Iqtisodiy sistemologiya fanining tamoyillari




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/105
Sana21.12.2023
Hajmi2,88 Mb.
#126082
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105
Bog'liq
Ekonometrika Kaf 15.Iqtisodiy sistemologiya 10ta

7.2. Iqtisodiy sistemologiya fanining tamoyillari  
Nazariy iqtisodiy sistemologiyaning muhim uslubiy tamoyillariga quyidagilar 
kiradi: 
a) miqdor va sifat, mazmun va ko‗rinish birligi; 
b) boshqarish tizimlarini makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy yondashish nuqtai 
nazardan o‗rganish; 
v) moddiy tizimlarni modellashtirish, ideal tasvirlar va belgilar yordamida 
ifodalash; 


78 
g) modellashtirilayotgan obyekt bilan tuzilgan model parametrlari o‗rtasidagi 
o‗zaro moslikning chegarasini aniqlash va undan amaliy masalalarni hal qilishda 
foydalanish.
Boshqarish jarayonlarini yoki moddiy obyektlarni modellashtirishda ko‗pgina 
sifat ko‗rsatkichlarini hisobga olish modelni murakkablashtirib yuborishi mumkin, 
shuning uchun ularning ba‘zilaridan voz kechish mumkin. Ammo Iqtisodiy 
sistemologiya fanining yutuqlarini joriy qilishda obyektning asosiy xususiyatlarini, 
boshqarishning tizimlarini loyihalashtirishda еsa muayyan sharoitlarni hisobga olish 
asosiy vazifa hisoblanadi.
Shunday qilib, Iqtisodiy sistemologiya tizimlari turli boshqarish jarayonlarida 
axborotni yig‗ish, qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va optimal qarorlar qabul qilish 
uslublariga qarab bir necha guruhga bo‗linadi.
Birinchi guruhga tirik organizmlardagi jarayonlarni boshqarish tizimiga 
ko‗chirish, ya‘ni ulardagi xususiyatlardan foydalanib, murakkab iqtisodiy tizimlarni 
boshqarishga qo‗llashdir. Bu guruh biologik Iqtisodiy sistemologiya fanining asosini 
tashkil qiladi.
Ikkinchi 
guruhga 
mashinalar, 
texnik 
uskunalar 
hamda 
texnologik 
komplekslardagi jarayonlarni boshqarish tizimiga kiradi. Bu guruh texnik Iqtisodiy 
sistemologiya yo‗nalishining mazmunini ifodalaydi. Texnik Iqtisodiy sistemologiya 
yo‗nalishining yutuqlari sifatida zamonaviy komp‘yuterlarni, murakkab texnologik 
jarayonlarni boshqarish tizimlarini, boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini 
misol qilib keltirish mumkin.
Iqtisodiy sistemologiyaning obyektlari murakkab iqtisodiy tizimlar bo‗lib, 
ularni boshqarishda axborotlar tizimi qonuniyatlari, hisoblash texnikalari va tashkiliy 
texnikalardan foydalangan holda iqtisodiyotni tartibga solish, ularni boshqarishni 
optimal variantlarini ishlab chiqishda qo‗llaniladi.
Iqtisodiy obyektlarni boshqarish bilan iqtisodiy kibernetikadan tashqari, 
iqtisodiy nazariya, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot, marketing, menejment, 
buxgalteriya hisobi, moliya, iqtisodiy statistika fanlari ham shug‗ullanadi. Iqtisodiy 
sistemologiya fani vujudga kelishi bilan mazkur fanlar ancha takomillashib, aniq 


79 
mulohazalar yuritish va modellashtirish imkoniyatlaridan foydalangan holda moddiy 
ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishda katta rol o‗ynamoqda. Hozirgi vaqtda 
Iqtisodiy sistemologiya ham boshqa fanlar singari bozor va ishlab chiqarish 
talablariga mos ravishda ijtimoiy-sotsiologiya va operatsion kuzatishlar nazariyasi, 
iqtisodiy semiotika kabi ilmiy yo‗nalishlari bilan bir qatorda javob bermoqda.
Iqtisodiy sistemologiyaning asosiy vazifasi – murakkab iqtisodiy obyektlarni 
boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini borpo еtishdan iborat. Bunday 
tizimlarni yaratish uchun boshqarishning amaldagi tizimlarini o‗rganish, ularning 
asosiy xususiyatlarini aniqlash, miqdoriy va sifat jihatidan tahlil qilish kerak. 
Umuman, boshqarish tizimi ayrim bloklar yoki bo‗g‗inlardan tashkil topadi. Bular 
boshqarish maqsadini aniqlash va ifodalash bloki, boshqarish dasturini tuzish bloki, 
axborotlarni yig‗ish, to‗plash va qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish va nazorat 
qilish bloklaridir. Boshqarish obyekti alohida blok sifatida keltiriladi.
Axborot boshqarish obyekti blokidan axborot to‗plash blokiga, nazorat qilish 
blokiga, boshqaruvchi tizimiga o‗tib, so‗ngra yana boshqarish obyektiga qaytib 
keladi. Boshqariluvchi tizimning har bir bloki ayrim iqtisodiy fanlarning predmetini 
tashkil qiladi. Masalan, maqsadni tanlash va ifodalash bloki bozor iqtisodiyotining 
asosiy iqtisodiy qonuni talab va taklif mazmuni, muvozanat holati xususiyatlari bilan 
belgilanadi va zarur bo‗lgan boshqarish dasturi shu qonunlarga asosan tuziladi. 
Nazorat qilish blokining vazifasini buxgalteriya hisobi va iqtisodiy statistika fanlari 
belgilab beradi. Iqtisodiy sistemologiya boshqa fanlardan farqli ravishda boshqarish 
tizimiga har tomonlama yondashadi, ya‘ni boshqariladigan tizimni butun va yagona 
tarzda o‗rganadi, ijtimoiy ishlab chiqarishni murakkab axborotlar kompleksi tarzida 
kuzatadi va samarali boshqarishning zarur bo‗lgan mulohazalarini ishlab chiqishga 
yordam beradi.
Iqtisodiy tizimdan olinadigan axborotlar belgisi va o‗zaro bog‗lashishi 
jihatidan murakkab dinamik tizimdagi axborotlarga o‗xshashdir. Iqtisodiy nazariya, 
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot, statistika, buxgalteriya hisobi ham axborot 
to‗plashga aloqadordir. Iqtisodiy sistemologiya axborotlar ta‘minotini, moddiy ishlab 
chiqarishni modellar yordamida ifodalash va tasvirlash masalalarini, tizimning ichki 


80 
muhiti va tashqi muhit bilan bog‗lanishlarini va natijada shakllangan axborotlar 
oqimining paydo bo‗lishi qonuniyatlarini aniqlash va ularga asoslanib optimal 
qarorlar qabul qilish masalalarini o‗z ichiga oladi.
Axborotlar oqimlarini o‗rganish va ularni tahlil qilish ko‗pgina hisoblash 
ishlariga taalluqli turli amaliy masalalarni yechimini topishga yordam beradi. 
Iqtisodiyotni tartibga solishning o‗zaro bog‗liq bo‗lgan ko‗rsatkichlar tizimini ishlab 
chiqish, paralel axborotlar oqimlarini bartaraf еtish, axborotni avtomatik uzatish 
vostitalarining texnikaviy talablarini ishlab chiqish, hisoblash mashinalariga bo‗lgan 
еhtiyojni, ma‘muriy-boshqarish xodimlarining sonini qisqartirish va shunga o‗xshash 
masalalarni aniq yechimini topish imkoniyatlarini beradi.

Download 2,88 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Iqtisodiy sistemologiya fanining tamoyillari

Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish