115
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik
darajasi semestrdan semestrga ko‗nikmalar hosil bo‗lishiga muvofiq ravishda
o‗zgarib, oshib borishi lozim. Ya‘ni talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi
mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va
ijodiy yondashishga o‗rganib borishi kerak.
Fan bo‗yicha talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik
o‗zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda
quyidagi shakllardan
foydalanish mumkin:
fanning ayrim mavzularini o‗quv adabiyotlari yordamida mustaqil
o‗zlashtirish, o‗quv manbalari bilan ishlash;
ma‘ruza va tajriba mashg‗ulotlariga tayyorgarlik ko‗rib borish;
belgilangan mavzular bo‗yicha referat tayyorlash;
Prezident asarlarini mustaqil o‗rganish va konspektlashtirish;
O‗zbekiston Resublikasi qonunlari, Prezident qarorlari va farmonlari hamda
boshqa me‘yoriy hujjatlarni konspektlashtirish;
testlar yechish;
amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish bo‗yicha keyslar
yechish;
munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko‗rish;
talabalarning ilmiy jamiyatlari va to‗garaklarida ishtirok etish;
ko‗rgazmali vositalar tayyorlash;
ilmiy maqola, tezislar va ma‘ruza matnlarini tayyorlash;
―talaba-o‗qituvchi-kutubxona‖ kunida fan bo‗yicha yangi o‗quv adabiyotlari
sharhini o‗qituvchi bilan hamkorlikda tayyorlash;
axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo‗yicha nazariy, amaliy va
statistik ma‘lumotlarni yig‗ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish;
belgilangan mavzular bo‗yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida
taqdimot materiallari tayyorlash;
talabalar yotoqxonasidagi ma‘naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot
texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o‗qish
jarayonlarida ishtirok etish;
fakultativlar va maxsus tajribalar ishlarida ishtirok etish;
kafedralar va fakultetlarning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida ishtirok
etish va boshqalar.
Talabalarning mustaqil ishi ta‘lim va tarbiyaning shunday vazifalariga
bo‗ysundirilganki, butun o‗quv jarayoni to‗laligicha talabalar tomonidan faol, ongli,
puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o‗zlashtirish va ularda iqtisodiy
dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar ta‘lim jarayoni va shaxsni
shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib hal qilinishi
mumkin emas. Ularning mazmuniga qisqacha to‗xtalib o‗tamiz.