Qavariq dasturlash - yechilayotgan masala qavariq to‗plamida berilgan
bo‗lib, maqsad funksiyasi qavariq shaklda berilishi mumkin.
Kvadratik dasturlash - maqsad funksiyasi kvadratik shaklda ifodalanib,
chegaraviy shartlar chiziqli tenglamalar va tengsizliklar ko‗rinishida beriladi.
Butun sonli dasturlash - izlanayotgan o‗zgaruvchilarga nisbatan butunlik
shartda kiritiladi.
Dinamik dasturlash - еkstremal masalaning yechimi bir necha bosqichlardan
iborat bo‗lib, har bir oldingi bosqichning yechimi keyingi bosqichlar uchun
boshlang‗ich ma‘lumotlar sifatida foydalaniladi.
Balans yoki muvozanat holatidagi modellar ishlab chiqarish topshiriqlarini
belgilashga ba‘zi masalalarni hal еtishga yordam beradi. Mahsulotning ayrim ishlab
chiqarish
tarmog‗i
bilan
bog‗liqligini
aniqlash
modellari,
tarmoqlararo
bog‗lanishlarni ifodalaydigan modellar, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimlash
modellari, kapital jamg‗arma balanslari kabi modellar shular jumlasidandir.
Bu modellarda ishlab chiqarishning optimal maqsadi topilmaydi, ulardan
mehnat, moddiy va tabiiy resurslarning ishlab chiqarishga aniq sarflanishi asoslab
berish uchun foydalaniladi.
Optimal modellar, ishlab chiqarishni tashkil qilish da ularning optimal
variantini topishga xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, ular optimallik
mezonlari bo‗yicha maqsad funksiyasiga maksimal yoki minimal qiymat bera oladi.
Optimallashtiruvchi modellari ikki qismdan iborat:
1) Cheklanishlar tizimlari yoki iqtisodiy tizim o‗zgarishini shart-sharoitlari;
99
2) optimallik mezoni (maqsad funksiyasi). Bu mezon iqtisodiy tizim mumkin
bo‗lgan holatining samaradorlik darajasini aniqlash, taqqoslash va undan еng qulayini
tanlash uchun ishlatiladi.
Funksional (yoki kibernetik) modellaring asosiy vazifasi obyekt mohiyatini
namoyon bo‗lishining muhim ko‗rinishlari bo‗lgan faoliyat, ishlash jarayoni, xulqi
orqali aniqlashdir. Bunda ichki struktura o‗rganilmaydi, ichki stuktura haqidagi
ahborotda еsa foydalanilmaydi. Funksional model obrazi qilib ―qora quti‖ni olish
mumkin. Bunda (A haqidagi ahborotdan foydalanmay) ―kirish‖ X qiymatini berib,
―chiqish‖ Y qiymatini olish mumkin. Funksional model qurish X va Y ni bog‗lovchi
D operatorni topish demakdir:
Y=D(X)
(1)
Strukturaviy modellar obyektning ichki to‗zimini ya‘ni uning asosiy tashkil
еtuvchi qismlar, ichki parametrlari, ularning ―kirish‖ va ―chiqish‖ bilan aloqalari va
hokazolarni aks еttiradi.
Strukturaviy modellarning quyidagi 2 turi keng tarqalgandir:
1. Barcha no‗malumlar obyektning tashqi shartlari va ichki parametrlarining
funksiyasi ko‗rinishida tasvirlanadi:
y
i
=f
i
(A, X), y
J. (2)
2. Noma‘lumlarbirgalikdai-turdagi munosabatlar tizimi asosida aniqlanadi
(tenglamalar, tengsizliklarva hokazo)
i
(A, X, Y)=0, i
I (3)
Funksional va strukturaviy modellar bir-birini to‗ldiradi. Bir tomondan
funksional modellarni o‗rganishda obyekt ichki strukturasi haqida gipotezalar yuzaga
keladi va strukturaviy modellashtirishga yo‗l ochadi. Ikkinchi tomonidan еsa
strukturaviy modellar tahlili obyektning tashqi shartlar o‗zgarishiga munosabati
haqida ahborot beradi.
Modellashtirish jarayoning mohiyati 2. 3-rasmda keltirilgan.
|