89
Prognozning tahliliy tadqiqotlar sifatini oshirish muammosi ko‗p jihatdan
ularning axborot ta‘minotiga bog‗liq. Foydalanilayotgan axborot bazasiga qo‗yilgan
asosiy talablar quyidagilardir:
ko‗rsatkichlarning
miqdoriy
tavsiflari
ishonchliligi
avvalambor
iqtisodiyotning asosiy sohalaridan, etarli darajada to‗liq hamda umuman olganda
mamlakatda va uning mintaqalarida sodir bo‗layotgan salbiy va ijobiy jarayonlar
to‗g‗risida to‗liq tavsiflarni ko‗zda tutuvchi taqdim qilinayotgan axborotning etarliligi
va kompleksligi;
turli axborot bloklari va darajalari ko‗rsatkichlarining o‗zaro to‗g‗ri
kelishini ko‗zda tutuvchi taqdim qilinayotgan axborotning tizimliligi;
taqqoslanishi, ya‘ni turli ko‗rsatkichlar miqdoriy tavsiflarining bir-biriga zid
bo‗lmasligi.
Prognoz - tahliliy hisoblar statistik axborot, ya‘ni mintaqalar, korxonalar,
moliyaviy tashkilotlardan olinadigan ma‘lumotlar asosida olib boriladi. boshqa
mamlakatlarning va jahon iqtisodiyoti hamda uning mintaqalari iqtisodiy
kon`yunkturasini tavsiflovchi axborotdan foydalaniladi. materiallarning bir qismi
aholini va tadbirkorlarni so‗rash natijasida shakllanadi. еkspert axborot, ya‘ni
bilimning u yoki bu soha mutaxassislaridan olinadigan ma‘lumotlardan foydalaniladi.
Statistik ma‘lumotlar sifatini belgilovchi beruvchi omillarga quyidagilar
kiradi:
Yalpi kuzatishdan tanlab kuzatish uslubiga o‗tish bilan bog‗liq o‗zgarishlar;
statistik hisobot va buxgalteriya hisobining yangi shakllari kiritilishi bilan
bog‗liq birlamchi hisobning kechiktirib bo‗lmasligi;
agregatlashgan ko‗rsatkichlarni hisoblash uslubiyati;
statistik ko‗rsatkichlarning iqtisodiy kategoriyaga mos kelmasligi.