|
-bob. MUSTAQIL MASHG„ULOTLARNI TASHKIL ETISHBog'liq Informatika fanini uqitish metodikasi12-bob. MUSTAQIL MASHG„ULOTLARNI TASHKIL ETISH
VA O„TKAZISHNING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
12.1. O„quv jarayonida talabalar mustaqil ishlarining tutgan o„rni
Informatika va axborot texnologiyalari sohasi bo‗yicha mutaxassislar
tayyorlovchi oliy texnika o‗quv yurtlarida o‗quv jarayoniga xos ishlarni tashkil
etish usullari va shakllari xilma-xildir. Mazkur jarayonning ajralmas qismi
talabalarning mustaqil ishlashidir. Mustaqil ishlar joriy o‗quv jarayoni bilan
birgalikda va uzviy bog‗liqlikda olib boriladi.
Talaba yoshlarning mustaqil mutolaa qilishlari uchun zamonaviy kutubxona,
o‗quv zallari, kompyuter markazlari, xalqaro ilmiy axborot markazlari bo‗lishi katta
ahamiyatga ega.
Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish, «Talaba mustaqil ishini
tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‗grisidagi Nizom» asosida olib
boriladi. Mazkur nizom O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil
16-avgustdagi Oliy va o‗rta ta‘lim vazirligining 2005-yil 21-fevraldagi 34-sonli
buyrug‗i bilan tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va
baholash tartibi to‗g‗risidagi» nizomga asosan ishlab chiqilgan hamda kadrlar
tayyorlash sifatini nazorat qilishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish,
nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi.
Talabaning mustaqil ishi o‗quv rejasida muayyan fanni o‗zlashtirish uchun
belgilangan o‗quv ishlarining tarkibiy qismi bo‗lib, u uslubiy va axborot resurslari
jihatidan ta‘minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat
qilinadi.
Talabalar mustaqil ishlarining mazmuni va asosiy shakllari. Fan bo‗yicha
talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish ularda iqtisodiy bilim, dunyoqarash, ijtimoiy
faollik va mustaqil fikrlashni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o‗z ichiga
oladi. U o‗quv rejasi va fanlar dasturlarida ko‗zda tutilgan zarur bilimlar va
ko‗nikmalarning talabalar tomonidan oqilona, kam vaqt va kuch sarflab
o‗zlashtirilishini ta‘minlaydi.
Iqtisodiyot nazariyasini o‗qitish jarayonini takomillashtirish, talabaning
qiziqishlarini, anglash faolligini va mustaqil ishlarini rivojlantirish yo‗nalishida
boradi, bunda ijodiy fikrlash, mustaqil o‗qish, ko‗nikma va layoqatlari shakllanadi.
|
| |