84
9.2. Informatika va axborot texnologiyalaridagi innovatsiyalardan
ta‟lim jarayonida foydalanish
PI quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- ta‘lim-tarbiyaning yagona tizimdan iborat ekanligi, undagi uzluksiz ta‘lim
tizimi va tarkibining yaxlitligi, birligi hamda bir-biri bilan uzviy bog‗langanligi;
- ta‘lim-tarbiya jarayonini olib borishda optimal variantlarni topishga erishishi;
- zamonaviylik: ta‘lim-tarbiya uslubiyatini zamonaviy
fan-texnika yutuqlari
bilan boyitib borish, undagi sifat o‗zgarishlarini va samaradorlikni qo‗lga kiritib
borish borasida muntazam ravishda yangi pedagogik texnologiyalar va yangi axborot
texnologiyalaridan foydalanishga
erishish;
- ilmiylik: ta‘lim-tarbiya tizimini muntazam ravishda rivojlantirib borish
maqsadida uzluksiz ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borish;
- «O‗qituvchi-talaba» tizimidagi faoliyatni oqilona
amalga oshirish va unda
talabalar manfaati, qiziqishi, intiluvchanligi asosiy e‘tiborda bo‗lishi;
- moddiy-texnik bazani zamon talabi asosida yaratish,
pedagogik jarayonda
axborotlashtirish muhitiga e‘tibor berish;
- axborot texnologiyalari va texnikalaridan foydalanish samaradorligini
oshiruvchi elektron darslik va o‗quv qo‗llanmalarni ishlab chiqish,
shuningdek
masofaviy ta‘lim va «Internet»dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- talabalar bilimini baholashdagi xolislikni ta‘minlash va uni avtomatlashtirish
hamda bilim monitoringini muntazam ravishda nazorat qilib borish va kerak
bo‗lganda tuzatishlar kiritish;
- ta‘lim-tarbiyaning davlat siyosatiga,
jamiyatga mosligi, barkamol avlod
tarbiyasi asosi ekanligi va shu kabilar.