|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitetiBog'liq Ekonometrika Kaf 15.Iqtisodiy sistemologiya 10ta6.3. Tahlil qilish chegaralari
Zanjirli dinamik tizimli tahlil usulini qo‗llaganda natijaviy ko‗rsatkichning
o‗zgarishini to‗liq o‗rganish uchun uning statika qiymatlari etarli еmasdir;
ko‗rsatkichni tizimli tahlili shu ko‗rsatkich o‗rganilayotgan davrni turli intervallarga
bo‗lingan vaqt oralig‗ida o‗rganiladi.
Iqtisodiy tizimli tahlil xo‗jalik faoliyati natijalarini shakllantiruvchi turli
manbalarga tegishli, keng qamrovli yoki turli vaqtlarga tegishli omillarning ta‘sirini
aniqlashga qaratilgan bo‗lishi mumkin.
Xo‗jalik faoliyati ko‗rsatkichlarining dinamik (vaqtli) qatorlarining tahlili,
qator darajasini uni tashkil еtuvchilarga ajratish (rivojlanishning asosiy chizig‗ini –
trendni mavsumiy yoki davriy tashkil qiluvchilarni, takroriy ishlab chiqarish bilan
75
bog‗liq siklik tashkil qiluvchilarni, tasodifiy tashkil qiluvchilarni) – vaqtli tizimli
tahlil masalasidir.
Tizimli tahlil masalalarini tavsiflash ko‗pgina iqtisodiy masalalarni
qo‗yilishini tartibga keltiradi, ularni yechilishini umumiy qonuniyatlarini aniqlash
imkoniyatlarini beradi. Murakkab iqtisodiy jarayonlarni izlanishda agarda ular
ko‗rsatilgan tavsifning qaysi bir turiga butunlay mos kelmasa, bunday masalani
qo‗yilishida turli kombinatsiyalar tuzish imkoniyati mavjud bo‗ladi.
Nazorat savollari
1. Iqtisodiy tizimli tahlil va uning masalalari.
2. Iqtisodiy tizimli tahlil masalalarining turlari.
3. Iqtisodiy tizimli tahlil usullarini qo‗llash yo‗nalishlari.
4. To‗g‗ri tizimli tahlil nima?
5. Teskari tizimli tahlil nima?
6. Determinallashgan tahlil nima?
7. Stoxastik tahlil nima?
8. Retrospektiv tahlil nima?
9. Operativ tahlil nima?
10. Perspektiv tahlil nima?
|
| |