99
Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga ko‗ra o‗quvchi muayyan bosqichda
egallashi shart bo‗lgan bilim, ko‗nikma va malakalarning
minimal miqdori
belgilanadi. Ta‘lim-tarbiya jarayoniga DTSni joriy etish talablari rivojlangan G‗arb
mamlakatlari tajribasiga asoslanadi. Ammo shuni ham aytish kerakki, hali dunyodagi
birorta jamiyatda ta‘limni standartlashtirish keng ko‗lamda amalga oshirilayotgani
yo‗q. Chunonchi, mazkur yumushga birinchi bo‗lib qo‗l
urgan Fransiyada bu ish
hanuzgacha sinov darajasida, AQShda esa DTS yaratishga endigina kirishilmoqda.
Yaponiya va Germaniya ta‘lim muassasalarida mazkur muammoni hal etish
rejalashtirish bosqichida turibdi. O‗zbekistonda ta‘lim standartlari
masalasiga davlat
miqyosida yondashildi va uni ilmiy yo‗sinda hal etishdan tashqari, ta‘lim-tarbiya
amaliyotiga joriy qilish maqsadida uzoq vaqt izlanishlar olib borildi, tajriba-sinovlar
amalga oshirildi.