Iqtisodiy tizimlarni tahlil qilishda axboratlarni guruhlash




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/105
Sana21.12.2023
Hajmi2,88 Mb.
#126082
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105
Bog'liq
Ekonometrika Kaf 15.Iqtisodiy sistemologiya 10ta

8.5. Iqtisodiy tizimlarni tahlil qilishda axboratlarni guruhlash
usullari 
Guruhlash deganda o‗rganilayotgan to‗plamni ta‘luqli belgilari bo‗yicha sifat 
jihatdan bir xil bo‗lgan guruhchalarga ajratish tushiniladi. Agar statistikada guruhlash 
hodisalarni umumlashtirish va tiplarga ajratish maqsadida foydalanilsa, tahlilda 
o‗rtachalarni moxiyatini tushintirishga, bu o‗rtachadagi alohida birliklarni rolini 
ko‗rsatishga, o‗rganilayotgan ko‗rsatkichlar orasida o‗zaro bog‗liqliklarni aniqlashga 
yordam beradi.
Hal qiladigan masalalari (vazifalari) nuqtai nazardan guruhlashlar tipologik, 
strukturali va analitik turlarga bo‗linadi.
Tipologik guruhlash deganda to‗plamni sifat jihatdan bir xil bo‗lgan 
guruhlarga ajratish tushiniladi.
Strukturali guruhlash deganda ko‗rsatkichni ichki tuzilishini, uning alohida 
qisimlarini o‗zaro nisbatlarini o‗rganish maqsadida guruxlarga ajratish tushuniladi.
Analitik guruhlash deganda еsa ko‗rsatkichlar orasidagi bog‗lanishlarni 
o‗rganish maqsadida amalga oshiriladigan guruhlashlar tushiniladi. Analitik 
guruhlash asoslanadigan belgilar xarakteriga ko‗ra, guruhlashlar sifat (belgi miqdoriy 
ifodaga еga bo‗lmaganda) va miqdoriy bo‗lishi mumkin.
Tuzilishining murakkabligi jihatdan guruhlashlar ikki turga bo‗linadi: oddiy 
guruhlashlar va kombinatsiyali guruhlashlar.
Bitta belgi bo‗yicha amalga oshirilgan guruhlashlar oddiy guruhlash deb 
aytiladi. Agar guruhlashlar dastavval bitta belgi bo‗yicha amalga oshirilsa so‗ngra bu 
guruh ichida boshqa bir belgisi bo‗yicha yana boshqa guruh hosil qilinsa bunday 
guruhlash kombinatsiyali guruhlash deb aytiladi.
Guruhlarni tuzishda to‗plamni guruhlarga bo‗lish, guruhlar sonini belgilash va 
guruh intervalini aniqlash masalasiga jiddiy yondashmok zarur, chunki anashu 
narsaga bog‗liq holda tahlil natijasi jiddiy o‗zgarishi mumkin.
Guruhlashlarni tuzish uslubi qisqa qilib qo‗yidagi algoritm ko‗rinishida 
belgilash mumkin: 

tahlilning maqsadini aniqlash; 


104 

axborotlarni yig‗ish; 

guruhlash uchun asos qilib olingan belgi bo‗yicha to‗plamni ranjirovka 
qilish; 

to‗plamni taqsimlash intervali (oralig‗i)ni tanlash va uni guruhlarga 
ajratish; 

guruhlash va omilli belgilar bo‗yicha o‗rtacha guruh ko‗rsatkichlarini 
aniqlash; 

olingan o‗rtacha miqdorlarni tahlil qilish, o‗zaro bog‗liqliklarni va natijaviy 
ko‗rsatkichga omilli ko‗rsatkichlarni ta‘sir yo‗nalishini aniqlash.

Download 2,88 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Iqtisodiy tizimlarni tahlil qilishda axboratlarni guruhlash

Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish