100
4. Nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi. Talabalar olgan nazariy
bilimlarini, amalda qo‗llay olishi ko‗nikmasini shakllantirish nazarda tutiladi.
5. O‗quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi. Vaqt
o‗tishi bilan fan olamida yangi-yangi kashfiyotlar, ma‘lum bir ilmiy qonun-qoidalar
paydo bo‗lib, fan takomillashib boradi. Dastur fanning kelajakdagi itsiqbolini o‗zida
qisqacha ifodalaydi.
6. O‗quv dasturi davlat tomonidan tasdiqlangan reja asosida bakalavr, magistr,
litsey, gimnaziya, kollejlarga alohida-alohida tuziladi.