|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitetiBog'liq Informatika fanini uqitish metodikasiDarslik. Darslik o‗quv jarayonining asosi. Darslik o‗quvchining uydagi
muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, darslik,
ya‘ni fan obyektiv borliq o‗rtasidagi muhim qonuniyatli bog‗lanishlarini aks ettiradi,
darslikdagi bilimlar tizimi o‗zaro ichki, mantiqiy bog‗lanishlarga ega bo‗lib, ular
didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan. Darslik quyidagi talablarga amal
qilgan holda yaratiladi:
1. Har bir o‗quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi va
uning hajmi dastur talablariga sinf o‗quvchilarining yosh xususiyatlariga mos kelishi
kerak.
2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari, g‗oyaviy
yo‗nalishlari tizimli va izchil bo‗lishi talab qilinadi. Ular hayotdan olingan, ishonarli
bo‗lishi lozim. Keltirilgan fakt va dalillarning ishonchli bo‗lishi, ular to‗g‗ri tahlil,
aniq ta‘rif etilishi tegishli xulosalar chiqarilishi lozim. Shu holdagina o‗quvchilardagi
ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi.
3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‗langan bo‗lishi kerak.
4. Darslikda mavzu sodda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va
ta‘riflari berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va
bezatilishi o‗quvchining yoshiga mos, fanning xarakteriga monand bo‗lmog‗i zarur.
5. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo‗lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak.
Mamlakatimizda pedagogika ilmi ham, amaliyoti ham yangilanib bormoqda.
Ma‘lumki, har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi.
Pedagogika o‗quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o‗ziga
xosliklarini to‗liq hisobga olgandagina yuqori samaradorlikka erishishi mumkin.
Hozirgi davrda yaratilayotgan darsliklarning asosiy kamchiligi millatimiz
bolalarining psixologik o‗ziga xosliklarini, fikrlash tarzini to‗liq hisobga olishga
erisha olinmayotganida, deb bilamiz. Bizning mutaxassislarimiz didaktik vositalar
orqali o‗quvchilarga hamma gapni aytib berishga odatlanib qolishgan. Holbuki,
o‗quvchini o‗qitish kerak emas, uni o‗zini o‗qiydigan holatga olib kelish lozim. Toki
bolaning o‗zi izlanmas ekan, ta‘limda yutuqa erishish mumkin emas.
|
| |