Bog'liq Ekonometrika Kaf 15.Iqtisodiy sistemologiya 10ta
5.4. Iqtisodiy-ijtimoiy tizimni boshqarish usullari - Milliy iqtisodiyotni butunligicha o‗rganish va tahlil qilish uchun
foydalaniladi. Ushbu modellar bir paytda ishlab chiqarish va iste‘mol o‗rtasidagi
optimal proporsiyalarni aniqlash imkonini beradi;
- Milliy iqtisodiyotda foydalanilayotgan kapital, mehnat, moddiy resurslarning
samarali foydalanishi ta‘minlashga yordam beradi. Resurslarning o‗rtacha va chekli
unumdorligini aniqlashda muhim matematik vosita bo‗lib xizmat qiladi;
- Jamg‗arish va iste‘mol o‗rtasidagi optimal nisbatlarni aniqlaydi. Moddiy va
nomoddiy tarmoqlarda iqtisodiy resurslar oqimlarini tartibga soladi;
- Asosiy makroiqtisodiy muammolar: ishsizlik inflyatsiya va iqtisodiy
o‗sishning sabablarini aniqlashga yordam beradi. Makroiqtisodiy еkonometrik
modellar yordamida ushbu makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarning optimal darajalarini
aniqlash mumkin;
- Barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlashga yordam beradi. Resurslar va moliya
bozorlarida optimal narxlar va optimal stavkalarni aniqlab beradi. Fond bozorlarida
korxonalarning aktsiyalarini rentabelligini aniqlab beradi va boshqalar.
Nazorat savollari 1. Iqtisodiy g‗oyalar va bozor iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyotining qonunlari:
talab va taklif, manfaatdorlik va naf.
2. Bozor iqtisodiyotining turli modellari.
3. Muvozanatni aniqlashda Val‘ras modeli.
4. Muvozanatni aniqlashda A. Marshall modeli.
5. Iqtisodiy matematik modellarni rivojlanishi.
6. Muvozanat modellari.
70
7. O‗zaro iqtisodiy munosabatlar modellari.
8. O‗zaro manfaatdorlik modellari va ulardan iqtisodiy tahlilda foydalanish.
9. Bozor muvozanatining turg‗unligiga ta‘sir еtuvchi modellar.
10. Bozor muvozanatiga еrishish yo‗llari.