|
1 ma’ruza kirish reja
|
bet | 1/26 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #242114 |
Bog'liq 1 ma’ruza kirish reja
1 ma’ruza
KIRISH
Reja:
1. Ekologik menejment va ekologik boshqaruv
2. Ekologik xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari
3. Ekologik xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari
4. O‘zbekiston Respublikasining ekologik va iqtisodiy siyosati
5. O‘zbekiston Respublikasida ekologiya soxasidagi qonun va qarorlari.
Insonning hayot va mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan atrof-muhit hozirgi davrda jiddiy o‘zgarishlarga uchrab o‘zining biologik sifatini yomonlashtirib bormoqda.
Inson faoliyatining har bir turi, tabiiy sharoitga yoki aniqrog‘i ekologik tizimga qo‘shimcha yuk bo‘lib tushadi va uni o‘zgargan qonuniyatlar bo‘yicha rivojlanishiga, hamda tabiiy oqibatlardan farqli, ijobiy yoki salbiy ekologik oqibatlarga olib keladi.
Atrof-muhitda vujudga kelayotgan salbiy oqibatlar inson faoliyatining ta’siri bilan ekotizimlarda kechadigan murakkab jarayonlar natijasidir. SHu sababli ekologik tadbirlarga, nafaqat oqibatlarni atroflicha baholash va ekspertiza qilish nuqtai nazaridan qaramoq lozim, balki oqibatlarni yuzaga keltiruvchi turli xil yo‘nalishda va tezlikda rivojlanib borayotgan jarayonlarni har tomonlama tahlil qilish, o‘rganish nuqtai nazardan qaramoq lozim. Masalan, turli kimyoviy tarkibli suvlarning aralashuvi, tuproq yoki tog‘ jinslari tarkibidagi turli xil tuzlarning erishi, yuvilishi va tashilishi, tog‘ jinslari tarkibidagi mayda zarralar va tuz birikmalarining kimyoviy va mexanik yuvilishi, sizot suvlari kapillyar usulda ko‘tarilib er ustiga chiqishi, ularning harakati va bug‘lanishi, tuproqlardagi sug‘orish suvlarining harakati, uni to‘yintirilishi va tuzlarni yuvilishi va boshqalar.
Ekologik ahvolni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarga qaramay, dunyodagi ekologik inqiroz tobora kuchaymoqda. Bunga amaldagi ekologik mexanizmlar nazorati va ishlab chiqarishdagi boshqaruvning samarasizligi asosiy sababdir.
O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, sanoatdagi ekologik muammolarni echishda yangi yondashuvlar kerak bo‘lib qoldi. Bunday yondashuvlardan biri- ekologik menejment tizimidir. Rio-de-Janeyroda 1992 yilda bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining konferensiyasida XXI asr uchun kun tartibi mavzusi ekologik menejmentni ishlab chiqarishda kengroq qo‘llash va uni rivojlantirish edi.
Umuman olganda, ekologik menejment va ekologik boshqaruv, ekologik maqsad va dasturlarni amalga oshirishda har tamonlama mukammal harakat deb qaraladi.
Ekologik menejment tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, resurs va energiya tejamkor, kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalarni joriy qilish yo‘lida axborotli, huquqiy, uslubiy asoslarga va istiqbolli fan-texnika yutuqlari hamda innovatsiyalarga suyanib atrof-muhitni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish, taqdim etish va amalga oshirishga qaratilgan tizimdir. Bu tizimning asosi xalqaro standartlar bo‘lib, ular ilmiy asoslangan tashkiliy tuzilmani yaratish, mahsulot sifati va atrof-muhit holatini yaxshilash bo‘yicha ma’suliyatlarni samarali taqsimlanishini va kuchaytirishni ta’minlaydi.
Ekologik menejment tizimi korxonalarda ekologik xizmatlarni tashkil etish, ekologik marketingning mohiyati, ekologik auditning asosiy qoidalari, turlari va tartiblari, chiqindilarni boshqarish va ekologik sug‘urta va boshqa faoliyatlarni boshqaradi. CHunki ekologik menejment nuqtai nazaridan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi, ham ekologik, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy o‘zgarishlarni yuzaga keltiruvchi asosiy omil bu korxonalar faoliyatidir.
Atrof-muhitni boshqarish tizimlari barcha rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda ham ekologik menejment tizimi samarali ishlashi uchun bo‘lajak mutaxassislar korxonadagi ekologik boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari, tamoyillari va ishlash mexanizmi to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim.
|
| |