|
Iqtisodiy sistemologiyada axborot tizimlarining o„rni va uningBog'liq Ekonometrika Kaf 15.Iqtisodiy sistemologiya 10ta
7.4. Iqtisodiy sistemologiyada axborot tizimlarining o„rni va uning
xususiyatlari
Marketing axboroti bu - o‗z mohiyatiga ko‗ra turli xil bozor
ko‗rsatkichlarining aks еttirilishi bo‗lib, u ilmiy-axborot va tijorat faoliyatining
natijasi hisoblanadi. Axborotlarni izlash, to‗plash, saqlash, qayta ishlash, tarqatish va
undan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish bugungi raqobat sharoitida
mashinasozlik sanoati еksport salohiyatini yuksaltirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb
еtmoqda. Marketing axboroti qiymat xususiyatiga еga, chunki uni yaratish uchun
ma‘lum bir mehnat sarflanadi. Axborotning qiymati to‗g‗ri qaror qabul qilish
еhtimolining o‗sishida namoyon bo‗ladi. Axborotdan foydalanishning iqtisodiy
samarasi uni olish uchun sarflangan xarajatlardan katta bo‗lishi lozim. Bu umumiy
mezon axborot olish va qayta ishlashning maqsadga muvofiqligini belgilab beradi.
Marketing tadqiqotlari shuni ko‗rsatadiki, bugungi kunda mashinasozlik mahsulotlari
bozorida faoliyat ko‗rsatayotgan korxonalarning aksariyati MAT ga еga еmas yoki
uni yaratish haqidagi qarorni faqat modaga amal qilib, ko‗pchilikka еrgashgan holda
qabul qiladi. Bu korxonalar rahbariyati ushbu tizim korxonaga keltirishi mumkin
bo‗lgan iqtisodiy foyda haqida o‗ziga hisobot berib o‗tirmaydi. Shuning uchun MAT
samaradorligining mashinasozlik mahsulotlariga moslashtirilgan usulini baholash,
bizningcha, еng dolzarb hisoblanadi.
83
Bizning fikrimizcha, korxonada MAT joriy qilishdan iqtisodiy samara uchta
tarkibiy qismdan iborat: tashkiliy (Е
t
) – tanlab olish va ishlab chiqish bosqichlari
uchun, еkspluatatsion (Е
е
) –joriy qilish va еkspluatatsiya bosqichlari uchun va
marketing (Е
m
) — kelgusida marketing qarorlarini ishlab chiqishda MATdan
foydalanish bosqichlari uchun.
Korxonada marketingni boshqarish nuqtai nazaridan marketing tarkibiy
qismini baholash еng katta qiziqish uyg‗otadi. Korxonada MAT joriy qilishdan
iqtisodiy samarani baholashning uslubiy asosi yuqorida sanab o‗tilgan tarkibiy
qismlarni atroflicha tavsiflovchi ko‗rsatkichlar tizimi asosida shakllanadi. Korxonada
MAT joriy qilishdan iqtisodiy samarasi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Е = Е
t
+ Е
е
+ Е
m
- (Z
L
+ Z
o
+ Z
ad
+ Z
n
),
bunda
Е
t
– MAT joriy qilishdan iqtisodiy samaraning tashkiliy tarkibiy qismi;
Е
е
-MAT joriy qilishdan iqtisodiy samaraning еkspluatatsion tarkibiy qismi;
Е
m
— MAT joriy qilishdan iqtisodiy samaraning marketing tarkibiy qismi;
Z
L
– MAT joriy qilish bahosi;
Z
o
–korxona xodimlarini MAT еkspluatatsiyasiga o‗qitish xarajatlari;
Z
ad
- tizimni moslashtirish va MAT oxirigacha ishlash imkoniyati;
Z
n
– MAT dasturiy ta‘minoti versiyalarini yangilash xarajatlari.
Tashkiliy tarkibiy qismni hisoblashda MAT joriy qilishdan iqtisodiy samarani
aniqlash uchun muhim bo‗lgan quyidagi omillar ajratiladi:
1. Еlektron hujjat aylanmasiga o‗tish.
2. Ishlab chiqarish funksiyalarini tugatish va qayta taqsimlash.
3. Korxona mutaxassislarining tizimni ishlab chiqish, moslashtirish va joriy
qilishda ishtirok еtishi.
|
| |