112
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‗zaro muloqotda, o‗zaro bahs-
munozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir.
Bu usulning afzalligi
shundaki, butun faoliyat o‗quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‗rgatib, mustaqil
hayotga tayyorlaydi.
O‗qitishning interfaol usullarini tanlashda ta‘lim maqsadi, ta‘lim
oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o‗quv muassasasining o‗quv-moddiy sharoiti,
ta‘limning
davomiyligi, o‗qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e‘tiborga
olinadi.
Interfaol metodlar deganda, ta‘lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil
fikrlashga undovchi, ta‘lim jarayonining markazida ta‘lim oluvchi bo‗lgan metodlar
tushuniladi. Ta‘lim oluvchi markazda bo‗lgan yondashuvning foydali jihatlari
quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
ta‘lim samarasi yuqoriroqbo‗lgan o‗qish-o‗rganish;
ta‘lim oluvchining yuqori darajada rag‗batlantirilishi;
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e‘tiborga olinishi;
ta‘lim
jarayoni
ta‘lim
oluvchining
maqsad
va
ehtiyojlariga
muvofiqlashtirilishi;
ta‘lim oluvchining tashabbuskorligi va mas‘uliyatining qo‗llab-quvvatlanishi;
amalda bajarish orqali o‗rganilishi;
ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Shunday qilib, fanlarni o‗qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish
o‗ziga xos xususiyatga ega. Ta‘lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol
metodni sinchiklab o‗rganish va amalda qo‗llash o‗quvchi-talabalarning
fikrlashini
kengaytiradi hamda muammoning to‗g‗ri yechimini topishlariga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatadi.
Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta‘lim
strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin.
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta‟lim metodlari quyidagilar sanaladi:
1. Interfaol metodlar: ―Keys-stadi‖ (yoki ―O‗quv keyslari‖), ―Blits-so‗rov‖,
―Modellashtirish‖, ―Ijodiy ish‖, ―Muammoli ta‘lim‖ va b.
2. Interfaol ta‘lim strategiyalari: ―Aqliy hujum‖, ―Bumerang‖, ―Galereya‖,
―Zig-zag‖, ―Zinama-zina‖, ―Muzyorar‖, ―Rotatsiya‖, ―Yumaloqlangan qor‖ va sh.k.
Interfaol ta‘lim metodlari tarkibidan interfaol ta‘lim strategiyalarini ajratishda guruh
ishini tashkil qilishga yondashuv ma‘lum ma‘noda strategik yondashuvga
qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‗proq
jihatdan interfaol
ta‘lim metodlariga tegishli bo‗lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‗q.
3. Interfaol grafik organayzerlar
: ―Baliq skeleti‖, ―BBB‖, ―Konseptual
jadval‖, ―Venn diagrammasi‖, ―T-jadval‖, ―Insert‖, ―Klaster‖, ―Nima uchun?‖,
―Qanday?‖ va sh.k. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday
mashg‗ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko‗rinishda
ifodalanishiga asoslaniladi. Shu munosabat bilan yuqoridagi tasnif bo‗yicha hozirgi
ayrim interfaol ta‘lim metodlarining turli shakllardagi o‗quv mashg‗ulotlari
texnologiyalari bilan qo‗llash uchun qulayligi shartli ravishda quyidagi 6-jadvalda
keltirildi.