80
muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishni ta‘minlash. Keyingi yillarda
masofaviy ta‘lim (lotincha distantia-masofa) uzluksiz ta‘lim tizimida keng
qo‗llanilmoqda.
O‗qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda, faqat o‗quv tarbiya
jarayonga qo‗llanishi mumkin bo‗lgan eng yangi axborot texnologiyalarni
tushuniladi. Axborot texnologiyasi tushunchasiga turli olimlar turlicha ta‘rif
berganlar. Ularning ba‘zilarini keltiriramiz.
Axborot texnologiyasi axborot hosil qilish mehnat usullari, hisoblash texnikasi
hamda
boshqa texnikalar majmuasi, ularni nomashinaviy jarayonlar bilan birlashtirish
va ularni qo‗shib olib borish majmuyidir
41
.
Yangi axborot texnologiyalari-turli toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM
asosida axborot olish va qayta ishlash bo‗yicha xizmatlar bilan ta‘minlashdan
iborat
42
.
Axborot texnologiyalari ijtimoiy hayotining barcha sohalari uchun axborot
yaratish, to‗plash, uzatish, saqlash, va qayta ishlash hisoblash texnikasi va aloqa
tizimlaridan foydalanishdir
43
.
Turli-tuman axborotlarni jamiyatda foydalanishni keng tarqalishi munosabati
bilan «Informatika fanidan» «Axborot texnologiya» fani ajralib chiqdi.
Ta‘lim muassasasida axborot texnologiyasi deganda,
o„qituvchi-kompyuter –
talaba tizimini tushunish mumkin.
Axborot
texnologiyalarining
vositalari
qatoriga:
kompyuter,
skaner,
vebkamera, videokamera,
LCD proyektor, faks modem, telefon, elektron pochta,
multimedia vositalari, Internet va Internet tarmoqlari, axborot tizimlari, ma‘lumotlar
omborini boshqarish tizimlari, sun‘iy yo‗ldosh aloqa tizimi, sun‘iy aql tizimi, va
usullarga
innovatsion
texnologiyalar,
turli
o‗qitish metodlari (an‘anaviy,
noan‘anaviy), Internet va Internet tarmoqlaridan (lokal va global) foydalanish
usullari,
telekommunikatsiya, masofali o‗qitish, teleanjuman, videoanjuman, chat,
forumlar o‗tkazishni kiritish mumkin
Axborot vujudga kelish va rivojlanishi omillari
ikki: ichki va tashqi turda
bo‗ladi.
Ichki omillar – axborotni paydo bo‗lishi, turlari, xossalari, amallar bajarish
(uzatish, saqlash)
qabul qilish, yig‗ish, o‗zgartirish, qayta ishlash bo‗lsa, tashqi
omillar – texnik vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishdan
iborat.
2012-2013-yillarda 166 ta dunyo mamlakati tadqiq qilingan bo‗lib, uning
natijalari ―2014-yil axborotlashgan jamiyat o‗lchovlari‖ (Measuring the Information
Society 2014) nomli ma‘ruzada e‘lon qilingan. 2014-yilgi reytingda yuqori o‗rinlarni
Daniya (1), Janubiy Koreya (2), Shvetsiya (3), Islandiya (4) va Buyuk Britaniya (5).
Birinchi 10 ta mamlakatdan 8 tasi Yevropadan. Qolgan ikki mamlakat Osiyo-
Tinch okeani hududiga tegishlidir: Janubiy Koreya (2) va Gonkong (9).
41
Шофар Н.Д. Сущность и основние формы информационных технологий. // Экономика и организация
информационных технологий. – Свердловск, 1988. С. 129-132.
42
Анри Ф. Заочное обучение и коммуникация с помощью ЭВМ / Переспективи. Вопросы образования. 1989. №
1. С. 92-97.
43
Попел Г., Голстайн Б. Информационная технология: миллионные прибили. – М., 1990.
81
Reytingdagi birinchi 30 ta o‗rinni daromadi yuqori darajali mamlakatlar
egallashgan, bu daromad bilan AKT sohasidagi o‗sish chambarchas o‗zaro aloqada
ekanligini ko‗rsatadi. Rivojlangan mamlakatlar bilan
rivojlanayotgan mamlakatlar
o‗rtasida farq juda katta bo‗lib, u o‗rtacha ikki barobarni tashkil qiladi. Rossiya 42
o‗rinni, Qozog‗iston –53, O‗zbekiston-115 o‗rinni (2013-y. – 116 o‗rinni) tashkil
qilgan.
Daniya. Daniyaning ta‘lim vazirligi ta‘lim tizimiga AKTni tatbiq qilish va
rivojlantirishning quyidagi strategik siyosatini maqsad qilib oldi:
- Ta‘lim tizimidagi kadrlar tayyorlash darajasi axborotlashgan jamiyat
talablariga mos bo‗lishi kerak;
- AKT asosida yangi pedagogik yondashuvlarni ishlab chiqish va qo‗llash
lozim.
AKT sohasidagi Daniya ta‘lim vazirligi siyosatining asosiy qismini tashkil
qiluvchilar quyidagilar hisoblanadi:
- tadqiq qilish,
- rivojlantirish,
- ishlab chiqish,
- tajribaviy tekshirish va pedagogik innovatsiyalarni tarqatish,
- ulardan eng yaxshilarini o‗quvchilar, talabalar, o‗qituvchilar va butun ta‘lim
sektoriga tarqatish va o‗zaro almashinish uchun tuzulmani yaratish.
Yuqorida keltirilgan strategik maqsadlar Daniya ta‘lim vazirligining beshta
asosiy yo‗nalish faoliyatida amalga oshirilmoqda:
1. AKT sohasidagi tayanch bilimlarni shakllantirish.
2. AKTni tatbiq qilishga rahbarlarda ijobiy munosabatni shakllantirish.
3. O‗quv jarayonini tashkil qilishning yangi tamoyillarini ishlab chiqish.
4. Elektron infratuzilmani yaratish.
5. Elektron shakldagi o‗quv materiallarini ishlab chiqish.
Janubiy Koreya, AKTdan foydalanish va elektron ta‘limni rivojlantirish
bo‗yicha yetakchi bo‗lib olgan, elektron ta‘lim sohasida tizimli va bosqichma bosqich
davlat siyosatini olib bormoqda.
Janubiy Koreya allaqachon yangi ta‘lim tizimni qo‗llashga kirishdi: elektron, u
bir qancha bosqichda. 2014-yilda elektron ta‘limga boshlang‗ich maktab o‗tkazildi,
keyingi ikki yilda u o‗rta va katta maktabda amalga oshirish mo‗ljallangan. 2013-
yildan ba`zi mashg‗ulotlar onlayn tartibida o‗tkazilmoqda. Ob-havo yomon bo‗lganda
yoki kasalligi tufayli maktabga kelish imkoniyati bo‗lmagan o‗quvchilar
boshqalar
bilan bir qatorda o‗qishni davom ettirishlari mumkin.
Koreyada elektron ta‘limni qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish bilan quyidagi
idoralar shug‗ullanadi:
1. Mehnat vazirligi – kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirishda