83
- PIning maqsadi,
mazmun-mohiyati, muhim belgilari, ularning uslubiy va
axbrotli ta‘minotlari hamda imkoniyatlari bo‗yicha batafsil ma‘lumot berishga asoslar
etarli bo‗ladi;
- PIdan foydalanishda o‗rganilayotgan manba (mavzu, fan, tarbiya yo‗nalishlari
va hokazolar)ga qarab uni takomillashtirish yoki keraksiz qismlarini e‘tiborga
olmaslik mumkin;
- PIdan foydalanishda ozgina o‗zgarishlar kiritish orqali o‗xshash
manbalarni
o‗rganishda ham foydalanish mumkin va shu kabilar.
PIning vazifalari:
- talabani KTMD talablari asosidagi zamonaviy raqobotbardosh mutaxassis
darajasiga yetkazishda zamonaviy ko‗makchi bo‗lish;
- o‗qituvchi intellektual salohiyatini yanada takomillashtiruvchi test-savollar
tizimlarni ishlab chiqish;
- o‗qituvchi
malakasini oshirish, talaba kasbiy fazilatlarini takomillashtirish
yo‗llarini ishlab chiqishdagi ijodiy ishlarini rivojlantirishga erishish;
- reyting, test usullaridan ta‘lim-tarbiya jarayonida
keng foydalanish va unda
modulli, modelli uslubi hamda axborotli ta‘minotli ta‘lim-tarbiyaga o‗tish;
- IPTlarni tahlil qilish, saralash va joriy etishga erishish hamda pedagogik
samaralarini aniqlash;
- ta‘lim
dasturlarining invariantlarini, modifikatsiyalarini yaratish, ayniqsa
elektron dasturlar va darsliklar hamda o‗quv qo‗llanmalari
yaratishga erishish va
ularni amaliyotga joriy etish;
- ta‘lim-tarbiya jarayonining yangi axborotli va pedagoigik texnologiyalarini
qo‗llash va unda sifat ko‗rsatkichlari va samaradorlikni baholab borish;
- o‗z mustaqil fikrini bayon qilishga shiroit yaratish va ularda tanqidiy fikrni
bayon qilish imkoniyatlarini yaratish;
- «Ustoz-shog‗ird» tizimidagi erkinliklarni rivojlantirish va shu kabilar.