94
Ifodalangan model yordamida kuzatilayotgan obyektni bilish
modellashtirish
deyiladi. Modellashtirish jarayonini sxemasi quyidagicha:
Bu sxemani asosiy bloki «maqsad» bloki hisoblanadi, chunki qo‗yilgan
maqsadga ko‗ra bitta obyekt uchun har xil modellar tuzilishi mumkin. Obyekt sifatida
biror bir korxonani olsak, agar kuzatuvchini maqsadi ushbu obyektni ishlab chiqarish
jarayonini o‗rganish bo‗lsa, bu holda modelni parametrlariga korxonani quvvati,
ishlab
chiqarish omillar, xom ashyo, ishchilar soni,
asosiy fondlar, ishlab chiqarish
dasturi va hokazolar kiradi va model ishlab chiqarish funksiyasi ko‗rinishida
ifodalanadi.
Modellashtirishning universal usul sifatida boshqa usullarga qaraganda
afzalliklari mavjud. Ushbu afzalliklar еsa quyidagilardan iborat:
1. Avvalo, modellashtirish katta va murakkab tizimni oddiy model yordamida
ifodalashga imkoniyat beradi. Masalan, korxona iqtisodiyoti bu o‗ta
murakkab
tizimdir. Uni oddiy qora yashik sxemasi orqali ifodalash mumkin.
Yoki:
n
X
X
X
f
F
,...,
,
2
1
Bozor mexanizmini grafik usulda tasvirlash mumkin.
8.1-rasm. Talab va taklif muvozanati grafigi
Moddiy resurslar
Mehnat resurslari
Asosiy fondlar
Daromad
Mahsulot
hajmi
Xarajatlar
Ishlab chiqarish
S
P
P*
Q
D
Q*
95
Albatta, bu erda ko‗p muammolar tug‗iladi. Masalan, modelni qanchalik
darajada soddalashtirish mumkin. O‗ta soddalashgan model qo‗yilgan talablarga
javob bermasligi mumkin va uning yordamida qilingan hisob-kitoblar noto‗g‗ri
chiqishi mumkin. O‗ta
murakkab model, masalani yechish jarayonida ko‗p
qiyinchiliklar tug‗diradi. Shuning uchun modelga faqat obyektni еng asosiy
xarakterli, muhim omillarini kiritish zarur.
II. Model tuzilishi bilan kuzatuvchiga tajribalar qilish uchun keng maydon
tug‗iladi. Modelning parametrlarini bir necha marta o‗zgartirib,
obyektni faoliyatini
еng optimal holatini aniqlab, undan keyin hayotda qo‗llash mumkin. Real obyektlar
ustida tajriba qilish ko‗plab xatolarga va katta xarajatlarga olib kelishi mumkin.
III. Model, noshakl tizimni, matematik formulalar yordamida shakllantirishga
imkoniyat beradi va ЕHMlar yordamida tizimni boshqarishga yordam beradi.
IV.
Modellashtirish o‗rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil
qilish uchun obyekt har tomonlama o‗rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan
so‗ng, uning yordamida obyekt to‗g‗risida yangi ma‘lumotlar olish mumkin. Shunday
qilib, obyekt to‗g‗risidagi bilish jarayoni to‗xtovsiz jarayonga aylanadi.