O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/105
Sana21.12.2023
Hajmi2,88 Mb.
#126082
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105
Bog'liq
Ekonometrika Kaf 15.Iqtisodiy sistemologiya 10ta

Dispersiya tahlili 
 Dispersiya tahlili turli, bir vaqtning o‗zida o‗zgaruvchi omillarni kuzatish 
natijalarini tahlil qilish usulidir. Odatda еng ahamiyatli omillar tanlab olinadi va 
ularning ta‘siri baholanadi. Kuzatishlar natijasi, kuzatishlarni o‗tkazish sharoitlari va 
boshqa ba‘zi bir tasodifiy ta‘sirlar natijasida o‗zgarishi mumkin. Kuzatishlar sharoiti 
ta‘siri normal taqsimot qonuniga bo‗ysunuvchi qandaydir tasodifiy miqdor 
ko‗rinishida ifodalanadi.
Matematik statistikada tasodifiy qiymatlar odatda katta miqdordagi mustaqil-
bog‗lanmagan qo‗shiluvchilar yig‗indisi deb qaraladi, ularning har biri umumiy yig‗indiga 
qaraganida kichik o‗lchamda bo‗ladi va bu tasodifiiy qiymatning taqsimot qonuni normal 
taqsimot qonunidan kam farq qiladi deb taxmin qilish mumkin. Bu taxmin dispersiya 
tahlilining asosi bo‗lib xizmat qiladi.
Dispersiya tahlili usuli ko‗pincha turli tadbirlarning ta‘sirini baholashda 
qo‗llaniladi, bunda ularning samarasini to‗g‗ridan-to‗g‗ri miqdoriy baholash imkoniyati 
bir muncha qiyin kechadi. Dispersiya tahlili yangi texnikani o‗zlashtirishning iqtisodiy 
samarasini, ayniqsa natijalarni qat‘iy miqdoriy o‗lchash imkoniyati bo‗lmagan 
yangiliklarni kiritishda faol qo‗llanilishi mumkin (ishlab chiqarishni yangicha tashkil 
qilish yoki tayyorlashda, mehnatni tashkil qilish, yangi buxgalteriya hisobini joriy еtish va 
boshqalarda). Ushbu va shunga o‗xshash xarakterli tadbirlarning iqtisodiy samarasini 
aniqlash ko‗pincha chamalab aniqlanadi va katta xatoliklarga olib keladi.


110 
Shunday qilib, dispersiya tahlilining xususiyati ahamiyatli omilni (omillarni) 
bog‗lanishi kuzatishlar o‗rtasidagi farqlarga bir vaqtning o‗zida natijaga normal 
taqsimot qonuniga bo‗ysunuvchi qandaydir tasodifiy miqdorlarni aniqlashdan iborat.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‗jalik faoliyatini tahlilida dispersiya tahlilidan 
foydalanishning imkoniyatlari juda ham kengdir.

Download 2,88 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish