|
Pedagogik ta‟limda innovatsion ta‟lim texnologiyalari va ta‟limBog'liq Informatika fanini uqitish metodikasi
9.3. Pedagogik ta‟limda innovatsion ta‟lim texnologiyalari va ta‟lim
innovatsiyalari tushunchalarining mazmuni
Lug‗aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda
(―innovation‖) ―yangilik kiritish‖ degan ma‘noni anglatadi. ―Innovatsiya‖
tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
―O‗zbekiston Milliy ensiklopediyasi‖da ko‗rsatilishicha, innovatsiya
quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: ―Innovatsiya (ingl. ―innovationas‖ –
kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni
ta‘minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‗lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va
ilg‗or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil
etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat
doiralarida qo‗llanishi
44
‖.
A.I. Prigojinning fikriga ko‗ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda
muayyan ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga
yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turg‗un elementlar bilan boytib
borish tushunilishi lozim. Bu o‗rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita
ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi.
Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim,
qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o‗ziga xos
innovator faoliyatni tashkil etadi.
Amerikalik psixolog E. Rodjers o‗z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega
ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga
yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning
yangilikka bo‗lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga
bo‗lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o‗rtasidagi innovatsion
xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini o‗rgangan.
|
| |