• Ekologik ta’sir
  • 1 ma’ruza kirish reja




    Download 0,52 Mb.
    bet9/26
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #242114
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
    Bog'liq
    1 ma’ruza kirish reja

    4 ma’ruza
    Dastlabki ekologik baholash va ekologik jihatlarni aniqlash
    Reja:
    1. Ekologik jihat tushunchasi.
    2. Ekologik ta’sir.
    3. Ekologik jihatlarning asosiy ta’sirlari
    4. Ekologik jihatlar quyidagi tartibda tasniflanishi
    Dastlabki ekologik baholash muhim ekologik jihatlarni aniqlashga qaratilgan vaziyatni batafsil tahlil qilishdir. Nima uchun ekologik jihatlar ko‘rib chiqiladi, o‘rganiladi va aniqlanadi?
    Jihatlarni tahlil qilishda ekologik boshqaruv tizimiga tegishli faoliyat belgilanadi. Jihatlarni belgilashda avvalo hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar aniqlanadi.
    Ekologik jihat – korxona faoliyati, uning mahsuloti va xizmatlarining atrof- muhit bilan aloqada bo‘lgan elementidir. Bunda korxona tomonidan nazorat qilinishi va o‘zgarishlar kutilishi mumkin bo‘lgan ekologik jihatlar nazarda tutiladi. Atrof-muhitga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan yoki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jihatlar ustuvor ekologik jihat hisoblanadi.
    Ekologik ta’sir. Atrof-muhitda kuzatiladigan har qanday yaxshi yoki yomon o‘zgarishlar albatta qisman yoki butkul ravishda korxona faoliyati, uning mahsuloti va xizmatlari natijasida ro‘y beradi.
    SHuni yodda tutish kerakki, biz atrof-muhit xolatini boshqara olmaymiz, biz faqat atrof-muhitga ta’sirni va o‘zimizning noo‘rin faoliyatimizdan himoya qilishni boshqarishimiz mumkin.
    Ifloslanishning oldini olishning eng samarali usuli - uning yuzaga kelishini boshqarish, ya’ni ifloslanishiga sababchi manbalarni nazorat qilish.
    Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasida atrof-muhitning ifloslanishiga sababchi manbalarga quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

    • mahsulotlar (materiallar, xom ashyo). Misol: neft va gaz sanoati uchun ifloslanish manbalari neft, neftni qayta ishlash mahsulotlari (to‘kilishlar, bug‘lar, sizishlar), tabiiy va u bilan bog‘liq gazlar (ortiqcha bosim paydo bo‘lganda avtomatik ravishda atmosferaga chiqarib yuborish, jihozlarni nosozligi) hisoblanadi;

    • jarayonlar va xizmatlar. Misol: qozonlar, ichki yonuv dvigatellari va shu kabilarni ishlash vaqtida yonilg‘ining yonishi, gaz tashlamalari chiqishi bilan; avtomobillarni yuvgandan so‘ng neft mahsulotlari bilan ifloslangan oqova suvlar hosil bo‘lishi.

    SHuning uchun ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, yordamchi va maishiy majmualarda atrof-muhitning ifloslanishiga olib keladigan mahsulotlardan foydalanishning o‘sha sohalari va usullarini, ya’ni ekologik jihatlari aniqlab olinadi.
    Ekologik jihatlarni aniqlash atrof-muhitga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan korxona faoliyatining barcha turlari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim.
    Ekologik maqsadlarni belgilash va ekologik dasturlarni ishlab chiqishda barcha muhim ekologik jihatlarni hisobga olish lozim.
    YUzaga keladigan jihatlarni quyidagi holatlarda aniqlash zarur:


    1. Download 0,52 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




    Download 0,52 Mb.