O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/105
Sana21.12.2023
Hajmi2,88 Mb.
#126082
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105
Bog'liq
Ekonometrika Kaf 15.Iqtisodiy sistemologiya 10ta

Omilli tahlil 
 Xo‗jalik faoliyati tahlilida izlanayotgan omillarning ahamiyatligi qandayligi 
bilinadi. Ammo shunday hollar ham bo‗ladiki, hali ular belgilanmagan bo‗ladi. Ularni 
belgilash uchun omilli tahlil usullaridan foydalaniladi. Omilli tahlil usuli ko‗p 
o‗zgaruvchilar o‗rtasidagi korrelyatsiyani ular o‗rtasidagi sababli bog‗lanishlarni 
xarakterini aniqlash va sababli omillarni taqsimoti haqida xulosa qilishda 
foydalaniladi.
Xo‗jalik faoliyati tahlili uchun bu usulning ahamiyatli xususiyatlari – bir 
vaqtning o‗zida etarlicha katta miqdordagi o‗zaro bog‗langan o‗zgaruvchilarni 
o‗rganishdir.
Statistik modellashtirish usuli. Iqtisodiy tahlilda xo‗jalik faoliyati natijalariga 
ko‗pdan-ko‗p omillarni ta‘sirini baholashga еhtimolli yondashish masalalari ko‗plab 
uchraydi. Bunday masalalarning ba‘zi birlari shu darajada murakkabki, ularning 
to‗g‗ri (adekvat) matematik modelini yaratish katta qiyinchiliklar bilan bog‗liqdir. 
Bunda statistik modellashtirish usullaridan foydalaniladi (statistik tekshirish). Bu usul 
(Monte-Karlo usuli) ЕHM ning katta hisoblash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 
keng tarqaldi.
Statistik modellashtirish usulining mohiyati tahlil qilinayotgan jarayon uchun 
mos keluvchi, modellashtiruvchi algoritm tuzish, ЕHM yordamida murakkab tizim 
еlementlarini va ular o‗rtasidagi bog‗lanishlarni tasodifiy omillar ta‘siri ostida 
harakatini imitatsiya qilishdan iborat. Statistik modellashtirish usuli juda murakkab 
analitik masalalarni yechish imkoniyatini beradi: o‗rganilayotgan tizim bir vaqtning 
o‗zida uzluksiz va uzlukli harakat еlementlaridan tashkil topgan bo‗lishi mumkin; 
murakkab tabiatning ko‗pdan-ko‗p tasodifiy omillari ta‘siri ostida juda murakkab 
munosabatlarni ifodalashi mumkin va h. k.


111 
Statistik modellashtirish usuli har bir yangi masala uchun maxsus ilmiy 
apparat yaratishni talab qilmaydi va o‗rganilayotgan tizimning parametrlarini asosan 
boshlang‗ich sharoitlarda nisbatan osongina o‗zgartirish imkonini beradi.
Statistik modellashtirish turli boshqarish tizimlarining samarasini baholashda, 
yangi mahsulot ishlab chiqarishda, moliyaviy holatni tahlil qilishda, moliyaviy 
munosabatlarni baholashda foydalanilishi mumkin.
Statistik modellashtirishni amalga oshirishning ishchi vaqti va material 
vostitalar xarajatlari natural еksperiment o‗tkazishga qaraganida uncha ham ko‗p 
еmas. Shu bilan birga statistik modellashtirish natijalari o‗zining qimmatligi bilan 
natural еksperimentlarga yaqindir. Statistik modellashtirish usulining kamchilik 
tomoni shundan iboratki, tizimni tahlil qilish uchun ko‗p marotaba ma‘lumotlarni 
almashtirib hisoblash variantlarini o‗tqazishni talab qiladi.
Barcha statistik usullar kelajakni o‗tmishga o‗xshashligi, uning davomi 
haqidagi taxminga asoslanadi. Iqtisodiy tahlilda еng ko‗p va keng tarqalgan iqtisodiy-
statistik usullarga korrelyatsiya, regressiya, omilli va dispersiya tahlillari kiradi. 
Regressiya va korrelyatsiya tahlilidan foydalanilganida qandaydir ko‗rsatkichni bir 
yoki bir guruh boshqa ko‗rsatkichlardan bog‗liqligini belgilovchi formulalar tuziladi. 
Dispersiya tahlili turli, bir vaqtning o‗zida o‗zgaruvchi omillarni kuzatish natijalarini 
tahlil qilish usulidir. Omilli tahlil usuli ko‗p o‗zgaruvchilar o‗rtasidagi korrelyatsiyani 
ular o‗rtasidagi sababli bog‗lanishlarni xarakterini aniqlash va sababli omillarni 
taqsimoti haqida xulosa qilishda foydalaniladi.

Download 2,88 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish