111
Oliy ta‘lim muassasalaridagi O‗qitish metodlari tasnifi masalasi o‗zining
dolzarbligini saqlab qoladi. Oliy ta‘limdagi o‗qitish metodlari tasnifiga didaktik
yondashuvlar, umumdidaktik yondashuvlarga
monelik qilmaydi, balki ularni
rivojlantiradi. Ular oliy ta‘lim tizimidagi o‗quv jarayonining xususiyatlari, ularning
didaktik vazifalari xarakteriga asoslanadi.
Oliy ta‘lim muassasalarida o‗qitish va o‗rganish metodlari quyidagi keng
tarqalgan tasniflarga borib taqaladi:
1.
Bilimlarni berish, idrok etish va o‗zlashtirish hamda e‘tiqodni
shakllantirishni ta‘minlovchi metodlar. Bu metodlarga ma‘ruza, talabalarning
mustaqil ishlari, mustaqil ta‘lim olish bo‗yicha ishlari, ishlab chiqarish jarayonlarini
kuzatish,
maslahatlar,
ko‗rsatma
berish,
ommaviy
axborot
vositalari,
dasturlashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi.
2. Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko‗nikmalarni hosil
qilish hamda e‘tiqodni chuqurlashtirish metodlari: Bunga seminar,
amaliy va
laboratoriya mashg‗ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, o‗quv xonalaridagi
dasturlashtirilgan mashg‗ulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.
3. Bilimlar, e‘tiqodlarni shakllantirish va talabalarning kasbiy tayyorgarligini
aniqlash metodlari. Bu o‗quv
jarayonining reyting baholari, kollokviumlar, suhbat
o‗tkazish, kurs va diplom ishlari loyihalari hamda davlat attestatsiyasi natijalarini
baholash.
Bu tasnif konkret metodlar imkoniyatlarini belgilovchi eng muhim sifatlar
asosiga qurilgan. Bunda ushbu tasnif bo‗yicha birinchi guruhdagi shunday sifatlarga
bilimlarni idrok qilish va o‗zlashtirish, ikkinchi guruhga –
tatbiq etish va
mustahkamlash, uchinchi guruhga esa attestatsiya va bilimlarni aniqlash taalluqlidir.