1 ma’ruza kirish reja




Download 0,52 Mb.
bet6/26
Sana18.05.2024
Hajmi0,52 Mb.
#242114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1 ma’ruza kirish reja

Ekologik menejmentning xalqaro standartlar tizimi
Hozirda barcha rivojlangan mamlakatlar e’tirof etgan ISO 14000 standartlar tizimi na tashlama, na chiqindilarning miqdoriy ko‘rsatgichlariga va na korxonada ishlab chiqarishning texnologik parametrlariga qaratilgan. ISO 14000 ning asosiy predmeti bu ekologik menejment tizimi hisoblanadi. Bu standartlarning asosiy o‘ziga xosligi shundan iboratki, tashkilotda aniq vazifalar amalga oshirilishi, ma’lum hujjatlar tayyorlanishi, shuningdek muhim ekologik faoliyatlarga mas’ul shaxslarning tayyorlanishi nazarda tutiladi.
Asosiy hujjat hisoblangan - ISO 14001 seriyasida atrof-muhit muhofazasi uchun tashkilotga hech qanday aniq bir qat’iy talab qo‘yilmaydi, ammo maxsus hujjatda tashkilot faoliyati milliy standartlarga mos kelishiga harakat qilishini alohida ta’kidlab o‘tilishi shart.
Standartlarning bunday xarakteri shu bilan bog‘liqki, ISO 14000 halqaro standart sifatida milliy faoliyat normativlariga aralashmasligi lozim. Ammo ISO dan avvalgi standartlar, jumladan Total Quality Menejment (TQM) umummajburiy xususiyatga ega edi. Ularga binoan sifatga erishish uchun tashkillashgan sturukturani tuzish kerak va mahsulot, shuningdek xizmatlar sifati uchun mas’uliyatni muvozanatlashtirish lozim.
ISO 14000 ni ishlab chiqishda 1992 yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan konferensiyaning hissasi kattadir. ISO 14000 standartlari Xalqaro Standartlash Tashkiloti (ISO)ning Texnik Qo‘mitasi (TS-207) tomonidan ishlab chiqilgan. Unda mahsulot sifati menejmenti tizimining (ISO 9000) muhim halqaro standartlari zamin bo‘lib, dunyoda 70000 dan ziyod korxona va kompaniyalar ro‘yxatga olingan.
ISO 14000 xalqaro standartlar tizimi bir qancha yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi (1- rasm).

1-rasm. ISO 14000 standartlar tizimi sxemasi


ISO 14000 standartining asosiy predmeti bu ekologik menejment tizimidir, ya’ni korxonalarda ekologik boshqaruv tizimini tashkil qilish va uni tizimli ishlashini ta’minlashdir. Ushbu standartlarning asosiy talabi tashkilotda muayyan tartib-qoidalar joriy etilishi va unga amal qilinishi, muayyan hujjatlar tayyorlanishi va ekologik jihatdan muhim faoliyat yo‘nalishlari uchun mas’ul bo‘lganlar tayinlanishi kerak.

Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 0,52 Mb.