Ta‟lim metodi – o‗qituvchining o‗quvchilar bilan muntazam qo‗llaydigan,
o‗quvchilarga o‗z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va
ko‗nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish
usuli. Belgilangan ta‘lim berish maqsadiga erishish bo‗yicha ta‘lim beruvchi va
ta‘lim oluvchilar o‗zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullari
majmuasidir.
Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o‗tkazish metodlari, usullari,
yo‗llari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida
ma‘lum o‗quv fanini o‗qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o‗rganish yoki amalga oshirish tartibi.
Uslub – biror narsa, hodisa, jarayonni o‗rganish yoki amalga oshirish uchun
qo‗llash lozim bo‗lgan usullar majmuasi.
Yo„l (ruscha – приём) – biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan
harakat turi.
Yuqorida aytilganlardan ko‗rinadiki, har bir ta‘lim metodi tarkibiga muayyan
ta‘lim-tarbiyaviy vazifani bajarishga qaratilgan ish-harakat usullari, yo‗llari kiradi.
Hozirda amaliyotda qo‗llanilayotgan ta‘lim metodlari xilma-xil hamda ko‗p
sonli bo‗lib, ularning har biri o‗ziga xos xususiyatlarga, ta‘lim-tarbiyaviy
imkoniyatlarga ega, muayyan maqsadlarga, sharoitlarga mos ekanligi va boshqa
sifatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Bundan ko‗rinib turibdiki, bu metodlarning har
biri muayyan ta‘lim-tarbiyaviy maqsadlar uchun mos bo‗lib, uning o‗rniga boshqa
metodni qo‗llash maqsadga muvofiq emas. Chunki boshqa metod ushbu maqsad
uchun mos emas ekanligi ma‘lum.
Shu sababli ta‘lim metodlarining qaysinisidan qaysi maqsad uchun foydalanish
ko‗zda tutilgan samarani berishini bilish muhim ahamiyatga ega. Lekin bu masala
hozirgacha to‗liq o‗rganilgan emas. Bu masala avvalo ta‘lim metodlarini ma‘lum
belgilariga ko‗ra turlarga ajratib olish va ularning asosiy xarakteristikalarini
aniqlashni talab qiladi. Shuni hisobga olgan holda zamonaviy ta‘lim metodlarini
turlarga ajratish dolzarb masaladir. Buni hal qilish uchun zamonaviy ta‘lim
metodlarining turlarga ajratish uchun zarur bo‗lgan asosiy belgilarini aniqlab olish
lozim. Bu belgilar quyidagilar bo‗lishi mumkin:
Bajaradigan vazifasiga, ko‗zda tutiladigan natijaga, ta‘limiy va tarbiyaviy
maqsadlarga, pedagogik va psixologik yo‗nalishlariga, ta‘lim oluvchilarning yoshiga
muvofiqligiga, ayrim fanlarni (ijtimoiy, tillar, tabiiy, aniq, amaliy va boshqa fanlarni)
o‗qitishga, nazariy va amaliy bilim, ko‗nikma va malakalarni o‗rgatishga,
o‗zlashtirishni nazorat qilishga tegishli va boshqa belgilar.
Shu belgilariga ko‗ra ta‘lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin
54
:
54
http://www.ziyonet.uz
105
1. Bajaradigan vazifasiga tegishli belgilariga ko‗ra ta‘lim metodlarini quyidagi
turlarga ajratish mumkin:
Nazariy bilim berish metodlari.
Amaliy ko‗nikma va malakalarni o‗rgatish metodlari.
Amaliy mashklar bajarishni o‗rgatish metodlari.
Bilim, ko‗nikma va malakalarni mustahkamlash metodlari.
Bilim, ko‗nikma va malakalarni o‗zlashtirishni nazorat qilish metodlari va
boshqalar.
2. Ko‗zda tutiladigan natijaga tegishli belgilariga ko‗ra ta‘lim metodlarini
quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Mashg‗ulot sifati va samaradorligini oshirish.
Ta‘lim oluvchilarning o‗zlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Ta‘lim oluvchilarning iqtidorlari yo‗nalishlarini aniqlash.
Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
Yuqori o‗zlashtirishlariga erishish.
Bilimlarni o‗zlashtirishlariga erishish.
Amaliy ko‗nikma va malakalarni o‗zlashtirishlariga erishish.
Faolliklarini oshirishga erishish.
Qiziqishlarini orttirishga erishish.
3. Ta‘limiy va tarbiyaviy maqsadlarga tegishli belgilariga ko‗ra ta‘lim
metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Mustaqil fikrlashga o‗rgatish.
Mustaqil qarorlar qabul qilishga o‗rgatish.
Vazifalarni mustaqil bajarishga o‗rgatish.
Ta‘lim jarayoni ishtirokchilarini faollashtirish.
Tanqidiy fikrlashga o‗rgatish.
4. Pedagogik va psixologik yo‗nalishlariga tegishli belgilariga ko‗ra ta‘lim
metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Interfaol ta‘lim metodlari.
Didaktik uyinlar metodlari.
Muammoli ta‘lim metodlari.
O‗quvchi shaxsiga yo‗naltirilgan ta‘lim metodlari.
Differensial ta‘lim metodlari.
Yakka (individual) ta‘lim metodlari.
Evristik ta‘lim metodlari.
Dogmatik ta‘lim metodlari.
Reproduktiv ta‘lim metodlari.
Produktiv ta‘lim metodlari.
Ijodiy ta‘lim metodlari.
Badiiy ta‘lim metodlari.
Estetik tarbiya va ta‘lim metodlari.
Jismoniy tarbiya va sport ta‘limi metodlari.
Mehnat ta‘limi va tarbiyasi metodlari.
Maxsus ta‘lim metodlari.
106
Katta yoshdagilar ta‘limi metodlari va boshqalar.
5. Ta‘lim oluvchilarning yoshiga muvofiqligiga tegishli belgilariga ko‗ra ta‘lim
metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Oliy ta‘lim muassasalari uchun mos metodlar.
O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari uchun mos metodlar.
Umumiy o‗rta ta‘lim muassasalari uchun mos metodlar.
Maktabgacha ta‘lim muassasalari uchun mos metodlar.
Maktabdan tashqari ta‘lim muassasalari uchun mos metodlar.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta‘lim muassasalari uchun mos metodlar.
Maxsus ta‘lim muassasalari uchun mos metodlar.
6. Ayrim fanlarni (ijtimoiy, tillar, tabiiy, aniq, amaliy va boshqa fanlarni)
o‗qitishga tegishli belgilariga ko‗ra ta‘lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish
mumkin:
Ijtimoiy fanlarni o‗qitishga mos metodlar.
Tillarni o‗qitishga mos metodlar.
Tabiiy fanlarni o‗qitishga mos metodlar.
Aniq fanlarni o‗qitishga mos metodlar.
Amaliy fanlarni o‗qitishga mos metodlar.
Texnika fanlarini o‗qitishga mos metodlar va boshqalar.
7. Nazariy va amaliy bilim, ko‗nikma va malakalarni o‗rgatishga tegishli
belgilariga ko‗ra ta‘lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Nazariy bilimlarni o‗rgatishga mos metodlar.
Amaliy bilim, ko‗nikma va malakalarni o‗rgatishga mos metodlar.
Har turli texnika vositalaridan foydalanish, ularni boshqarishni o‗rgatishga mos
metodlar.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni o‗rgatishga mos
metodlar.
Kasb-hunarlarni o‗rgatishga mos metodlar va boshqalar.
8. O‗zlashtirishni nazorat qilishga tegishli belgilariga ko‗ra ta‘lim metodlarini
quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Yozma ishlar bajarish: diktant, bayon, insho va sh.k.
Nazorat ishlarini bajarish: joriy, oraliq, yakuniy nazorat ishlari.
Mashqlar bajarish.
Masalalar yechish.
Mustaqil ishlar bajarish.
Og‗zaki so‗rov (savol-javoblar), imtihon, sinov.
Test sinovlari va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan ta‘lim megodlarining turlari ma‘lum darajada shartli
bo‗lib, bu esa har bir ta‘lim metodi bir vaqtda bir nechta sifat va xususiyatlarga ega
ekanligi bilan bog‗liq. Shu sifat va hususiyatlarning eng umumiy belgilari sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin:
So‗zlash va tinglashga asoslangan metodlar.
So‗zlash, tushuntirish va tinglashga asoslangan metodlar.
107
So‗zlash, ko‗rgazmali vositalardan foydalanib tushuntirish va ko‗rish,
tinglashga asoslangan metodlar.
Monologik ma‘ruza metodi.
Suhbat metodi.
Savol-javoblar metodi.
Bahs, munozaralar metodi.
Ishchanlik o‗yinlari metodi.
Rolli o‗yinlar metodi.
Didaktik o‗yinlar metodi.
Hamkorlikda ishlash metodi va hokazo.
Ta‘lim metodlarining ushbu umumiy belgilari so‗zlash-tinglash, ko‗rsatish-
kuzatish, tushuntirish-fikrlash, mustahkamlash-takrorlash jarayonlaridan iborat
bo‗lib, bu belgilar aslida har bir metod uchun xosdir. Bunday umumiylik ta‘lim
metodlarini amalda qo‗llashda birmuncha keng imkoniyatlar berishi tabiiy. Bu esa
ta‘lim metodlarini ma‘lum maqsad bo‗yicha tanlashda hisobga olinishi zarur omildir.
Ta‘lim metodlarida o‗qitishning obyektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni,
tamoyillari, shakllari o‗z aksini topadi.
Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga uzviy boliq va biri boshqalarini
taqozo qiladi, ya‘ni o‗qitishning maqsadi, mazmuni, shakli, hosilasi sifatida metodlar
didaktik kategoriyalarga tegishlicha ta‘sir ko‗rsatadi.
Har bir ta‘lim metodining tarkibiy tuzilishida shu metodning o‗ziga xos
bo‗lgan obyektiv va subyektiv jihatlar ajralib turadi.
Metodlarning obyektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar va
qonuniyatlar, tamoyillar va ta‘riflar, shuningdek, mazmun butunligining doimiy
komponentlari, o‗quv faoliyatining shakllariga xos bo‗lgan umumiy jihatlar aks etadi.
Metodlarning subyektiv jihati pedagog shaxsi, ta‘lim oluvchilarning o‗ziga
xosligiga va mavjud sharoitga boliq bo‗ladi.
Ta‘lim metodlari ko‗p parametrlarga ega va ko‗p o‗lchovli bo‗lib, ularning bu
xususiyatlari ta‘lim-tarbiyaviy maqsad va vazifalar hamda ularni amalga oshirish
shakllarining turli-tumanligi bilan bog‗liq. Shu munosabat bilan ta‘lim metodlarini
tasniflashda ham har turli yondashuvlar mavjud. Buning natijasida ta‘lim
metodlarining ko‗plab tasniflari kelib chiqqan. Quyida ularni qisqacha ko‗rib
chiqamiz.
Ta‘lim metodlari tasnifi muayyan belgilar asosida tartibga solingan tizimdir.
Ma‘lumki, didaktik tadqiqotlar o‗qitishni dialektik jarayon sifatida o‗rganadi. Bunga
ko‗ra ta‘lim metodlari tizimi o‗sish, o‗zgarish, harakatda bo‗lib, ta‘lim mazmunida
yuz berayotgan barcha o‗zgarishlarni hisobga olgan holda rivojlanib borishi hisobga
olinadi. Shunga muvofiq, ularni tasniflashda ham ushbu ro‗y berayotgan o‗zgarishlar
tegishlicha aks etib boradi.
Ta‘lim metodlarini tasniflashda ularning an‘anaviyligi, didaktik maqsadi, bilish
faoliyati harakteri, o‗quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish
xususiyatlari. O‗quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va stimullash xususiyatlari,
o‗quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va o‗z-o‗zini nazorat qilish
xususiyatlari kabi belgilariga asoslaniladi.
108
Ta‘lim metodlarini tasniflash shakllariga doir ayrim misollarni ko‗rib
chiqamiz.
1. An‘anaviy ta‘lim metodlari tasnifi. Bu metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va
pedagogik tizimlar tashkil etadi.
Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: amaliy, ko‗rgazmali, ifodali,
kitob bilan ishlash va video metodlar.
2. Didaktik maqsadi bo‗yicha tasnifi.
ilk bor bilimlarni o‗zlashtirish metodlari;
egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari.
3. Ta‘limning umumiy maqsadiga ko‗ra metodlar tasnifi:
bilimlarni egallash;
malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish;
bilimlarni qo‗llash;
ijodiy faoliyat;
mustahkamlash metodlari;
bilim, malaka va ko‗nikmalarni tekshirish metodlari.
4. Idrok etish – bilish faoliyati xarakteriga ko‗ra metodlar tasnifi:
tushuntirish – illyustrativ (axborot – resteptiv). Ularning xarakterli
xususiyatlari: bilimlar ―tayyor holda‖ tavsiya etiladi; bunda bilimlarni idrok qilish
tashkil etiladi; bilimlar idrok (restepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga
joylashtiriladi;
reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon
qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli o‗zlashtiriladi, ularning tushunilishi va
eslab qolinishiga erishiladi hamda bilimlarning mustahkamligi tez-tez takrorlash yo‗li
bilan ta‘minlanadi.
muammoli bayon qilish metodi;
qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u
mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish
vazifalari bo‗yicha mustaqil fikr yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal
qilinadi;
tadqiqiy metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti
jarayonida bilimlar egallanadi.
5. Ta‘lim metodlarining binar (qo‗sh) va polinar (ko‗pqirrali) tasnifi.
Binar tizim dars berish metodi va o‗rganish metodi majmuyidan iborat. Uni
quyidagi jadval ko‗rinishida yaqqol ifodalash mumkin (1-jadval).
|