|
-bob. INFORMATIKA FANLARINING YUTUQLARI VABog'liq Informatika fanini uqitish metodikasi8-bob. INFORMATIKA FANLARINING YUTUQLARI VA
INNOVATSIYALARI
8.1. Informatika va axborot texnologiyalari fanining
yutuqlari va innovatsiyalari
1985-yillarda EHMlarni jamiyatda qo‗llashi bo‗yicha biz yetakchi davlatlardan
masalan AQShdan 20 yil orqada qolgan edik. Mustaqillikga erishganimizdan so‗ng
respublikamizda EHMlarni xalq xo‗jaligi umuman jamiyatda qo‗llanilishga katta
ahamiyat berila boshlandi. Hozirda mavjud informatsiyalarni (axborotlarni) insoniyat
maxsus texnologiya vositasiz qayta ishlash imkoniyatga ega emas.
Mutaxassislarni fikricha hozir har besh yilda mavjud informatsiya taxminan
ikki marotaba ortib bormoqda. Har bir soha mutaxassisi o‗z sohasi bo‗yicha mavjud
informatsiyalarga ma‘lum darajalarda ega bo‗lmasa u hozirgi jamiyat talablariga
javob bera olmaydi. Demak. u o‗z sohasida faoliyat ko‗rsatishi uchun mavjud
informatsiyalarni o‗zlashtirib borishi, tez suratlar bilan ortib borayotgan
informatsiyalarni o‗z vaqtida o‗zlashtirib borish texnologiyasiga ega bo‗lishi zarur.
Informatsiyalar oqimini o‗zlashtirish, qabul qilish va uzatish jamiyatni
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega, chunki jamiyatni (davlatni) boshqarishda
bo‗layotgan hodisa va voqealar to‗g‗risida to‗la va tez informatsiya olish davlatni
rivojlanishini strategik yunalishlarini aniqlash, zarur qarorlar ishlab chiqish
imkoniyatini beradi.
Bugungi kunda respublika ta‘lim muassasalarida minglab kompyuterlar
mavjud bo‗lib, ularning asosiy qismini Pentium rusumli zamonaviy kompyuterlar
tashkil etadi. Bu kompyuterlar zarur dasturiy mahsulotlar bilan ta‘minlangan. Ta‘lim
muassasalarida, shu jumladan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Internet
xalqaro axborot tarmog‗idan va elektron pochta xizmatidan foydalanuvchilar soni
tobora oshib bormoqda. Navbatdagi dolzarb vazifalar sifatida dunyoda mavjud
bulgan ilg‗or va zamonaviy informatsion-pedagogik texnologiyalarni o‗rganish,
ularni o‗quv jarayoniga tatbiq etish, oliy o‗quv yurtlari, akademik litseylar va kasb-
hunar kollejlari o‗rtasida yagona axborot tarmog‗ini tashkil etish, o‗quv jarayoniga
qo‗llash uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, virtual kutubxonalar tashkil etish
va ularni uzluksiz tarzda jahonda mavjud va respublika ta‘lim muassasalarida
tayyorlanayotgan elektron darsliklar bilan boyitish kabilar belgilangan.
XXI asrda oliy va o‗rta maxsus o‗quv yurtlarining bitiruvchilari yangi
sharoitlarga ijodiy va kasbiy yondashishga tayyorlangan bo‗lishlari lozim. Shu
sababli Respublikamizda ta‘lim sohasida ham boshqa sohalardagi kabi katta
o‗zgarishlar amalga oshirilmoqda.
|
| |