101
Zamonaviy ta‘lim jarayonini tashkil etishda milliy dasturga ko‗plab davlatlarda
e‘tibor berilmoqda. O‗qituvchilar va maktab ta‘limida yangi ta‘lim texnologiyalari va
konsepsiyalarni kashf etishga qaratilgan, unda kompyuter fani bilan bog‗liq
mutaxassislar o‗rtasida kurash davom etmoqda. Milliy ta‘lim dasturida AKT
tizimining zamonaviy kuchli uskunalar bilan to‗ldirish asosiy maqsad sifatida
ta‘kidlanadi, biz shu g‗oya va resurslarimizni
jalb etishimiz kerak, bu masalani esa
o‗qituvchining o‗za hal qila olmaydi. Milliy va xalqaro miqyosda kompyuter fani
o‗qituvchilari asosan kasbiy assotsiatsiyalar, ta‘lim va kompyuter olimlari,
kompyuter sanoati hamda iqtisodiy va siyosiy doiralar tomonidan qo‗llab-
quvvatlanishi tarixning doimiy kuzatuvida bo‗ladi. Bizning talabalar va jamiyatimiz
rivojlanishi texnologiyalar asrida asosan kompyuter o‗qituvchilariga bog‗lanadi.
Tadqiqodlar:
1. Agar 1960-yillarda informatikaga bo‗lgan e‘tibor saqlanib qolinganida
Avstraliya sanoati va jamiyati qanday o‗zgarishi mumkin bo‗lardi.
2. O‗quv dasturlarini shakllantirish va yetkazishda
sanoatning qanday ijobiy
tomonlari va kamchiliklari bor.
3. Kompyuter fanini o‗rganish orqali qanday qilib tafakkurga bo‗lgan e‘tiborni
o‗zgartirish mumkin (hisob-kitob tafakkuri, dizayn va kelajak tasavvuri).
4. Raqamli texnologiyalarni o‗qitishda qanday muammolar bilan duch kelish
mumkin.
5. Kompyuter ta‘limining qanday xislatlar bilan hozirgi o‗qituvchini tavsiflash
mumkin (raqamli texnologiyalarda Djet integratsiyasi, ta‘lim texnologiyasi,
pedagogik islohotlar obyekti).
Shubhasiz,
ko‗pchilik
o‗qituvchilar o‗quv va tarbiya jarayonlarida
texnologiyaning o‗rni to‗g‗risida noto‗g‗ri tushunchalarga va u to‗g‗risida qarama-
qarshilik tushunchalarga ega. Texnologiyalar shubhasiz keng qamrov va katta tezlik
bilan kirib keladi. Bu esa o‗z navbatida eski texnologiyalarning (disketalar,
videomagnitafonlar, ENT-monitorlar va hokazo) o‗z-o‗zidan yo‗qolib
ketishiga olib
keladi. Yangilarining paydo bo‗lishi va eskilarining o‗z-o‗zidan yo‗qolib ketishi
ta‘limda tadqiqotchilar, siyosatchilar va ommaviy axborot vositalari xabarlari orqali
keng ommaga turli yo‗llar bilan yetkaziladi. Ammo bunday tashqari texnologiya
ta‘limni o‗zgartiruvchisi (ko‗chiruvchisi) ham bo‗lishi kerakki, u ko‗pchilik uchun
tushunarsiz bo‗lgan va tortishuvga sabab bo‗lgan mazmunni hammaga tushunarli
ko‗rinishga o‗girib berishi kerak
53
.
Darsga bo‗lgan o‗qituvchining puxta tayyorgarligi ta‘limning samarasini
ta‘minlaydi, shuning uchun dasrga kirishdan oldin o‗qituvchi ham psixologik, ham
fani bo‗yicha puxta tayyorgarlik ko‗rishi lozim.
Psixologik
jihatdan tayyorgarlik deganda, quyidagilarni tushunishimiz lozim.
Dars murakkab jarayon bo‗lib, unda turli psixik xususiyatlarga; xarakterga, irodaviy
xislatlarga, xotiraga, diqqatga, tafakkur va temperamentga ega bo‗lgan o‗quvchilar
ishtirok etishadi. Dars davomida yuqorida qayd etilgan xususiyatlar u yoki bu
ko‗rinishda o‗quvchilar tomonidan namoyon etiladi. Qolaversa, darsning har bir
53
Michael Henderson, Geoff Romeo. Teaching and Digital technologies big
issues and critical questions, Cambridge
University Press, Australia, 2015. P. 22-23.
102
daqiqasida hech kim, hech qaysi yo‗l bilan oldindan rejalashtira olmaydigan
vaziyatlar yuzaga chiqadi. Ammo o‗qituvchi psixik jihatdan har qanday vaziyatda
o‗zini yo‗qotmasdan muammoni to‗g‗ri yo‗l bilan hal etishga tayyor bo‗lishi lozim.
Buning uchun har bir o‗qituvchi bo‗lajak darsning muhitini tasavvur etishi va unga
o‗zini oldindan tayyorlashi lozim bo‗ladi.
Fan bo‗yicha tayyorgarlik deganda esa quyidagilar tushuniladi;
darsni tashkil
etishdan oldin o‗qituvchi belgilangan sinfda o‗z fani bo‗yicha o‗quv dasturidan qaysi
mavzuni o‗tishi lozimligini ko‗rib oladi. So‗ng ushbu mavzu bo‗yicha Darslikda
bayon etilgan o‗quv materiali bilan tanishib, uni bugungi kun vazifalari hamda sinf
o‗quvchilarining bilim darajasiga moslashtirib, zarurat bo‗lsa o‗zgarishlar, tuzatishlar
kiritadi. Dars turi hamda uning davomida qo‗llaniladigan metodlar aniq belgilab
qo‗yiladi. Kundalik dars rejasi (konspekti) o‗qituvchi tomonidan har bir darsga
alohida yoziladi.
Jamiyatning turli sohalar to‗xtovsiz rivojlanishda bo‗lib, o‗z ustida ishlamagan
va soha yangiliklaridan bexabar mutaxassis esa zamondan orqada qolishi tayin. Shu
sababli ham informatika fanlarini ham zamon bilan hamnafas yangilab borish va
o‗zgartirishlar kiritish talab qilinadi.
Informatika o‗quv predmeti sifatida informatika fani va uning rivoji bilan uzviy
bog‗liq. Shuning uchun «Informatika o‗qitish metodikasi»
fani birinchi navbatda
informatika fanining metodologiyasiga asoslanadi. o‗zining xulosa-larida u ta‘lim va
tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma‘lumki, ushbu tamoyillar pedagogika
va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari «Informatika o‗qitish
metodikasi» fani fiziologiya va psixologiya fanlari tomonidan qabul qilingan
qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi.
Ta‘lim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri bo‗lgan informatikaning fan
sifatida o‗ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o‗rni va ahamiyatidan,
hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda «Informatika» fanini
o‗qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
o‗quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish;
o‗quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish
jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o‗zlashtirib
olishlarini
ta‘minlash;
o‗quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko‗rinishini shakllantirishda
axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida yangi axborot va
kommunikatsion texnologiyalarning ahamiyatini ochib berish.
«Informatika» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta‘lim
olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo‗shadigan o‗ziga xos hissasi bilan
aniqlanadi.