3. Iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlari, bog„lanishlari




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/105
Sana21.12.2023
Hajmi2,88 Mb.
#126082
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105
Bog'liq
Ekonometrika Kaf 15.Iqtisodiy sistemologiya 10ta

5. 3. Iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlari, bog„lanishlari 
  Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya‘ni modelda tayyor 
kattalik sifatida qabul qilinadigan еkzogen o‗zgaruvchilar hamda modelni yechish 
natijasida topiladigan ichki-еndogen o‗zgaruvchilar farqlanadi. Bir modelda еkzogen 
hisoblangan o‗zgaruvchi (ko‗rsatkich) ikkinchi model uchun еndogen hisoblanishi 
mumkin.
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot 
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo‗yicha 
chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko‗rsatkichlardan 


68 
foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo‗llaniladigan 
ko‗rsatkichlardan farqli tarzda bu ko‗rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha 
subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o‗tkazish, 
mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‗jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini 
aniqlash imkonini beradi.
Bu ko‗rsatkichlarga quyidagilar kiradi: 
YAlpi ichki mahsulot (YAIM), Sof ichki mahsulot (SIM), YAlpi milliy 
daromad (YAMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (SHD), SHaxsiy 
tasarrufidagi daromad (SHTD), Iste‘mol(S), Jamg‗arish (S) ko‗rsatkichlarining hajmi 
va o‗sish sur`atlari; 
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi; 
- mamlakat еksporti va importi hajmi, tarkibi, YAIMdagi ulushi va o‗sish 
suratlari; 
- resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko‗rsatkichlar 
(mehnat unumdorligi, fond qaytimi); 
- davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste‘mol baholari indeksi, 
inflyatsiyaning o‗sish sur`atlari; 
- ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi; 
- aholining moddiy ne‘matlar va xizmatlar iste‘moli hajmi, ularning 
jamg‗armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surati kabi ko‗rsatkichlar umumiy 
makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‗llanilsa, YAIM, SIM, YAMD, SMD, 
SHD, SHTD, S, S ko‗rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va 
dinamikasini tahlil еtishda foydalaniladi.
Bu ko‗rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi sifatida 
aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi(MHT) tashkil еtadi. 
MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o‗tagani holda uning standartlaridan kelib 
chiqqan 
holda 
makroiqtisodiy 
ko‗rsatkichlarni 
hisoblash, 
mamlakatlararo 
taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.


69 
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o‗rganish, unga tizimli baho berish 
uchun yuqorida sanab o‗tilgan barcha ko‗rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda 
bir tomonlama yondoshuvga yo‗l qo‗yilishi mumkin.

Download 2,88 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 3. Iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlari, bog„lanishlari

Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish