81
ko‗rsatkichlarga mahsulot ishlab chiqarish, xarid qilish, yuqori rentabellik darajasiga
еrishish, ish haqi va boshqa iqtisodiy ko‗rsatkichlar kiradi.
Tizimni boshqarish mezoni va maqsadi deganda,
shu tizimni dinamik
barqarorligi, rivojlanishi va tashqi muhit bilan o‗zaro manfaatli munosabatlarini
o‗rnatish tushuniladi. Boshqarish maqsadi tizimning turi va murakkablik darajasiga
qarab o‗zgarib boradi. Boshqarish dialektika qonunlari asosida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy obyektlarni boshqarish mohiyati ayrim iqtisodiy obyektlarda va umuman,
iqtisodiyotda yuz beradigan ba‘zi bir ziddiyatlarni hal qilish, kelishish orqali iqtisodiy
obyektlarni tanlangan maqsadlariga muvofiq ravishda rivojlantirish,
ulardan
umumjamiyat va mamlakat manfaatlari yo‗lida foydalanish uchun zarur qarorlarni
qabul qilishdan iborat bo‗ladi.
Boshqarish obyektining turi va murakkablik darajasidan qat‘iy nazar,
insonning boshqarish faoliyati haqidagi mulohazalari murakkab, abstrakt fikrlash,
qiyoslash va baholash jarayoni natijasidir. Fikrlash jarayoni ayrim operatsiyalar va
harakatlardan tashkil topgandir. Reflektorli boshqarish
harakatlari shular
jumlasidandir. Dinamik tizimning normallashtiruvchi va uni berilgan holatida
saqlovchi, rivojlanishini va takomillashuvini ta‘minlovchi reflektorli, rasmiy-
mantiqiy va ijodiy harakatlar boshqarish jarayonining mohiyatini ochib beradi. Bu
jarayonda inson mavjud axborotlarni har tomonlama qayta ishlovchi subyektdir.
Boshqarish jarayonida inson moddiy tizim bilan hamohang holda bo‗ladi,
jarayonning tarkibiy qismiga, boshqarish organiga va
tanlangan maqsadga muvofiq
harakatlarni yo‗naltirish manbaiga aylanadi. Iqtisodiy obyektni boshqarishga
qaratilgan har qanday harakat boshqarishning optimal variantlarini axtarishga
qaratilgan va bu variant-larini amalga oshirish bilan bog‗liq bo‗ladi. Aks holda
obyekt tanazzulga tushadi va boshqaruvchini almashtirishga yoki mulkini
yo‗qotishga olib keladi.
Iqtisodiy obyektlarni boshqarish murakkab va
ilmiy asoslangan qarorlarni
qabul qilishni talab qiladi. Bunga sabab iqtisodiy obyektlarning faoliyatini ko‗pgina
omillardan bog‗liqligi va bu bog‗lanishlarning har birini ostida еhtimollikni
mavjudligidir. Iqtisodiy obyektlarga ta‘sir еtuvchi bu bog‗lanishlar natijasini faqat
82
chuqur, har tomonlama tahlil natijasida aniqlash mumkin. Buning uchun juda katta
axborotlar to‗plami va ma‘lumotlarni tahlil qilish va kerakli xulosalar chiqarishga
to‗g‗ri keladi. Iqtisodiy obyektlarga ta‘sir еtuvchi omillar bo‗lishi mumkin: iqtisodiy,
texnik-iqtisodiy, ma‘muriy va ijtimoiy omillar. Omillarning ta‘siri
miqdoriy
o‗lchovlarda keltiriladi. Miqdoriy o‗lchov birligiga еga bo‗lmagan sifat
ko‗rsatkichlaridan ba‘zi bir hollarda voz kechiladi. Iqtisodiy-matematik modellashtirishda
asosiy bog‗lanishlarni olib qolib, boshqalaridan voz kechish ham mumkin, bu yo‗l
bilan
masalaning modeli bir muncha soddalashtiriladi, agar uning natijasi salbiy bo‗lmasa. Ishlab
chiqarish biznes-rejasi ko‗rsatkichlari, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar ish rejasi, moddiy-texnika
rejalari va shu kabilar boshqaruvchi miqdorlar bo‗lib hisoblanadi.