗lib, axborotlashtirish axborot resurslari va axborot
tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonunda
«axborotlashtirish» «axborot resurslari», «axborot tizimlari», «sohiblar» va
«mulkdorlar» tushunchalariga ta‘rif berilgan. Ushbu qonunga muvofiq ravishda
axborotlashtirish sohasida davlat tomonidan tartibga solish Vazirlar Mahkamasi va
maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
«Telekommunikatsiyalar to„g„risida»gi qonun 8 , 1999-yilning 20-avgustida
qabul qilingan bo‗lib, telekommunikatsiyalarni yaratish, faoliyat ko‗rsatishi va
rivojlanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
«Elektron raqamli imzo to„g„risida»gi qonun 9 , 2003-yil 11-dekabrda qabul
qilingan, unda elektron hujjatdagi ERI va qog‗ozdagi o‗z qo‗li bilan qo‗yilgan
imzoning tengligini tan olish shartlarini belgilaydi.
Elektron hujjat aylanishi to„g„risida»gi qonun 10 , 2004-yilning 29-aprelida
qabul qilingan, elektron hujjat aylanishi sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga
7
http://www.Lex.uz
8
http://www.Lex.uz
9
http://www.Lex.uz
10
http://www.Lex.uz
17
soladi, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qiladi.
Qonunda elektron hujjatning qog‗oz shaklidagi hujjat bilan teng yuridik
kuchga ega ekanligi belgilab qo‗yilgan.